Himoyaga tavsiya etilsin”


Download 355 Kb.
bet3/25
Sana22.03.2023
Hajmi355 Kb.
#1286699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari

BMIning maqsadi. Sh.Xolmirzayev hikoyalari so‘z boyligini semantik-stilistik, funksional-semantik nuqtai nazardan tahlil qilish tadqiqotning bosh maqsadidir.
BMIning vazifalari. Belgilangan maqsadga erishish uchun tadqiqot oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:

  • Sh.Xolmirzayev hikoyalari tilining o‘zbek adabiy tili lug‘at tarkibi taraqqiyotida tutgan o‘rnini aniqlash;

  • asarlar leksikasining tarixiy-etimologik jihatlarini ochib berish;

  • Sh.Xolmirzayev hikoyalari tilini genealogik jihatdan o‘rganish natijasida o‘z davri uchun xarakterli bo‘lgan belgilarni aniqlash hamda o‘z va o‘zlashma qatlamga doir leksemalarning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash;

  • leksik birliklarni mavzuiy guruhlarga ajratgan holda tadqiq etish orqali so‘zlar funksiyasining tarixiy taraqqiyotini ochib berish;

− asar leksikasining semantik-stilistik xususiyatlarini aniqlash;
− asar matnida qo‘llangan sinonimik paradigma, antonimik uyalarni aniqlash, ularning o‘ziga xos uslubiy xususiyatlarini ochib berish;
BMI obyekti sifatida Sh.Xolmirzayev hikoyalari (Sh.Xolmirzayev. Saylanma, I jild, Hikoyalar), yan’i “Notanish odam”, “Ko‘ngil”, “Bir ko‘rgan tanish”, “Ikki ko‘rgan bilish”, “Nimadir yo‘q bo‘ldi”, “Olma yemadim”, “Olis yulduzlar ostida”, “Sog‘inch”, “Ko‘kboy”, “Yovvoyi gul”, “Sirli militsioner”, “Bir guzar odamlari”, “Qorbobo keladi”, “Kechagi kun kecha”, “Yosuman”, “Ahad mirzo yig‘ladi”, “Hayot abadiy”, “Bahor”, “Oy yorug‘ida”, “Ot egasi”, “Boychechak ochildi”, “Jarga uchgan odam”, “Zov ostida adashuv”, “Jo‘raboshi”, “Uchinchi hamroh”, “Sayr”, “Kulgan bilan kuldirgan”, “O‘zbekning soddasi” kabilar tanlangan.
BMI predmetini Sh.Xolmirzayev hikoyalari tilining o‘ziga xos xususiyatlari tashkil etadi.
BMIning metodologik asosini til va ta’lim toʻgʻrisida qabul qilingan qonunlar; Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi; Prezident Sh.Mirziyoyevning ma’naviyat, ma’rifat, ta’lim, til va adabiyotga aloqador fikr-munosabatlari aks etgan bir qator asarlari1; oʻrta umumta’lim maktablari uchun moʻljallangan amaldagi darsliklar; shuningdek, Z.Hamidov, S.Ibrohimov, Sh.Rahmatullaev, O.Usmonov, S.Usmonov, A.Hojiev, B.O‘rinboev, E.Begmagov, B.Bafoev, S.Karimov singari bir qator filolog olimlarning mazkur muammoga oid tadqiqotlari tashkil qiladi.

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling