Himoyaga tavsiya etilsin”
Download 355 Kb.
|
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari
Tong otmoq – kun botmoq:
Mehmonxona derazasiga qalin parda tutilgan, shuning uchun hamon tong otmagandek tuyuldimi, Ikromjon ertasiga kun yoyilib ketganda uyg‘ondi (169-b.); Kun botishi oldidan Ona-turna yana oyoqqa turdi (177-b.); Tong otdi, kun botdi: o‘rtoq direktorning tirnoqlari ham ko‘rinmadi (5-b.). Yumshoq – dag‘al: Kuchuk bola iliq kulga yumshoq panjalarini bosib, o‘choqning burchagiga bordi va cho‘nqayib o‘tirdi (26-b.); Menga ko‘z qirini tashlab, o‘chayotgan cho‘g‘larni dag‘al barmog‘i bilan titkiladi (2-b.). Quyidagi gaplar tarkibida esa mazkur antonimik juftlik o‘zining ko‘chma ma’nolari bilan antonimlikni hosil qilgan: Qara, mayin shabada esyapti. Ko‘klamnikidek yumshoq emas, ozgina dag‘al (7-b.); Lekin, men kutganimni emas, kutmaganimni eshitdim: yigitning dag‘al kulgisini va xotinning nozli ovozini (20-b.). Uxlamoq – uyg‘onmoq: Yot, endi sen uxlab ol (8-b.); Uyg‘otgim kelmadi. Lekin o‘zlari cho‘chib uyg‘ondilar (8-b.). Ranjimoq – xursand bo‘lmoq: Men shotida o‘girib kitob o‘qishni ham, ovga chiqishni ham yig‘ishtirib qo‘ydim; o‘sha kunning ertasi tog‘am kelib, mendan xo‘p ranjidilar (9-b.); Hikmatoy ham ichida behad zavqlanar, xursand bo‘lar edi... (14-b.). Sho‘x – og‘ir: Er − Qismatulla ta’sirchan, sho‘x edi (11-b.); Er ancha og‘ir... lekin xotini chuchmal ekan (13-b.). Tun – kun: Tun battar qorayganday. Havo bo‘g‘uvchan (17-b.); Kun qizib kelayotgandi (15-b.). Tun – kunduz: Shaharda tun nima, kunduz nima bilib bo‘lmaydi (18-b.). Eski – yangi: Dimog‘imizga achchiq, eski xazon hidi uriladi (17-b.); Azimning dilida favqulodda bolaligi uyg‘ondi, u favqulodda shahardan kelganini unutdi: shahar bergan yangi xislatlar ham uni bir dam tark etdi... (23-b.). Keng – tor: Ayol keng yengi bilan fonusdan ko‘zini pana qilib: − Salomalaykum! − dedi past tovushda (18-b.); Biroq, ertalab tor ko‘chaning boshida qoldirilgan Unsinovaning «Volga»sini ko‘rdi-yu, amirkon etigi, qora atlas ko‘ylagini kiyib, yo‘lga chiqdi (43-b.). Mehmon – mezbon: Kelinglar, mehmonlar, — dedi u. — Yaxshi uxlab turdinglarmi ? (21-b.); Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling