Hindiston da bobur
Download 37 Kb.
|
HINDISTON DA BOBUR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maqsad
- Darsning borishi : Tashkiliy qism
- Yangi mavzu bayoni
- Mavzunu mustahkamlashda
- Dilnoza MO`MINOVA, Qumqo`rg`on tumanidagi 3-maktabning tarix va huquq fani o`qituvchisi
HINDISTON DA BOBUR 5-sinf uchun tarix fanidan noan`anaviy ochiq dars ichlanmasi Darsning maqsadlari: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga, bilimlarini amalga tatbiq qilishga, adaboyotlar ustida ishlashga, erkin mutolaa qilishga o`rgatish. Temurzoda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, kurash yo`llari bilan tanishtirish. Ularga Boburiylar davridagi Hindiston madaniyatining ahamiyatini tushuntirish. Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat o`yg`otish, ularni kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash. Mafkuraviy maqsad: Bolalarda ajdodlar vasiyatlariga sodiqlik, teran fikr yuritish, fidoyilik hislatlarini rivojlantirish. Dars turi: Noan`anaviy ochiq dars. Dars tipi: Aralash. Dars jihozlari: 5-sinf uchun “Tarixdan hikoyalar” kitobi, dunyoning siyosiy xaritasi, Zahiriddin Muhammad Boburning rasmi, Tojmahal maqbarasi tasviri, test banklari, rangli va savolli kartochkalar, buyuk allomalar rasmlari, “Bobur daraxti”, “Boburnoma” asari, badiiy adabiyotlar. Darsning borishi: Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib, sana so`raladi, davomat aniqlanadi. Darsning shoiri: G`urbatda Bobur bo`l, shafoatda Bobur bo`l, sadoqatda Bobur bo`l, matonatda Bobur bo`l, bu hayotda Bobur bo`l. O`quvchilardan O`zbekistonda va xorijda bo`layotgan dunyo voqealari so`raladi. O`qituvchi: Aziz o`quvchilar! Bugun biz birgalikda qizil, ko`k va yashil kartochkalar bilan ishlaymiz hamda BBB usuli (bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim) bo`yicha dars jarayonini olib boramiz. Shu yo`nalishda o`tilgan hamda yangi mavzuni mustahkamlaymiz. Ko`rgazmalar ilinadi: Bohovuddin Naqshbandiy. Ahmad Al-Farg`oniy. Abu Ali Ibn Sino. Alisher Navoiy Muso Al-Xorazmiy. Abu Rayhon Beruniy. Ali Qushchi. Ahmad Yassaviy. Mirzo Ulug`bek. Abdurahmon Jomiy. O`quvchilar ko`rgazmalarda yozildan buyuk allomalarning hayoti va ijodi haqida ma`lumot beradi. So`ngra o`quvchilar bilan “Kim zukko” o`yini tashkil etiladi. O`quvchlarga ketma-ketlikda savollar beriladi. Ular javobini bilsalar o`zlaridagi qizil kartochkani ko`rsatadi. Ko`k kartochkani ko`rsatsa bilishni xohlayman, degan ma`noni anglatadi. To`g`ri javob aytilgandan so`ng yashil kartochkalarni ko`tarsa, bu bilib oldim degan ma`noni anglatadi. 1-savol: Oqsaroy qayerda, kim tomonidan qurilgan? 2-savol: A. Temurning davlati qayer bo`lgan? 3-savol: A.Temur haqida qanday rivoyatlar o`qigansiz? 4-savol: A.Temurning farzandlaridan kimlarni bilasiz? 5-savol: Bobur Mirzo kimning avlodi? Bugun Bobur Mirzo haqida yanada ko`proq ma`lumotga ega bo`lish uchun “Hindiston va Bobur” mavzusini o`rganamiz. Yangi mavzu bayoni: Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) temuriylar avlodining iste`dodli vakili bo`lib, o`zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasidir. Buyuk shoir. Tarixchi, geograf. Ulkan davlat arbobi. Iste`dodli sarkarda. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan Bobur (sher) laqabini olgan. Bobur Andijonda tug`ilgan. Otasi Umarshayx Mirzo Farg`ona hukmdori edi. 1494 yil Umarshayx vafot etgach, Bobur otasi o`rnini egalladi. Boburning qismati og`ir keshgan. U yashagan davrda temuriylar davlati parchalanib bo`lgan edi. Bir tomondan temuriylar toju taxt uchun tinimsiz kurash olib borsa, ikkinchi tomondan dasht qipchoq hikmdori Muhammad Shayboniyxon Movoraunnaxrni bosib olish ishtiyoqida yonadi. Oxir oqibat qo`shinlar to`qnashuvida Shayboniyxon g`alaba qiladi. Mag`lubiyatga uchragan Bobur Vatanini tark etishga majbur bo`ladi. Bobur 1504 yilda Afg`onistonning Qobul shahrini, 1526 yilda Hindistonni egallaydi. Shu tariqa Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos soladi. Bobur saltanat poytaxti Agra shahrida 1530 yili 47 yoshida vafot etadi. Mavzu bayon qilingach o`quvchilar bilan “Zakovatli zukko” o`yini o`ynaladi. Bunda ko`rgazmada yozilgan yil voqeasi haqida ma`lumot berish lozim bo`ladi. Masalan: 1483 yil O`qituvchi Boburning shoh bo`lishidan tashqari, buyuk shoir bo`lganligi haqida ma`lumot beradi. O`quvchilar shoir she`rlaridan o`qiydi, rivoyatlaridan namunalar keltiradi. Sahna ko`rinishida Bobur va Hofiz Ko`ykiy o`rtasidagi suhbat namoyish qilinadi. O`qituvchi: Vatan bu muqaddas tuyg`u. Har bir inson Vatanga muhabbat tuyg`usi bilan yashamog`i darkor. Zero bu tuyg`usiz inson hissiz maxluqdan farq qilmay qoladi. Saodat sohili Vatandadir. Hammamiz Vatanimizni sevishimiz va uni kelajak avlodga obod qilib yetkazishimiz kerak. Mavzunu mustahkamlashda Klaster usuludan foydalaniladi. O`quvchilarning Bobur va Hindiston haqidagi fikrlari “Bobur daraxti”ga yoziladi, yorqin fikrlar muhokama qilinadi. “Bobur daraxti” rasmi bor. Dars yakunida faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Uyga vazifa: Mana bu xaltachada Bobur uchun muqaddas bir narsa joylashgan. Shu narsani mantiqan o`ylab, javobini topish va Bobur haqida qo`shimcha ma`lumotlarni o`qib kelish. Dilnoza MO`MINOVA, Qumqo`rg`on tumanidagi 3-maktabning tarix va huquq fani o`qituvchisi http://mahorat.uz portali "Pedagogik internet yarmarka" resursi Download 37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling