Hindiston qishloq xo’jaligi va uning tarmoq tarkibi


Download 33.95 Kb.
Sana06.11.2020
Hajmi33.95 Kb.
#141523
Bog'liq
Hindiston qishloq xojaligi


Hindiston qishloq xo’jaligi va

uning tarmoq tarkibi.

Reja:


1.Kirish.

2.Hindiston Respublikasi.

3.Hindiston qishloq xo’jaligi.

4.Oʻzbekiston bilan Hidiston oʻrtasidagi munosabatlar

5.Xulosa.

6.Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish

Qishloq xo’jaligi aholi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bilan birgalikda yengil sanoat uchun ma’lum miqdorda xom ashyo ham etkazib beradi. Biroq qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining o’sishiga nomutanosib ravishda jahon aholisining ma’lum qismi, hatto o’nlab, ayrim hollarda yuz millionlab aholi to’yib ovqat emaydi.

Bularga rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodiy jihatdan kam ta’minlangan mamlakatlarning aholisi kiradi. Shunga bog’liq holda oziq-ovqat bilan ta’minlanishi o’sish darajasini aholi o’sish darajasiga nisbatan 2 foiz emas, balki 3,5—4 foizga yetkazish zarur.

Yer shari iqtisodiy faol aholisining 60 foizdan ortig’i qishloq xo’jaligida band, agar qishloq xo’jaligiga yordam beruvchi yosh va keksalarni hisobga olsak unda jahon aholisining 2/3 qismi qishloq xo’jaligi sohalariga to’g’ri keladi.

Sanoatlashgan va iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo’jaligida band aholi salmog’i kamayib bormoqda.

AQShda hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligida 5 foiz aholi, Buyuk Britaniyada esa 2 foizdan kamroq aholi qishloq xo’jaligida ishlaydi.

Qishloq xo’jaligi ikki asosiy tarmoqqa bo’linadi:

1. Ziroatchilik

2. Chorvachilik

Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning geografik joylashishiga asosiy ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri u yoki bu davlatning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari hisoblanadi. AQSh, Kanada, Angliya, G’arbiy Yevropa davlatlarining qishloq xo’jaligi oxirgi o’n yillikda kapitalistik rivojlanishning umumiy oqimi va hozirgi zamon sanoat iqtisodiyotining ajralmas qismi bo’lib qoldi.

Qishloq xo’jaligini joylashishiga tabiiy sharoit katta ta’sir ko’rsatadi, uning rivojlanishi uchun yorug’liq, issiqlik, namlik va tuproqqa ozuqa moddalari zarur. Qulay agroiqlim, suv, tuproq resurslari quruqlikning hamma joyida ham uchramaydi. Tuproq masalan, bir turdagi qishloq xo’jalik ekini uchun qulay bo’lsa, boshqasi uchun esa noqulay bo’lishi mumkin.

Subtropik va tropik mamlakatlarda issiqlik va yorug’likning ko’p bo’lishi bilan, namlik yetishmaydi. Dengiz iqlimiga xos mamlakatlar, ya’ni mo’tadil iqlimli mamlakatlarda namlik yetarli, ammo issiqlik yetishmaydi.

Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligiga xali ham iqlim sharoiti yetarli ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Tabiat injiqliklari dehqonchilikka katta zarar yetkazmoqda. Yer sharining ayrim qismlarida noqulay qish, qirovlar, ob-havoni keskin o’zgarishi, qurg’oqchilik, do’l, sel, kuchli shamollar va boshqalar, bularning hammasi dunyo qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mahsulot hajmiga ta’sir ko’rsatadi.

Ba’zi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining turli rayonlarda ishlab chiqarish ham ularning transport-geografik holatiga, iste’molchiga yaqinligi va qishloq xo’jaligi mahsulotining sanoat qayta ishlashiga ham bog’liq.

Jumladan, kofe, kakao plantatsiyalari odatda dengiz sohillariga, daryo va temir yo’l yaqinlarida joylashtiriladi, chunki bu ekinlarni ishlab chiqarish eksport yo’nalishiga mo’ljallangan. Texnika taraqqiyotiga qaramasdan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi rivojlangan mamlakatlarda hozir ham bir xilda emas, ayniqsa bu holat rivojlanayotgan davlatlarda, hosilsiz yillarda ochlikka va dunyo iqtisodiyotini boshqa yomon holatlarga olib keladi (narxlarni o’sishi, zahiralarni kamayishi va boshqalar), bularni bartaraf qilish ko’p vaqtni talab qiladi.

Lotin Amerikasi, tropik Afrika mamlakatlarida va boshqa rayonlarda mavjud bo’lgan yirik bo’sh yer resurslaridan oqilona foydalanish uchun ko’plab mablag’lar talab qilinadi (yuksak texnika bazasida), qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda va unga yaqin hisoblangan - transport, aholini joylashtirish, suv ta’minoti, melioratsiya va hokazolarni ham inobatga olish zarur. Bunday keng miqyosli ishlarni rivojlanayotgan mamlakatlar faqatgina birgalikda, uyushgan holdagina bajarishlari mumkin.

Yirik iqtisodiy jihatdan rivojlangan kapitalistik davlatlarda qishloq xo’jaligi bilan sanoat rivojlanishini vertikal holati va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishdan yirik foyda olish maqsadida monopolistik kapital hisobiga, mayda hamda o’rta fermer xo’jaliklarini xonavayron qilish hisobga amalga oshiriladi. 1980 yilda AQShda fermalar soni 2.7 mln. bo’lgan bo’lsa, 1998 yilda 1.0 mln ga qisqardi, shu jumladan (mahsulot) tovar fermalari — 1.6 mln. ga yaqin va bundan keyin ham tovar fermalari sonini qisqartirish va buning hisobiga ishlab chiqarishni o’rtacha ko’paytirish ko’zda tutilgan.

Yirik monopolistik kapital egalari qishloq xo’jaligiga chuqur kirib boribgina qolmasdan, mashinalar, mineral o’g’itlar sotish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotib olish, banklardan kredit olib berish bilan chegaralanib qolmasdan, balki qishloq xo’jalik yerlarini sotishni ham qo’llarida olib qolishiga xarakat qilmoqdalar.

Rivojlanayotgan ko’pgina mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanish darajasini va ularda mavjud agrar munosabatlarni qayta o’zgartirish va modernizatsiya qilish bo’yicha turlicha holatlarni qurish mumkin. Bu mamlakatlarda boshqarish qiyin bo’lgan holatlarni, agrar munosabatlarning murakkabligi, mablag’larning yetishmasligi va ularni kiritmaslik qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi rivojlanishini sustlashtirmoqda. Shu guruhga kiruvchi ayrim mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanish darajasi nisbatan yuqori bo’lgan (m.: Argentina) yirik er egaligi hisobiga (mahalliy mahsulotlar va chet el kapitali hisobiga) tovar mahsuloti ishlab chiqarish shakllandi. Bundan tashqari rivojlanayotgan mamlakatlar ham borki (asosan yaqinda mustamlakadan ozod bo’lgan) ularda qishloq xo’jaligi rivojlanishi chet el kapitali bilan bog’liq bo’lib, ular asosan yerlardan vaxshiylarcha foydalanib, eksport qiladigan ekinlarni ishlab chiqarishni tashkil qilishgan, keyinchalik esa texnikaviy takomillashgan plantatsiyalarda, har ikkala holda ham mahalliy aholini ezish hisobiga, asosan foydani asosiy qismini chetga olib ketishgan.

Sanoati rivojlangan mamlakatlarning qishloq xo’jaligi ilmiy texnika revolyutsiyasi bilan bog’liq bo’lib, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishga, importni qisqartirib yoki to’xtatishga imkon beribgina qolmay, o’zlari eksport qila boshladilar. Masalan: AQSh - soya; Fransiya – bug’doy va sholi; GFR, Fransiya - quruq sut; Yaponiya - sholi va hokazo.

Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’piga xos bo’lgan xususiyatlardan biri bo’lgan to’yib ovqat emaslik va ocharchilikning keng tarqalishi faqatgina tabiiy sharoitning noqulayligi sababli yoki yangi maltuschilik tushunchasi, aholini «yuqori» tabiiy o’sishi bilan bog’liq emas. Balki, hozirgi zamon texnika tarraqqiyotining sustligi qishloq xo’jaligining joylashishiga bog’liqdir.

Bundan tashqari rivojlanayotgan mamlakatlarning umumiy iqtisodiy qoloqlik darajasi mahalliy noqulay tabiiy sharoitlarni yaxshilash imkoniyatlarini bermayapti natijada ishlab chiqarishni rivojlantirishga imkoniyat yaratilmayapti.

Qoloqlikning asosiy ildizi o’tmishda bu mamlakatlarning rivojlangan mamlakatlarga qaram qilish va hozirda ham ularni xom ashyo yetkazib beruvchi bo’lib qolishiga intilishi bilan bog’langandir.

Hindiston Respublikasi.

Hindiston janubiy Osiyodagi aholisi soni va maydoniga ko’ra eng yirik davlatlardaan biri. Maydoni 3 287 732 km2 bo’lib,. Iqtisodiy geografik o’rni mamlakat iqtisodini rivojlantirish uchun qulay. Mamlakatning quruqlik chegarasi 15 000 km, dengiz chegarasi 5,5 ming km. quruqlik chegarasi orqali 7 ta davlat bilan chegaradosh bo’lib, g‘arbda Pokiston, shimoli-sharqda Xitoy, Nepal, Butan, sharqda Bangladesh va Myanma mamlakatlari bilan bu chegaralar baland tog’ va cho’llardan o’tganligi uchun iqtisodiy jihatidan uqadar qulay emas, Mamlakatni janubiy qismi yarimoroldan iborat bo’lib, bu qism Janubi-G’arbiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Afrika davlatlari o’rtasidagi dengiz yo’llari o’rtasida joylashgan. Hindiston xududi shimoldan janubga 3200 km, g’arbdan sharqqa 2700 (2900)km ga cho’zilgan.

Hindiston aholisi demografik portlashda. Masalan: 1988-yil mamlakatda 800 mln kishi yashagan bo’lsa, u yiliga 15-17 mln kishiga ko’payib, 2003 yil 1 mlrd.68 mln, 2006 yil 1mlrd 122 mln kishiga etdi. 2013 yilda bu ko’rsatkich 1 mlrd. 236,9 mln. kishini tashkil etmoqda. Aholining 51,5 foizi erkaklardan, 48,5 foizi ayollardan iborat. Tug’ilish koeffisienti 25 ‰, o’lim 8‰ . 1 ayolga 3,1 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar jami aholining 36 % ini, 64 yoshdan o’tganlar 4 % ini tashkil etadi. O’rtacha umr 62-64 yosh . Mamlakat. umumiy chaqaloqlar soniga ko’ra (yiliga 27 mln) dunyoda birinchi o’rinda turadi. Ayni paytda umumiy chaqaloqlar o’limi bo’yicha ham dunyoda yetakchi (yiliga 9 mln). Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida Hindiston birinchi bo’lib oilani rejalashtirishga o’tgan, lekin u yaxshi samara bermadi. Sababi ko’p asrli yosh nikoh qurish an’anasidir. Hind aholisini etnik tarkibiga ko’ra ham dunyoda 1-o’rinda. 150 dan ortiq xalqlar bor.

Davlat tili – hind va ingiliz tillari va yana 21 ta til (Bengal, tamil, tellugu, va boshqalar) mamlakatning turli shtatlarida rasmiy til sifatida ishlatiladi.

Aholisi ancha notekis joylashgan. Mamlakatda aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 330 kishi. Hind-Gang pasttekisligida esa 800 kishigacha. Himolay tog’larida, mamlakatning shimoli-g’arbida va markaziy qurg’oqchil hududlarda aholi ancha siyrak.

Mamlakatda urbanizasiya darajasi 26 % . Hindistonda 4500 shaharlar bor, millioner shaharlar soni 23 ta. Eng yiriklari: Mumbay va Kalkutta. hindistonda 600 mingdan ortiq qishloqlar bor. Oxirgi o‘n yillikda shaharga ko‘chib kelish ko‘payib, shaharliklar soni keskin o‘sganiga qaramay, aholining deyarli 70 foizi qishloqlarda yashaydi.

Hindistonni XVIII-asrda inglizlar bosib olgan va 200 yil mustamlaka qilgan . U 1947 yil 15-avgustda mustaqillikka erishgan va 1950 yil 26-yanvarda respeublika deb e’lon qilingan. Davlat tuzumiga ko’ra Federativ Respublika bo’lib, 25 shtatdan va 6 ta ittifoqdosh hududdan tashkil topgan. Kashmir va Panjopda siyosiy ahvol yaxshi emas. Davlat boshlig’i president (Pranab Mukerdji 2012-yildan buyon) Asosiy siyosiy partiyasi: Hindiston milliy kongresidir (1885 yilda tuzilgan).

Hindiston xo’jaligi ulkan tafovutlar mamlakati. Masalan: bir tomonda industrlashtirish, tub agrar islohotlar, kosmik dasturlarni amalga oshirlishi, qudratli sanoat korxonalari, AES lar.

Ikkinchi tomonda qashshoq aholi va qoloq qishloq xo’jaligi, ersizlik, uysizlik, erga omoch va xo’kizda ishlov berish.2012 yildagi yalpi ichki mahsuloti miqdori 1 824 832 mln (aholi jon boshiga 1492) AQSh dollori

Qishloq xo’jaligi traktorlari ishlab chiqarish bo’yicha (yiliga 110 ming) dunyoda Rossiya va Yaponiyadan keyin turadi, lekin omoch-xo’kiz-arava.

FTI mutaxassislari soniga ko’ra Rossiya va AQSH dan keyin turadi, lekin ular chet ellarga ko’p ketib qolmoqda.

Kinofilmlar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda (750 ta) 1-o’rinda, lekin aholisining yarmidan ko’pi savodsiz.

Hashamatli uylar va xaroba kulbalar bor.

Hindistonda iqtisodiy faol aholi soni 626 mln kishi bo’lib (Xitoydan keyin 2- o’rinda), uning 1/5 qismi sanoatda band. Aholisining 50% dan ortig’i qishloq xo’jaligida band. Mamlakatning asosiy qazilma boyliklari: ko’mir, temir rudasi, marganes, mis, uran, titan, neft, olmos kabilardir.

Ko’mir qazib chiqarish bo’yicha (yiliga 210 mln t.) Hindiston dunyoda 6- o’rinda turadi. Damadar vodiysi – Hindiston Ruridir. Temir rudasi qazib olishda ham dunyoda 6- o’rinda turadi. U yiliga 55 mln t. an ortiq temir rudasi qazib oladi, bu AQSH bilan tengdir. Temirning 40% i eksport qilinadi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish bo’yicha u dunyoda 8- o’rinda (yiliga 380 mlrd kVt/s) turadi.

Elektr energiyasini asosan IES, AES (3 ta) va GESlar beradi. Mamlakatning etakchi sanoat tarmoqlari: Engil sanoat, oziq-ovqat, metallurgiya, mashinasozlik va kimyo. Ma’lumki jahon engil sanoati 5 regionda kuchli rivojlangan bo’lib, ularning biri Janubiy Osiyodir. Hindistonda ip-gazlama va jut-gazlama sanoatlari yaxshi rivojlangan. Ip-gazlama – Bombeyda, jut-gazlama – Kalkuttada, oziq-ovqat sanoatida choy, qand-shakar, o’simlik moyi (eryong’oq), qandolatchilik etakchi o’rin tutadi. Mamlakatda qora metallurgiya sanoati rivojlangan bo’lib, u dunyoda po’lat eritish bo’yicha 10-o’rinda (yiliga 18 mln t.) turadi. Rangli metallardan alyuminiy eritish yaxshi rivojlangan. Eng yirik metallurgiya markazi – Bakaro shaxrida joylashgan.

Hindiston xo’jaligining iqtisodiy rivojlanishida 4 ta yirik markaz ajralib turadi. Ular iqtisodiy poytaxtlardir: Dehli, Madoras, Bombey, Kalkutta.

Dehli 1911- yildan beri mamlakat poytaxti, hozirda Yangi Dehli. Qishloq xo’jaligida dehqonchilik yetakchi, bunga sabab tabiiy sharoitning qulayligidir. Mamlakat xududi asosan subekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan. U haydaladigan erlar maydoniga ko’ra faqat AQSH dan keyin turadi xolos. Mamlakat qishloq xo’jaligi asosan 2 mavsumga, ya’ni rabi (qishki) va harif (yoz) mavsumiga bo’linadi.

Hindiston transportida etakchi o’rinda temir yo’l, avtomobil va dengiz transporti turadi. Temir yo’llarning uzunligi bo’yicha (63 ming km) mamlakat Osiyoda birinchi o’rinda tursada, temir yo’llarning tor izligi va lakamotivlarning eskiligi temir yo’l transportining rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.

Avtoyo’llarning uzunligi 1,7 mln km bo’lib. Uning 833 ming km qattiq qoplamadir. Mamlakat ichidagi umumiy tashiladigan yukning 80% i, yo’lovchining 70 % i temir yo’l transportiga to’g’ri keladi.

Hindiston tashqi savdosida dengiz transporti etakchi. Eng yirik dengiz porti “bosh darvozasi” Mumbay, keyin esa Kalkutta turadi.

Asosiy importi: neft, mashina va jihozlar, oziq-oaqat, mineral o’g’itlar, po’lat.

Asosiy savdo sheriklari: AQSH, Rossiya, Yaponiya, GFR. Pul birligi – hind rupiyasi.

Hindiston iqlimiga mussonni (qishda dengiz tomonga, yozda dengizdan quruqlik tomonga esadigan shamol) keltirib chiqaruvchi Himolay tog‘i va Tar cho‘li kuchli ta’sir o‘tkazadi. Himolay Markaziy Osiyoning sovuq shamollariga to‘siq bo‘lib turadi. Shu tufayli Hindistonning katta qismida iqlim Yerning boshqa hududlaridagi kengliklarga nisbatan issiq bo‘ladi. Iqlimi asosan to‘rt xil: tropik, quruq tropik, mussonli subtropik va baland tog‘ iqlimi.

Din jihatidan 80 foizdan ortiqroq (900 mln) xalq hinduiylik tarafdori. Musulmonlar 14 foiz, nasroniylar 2,4 foiz, sikxiylar 2 foiz va buddistlar 0,7 foizni tashkil etadi. Musulmonlar soni 165 million. Shimoli-g‘arbiy Hindiston fath etilgach, bu yerda Islom dini yoyila boshlagan. IX–XI asrlarda Hind vodiyi (hozirgi Pokiston) aholisi Islomni to‘liq qabul qilgan. Hindiston va Gang vodiyining qirg‘oqbo‘yi aholisi Islom bilan arab savdogarlari orqali tanishgan bo‘lsa ham, hali uni qabul qilmagan edi. Mahmud G‘aznaviy Panjobni egallab, butxonalarni tozalamagunicha,

Islom dinining ta’siri kuchli bo‘lmagan. Islom dinining yoyilishi – Boburiylar hukmronligi davrida (1526–1858) yangi bosqichga ko‘tarildi. Islom dini Hindiston hayoti va madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Hind me’morchiligi, musiqasi, adabiyoti, ijtimoiy tuzumi – barchasi Islom ta’siri ostida zamonaviy shaklga ega bo‘lgan. Buyuk Britaniya Hindistonni bosib olganidan so‘ng, Islomning ommalashuviga chek qo‘yildi. Uning ta’siri zaiflashdi. Shunga qaramay, musulmonlar jamiyati saqlanib qoldi. 1991 va 2001 yillar oralig‘ida hinduiylar soni 20,3 foizga, musulmonlar soni esa 29,6 foizga ko‘paydi.



Hindiston qishloq xo’jaligi.

Hindiston qishloq xo’jaligi Jahonda eng yetakchi o’rinlarda turadi. Hozirgi kunda Hindiston yiliga 600 mln. tonna oziq ovqat mahsulotlarini yetishtiradi. Hindiston sut mahsulotlari, choy va shaker qamish yetishtirishda dunyoda birinchi o’rinda, bog’dorchilik, sabzavotchilik, sholichilik, yeryong’oq yetishtirishda ikkinchi, bug’doy yetishtirishda uchinchi, undan tashqari kofe, dorivor o’simliklar, paxta, donli ekinlar yetishtirishda beshinchi o’rinni egalaydi.

Qishloq xo’jaligi sektori hindiston iqtisodida katta o’rin egallaydi, u yalpi ichki mahsulotning ulushi 20 foizini tashkil etadi, mamlakat qishloq xo’jaligida iqtisodiy faol aholining 50% dan ortig’i ishlamoqda.

Qishloq xo’jaligining katta suratlar bilan o’sib borishida, donli urug’larining alohida o’ringa ega, hududda uning katta zahirasi mavjud (45 mln tonna) bo’lib eksport ham qilinmoqda. Eksport mahsulotlaridan asosiy foydani choy va kofe tashkil etadi. Hindiston jahonda eng ko’p choy yetishtiradigan davlat hisoblanadi, 2010-yilda 470 milion tonna choy yetishtirib, 200- million tonnasini eksport qildi. Hozirgi kunda dunyo bozoridagi choy mahsulotining 30%ini hindiston tashkil etadi.

Uzoq vaqtlardan beri qishloq xo’jaligi zararkunandalari, va qishloq xo’jaligi infratuzilmasidagi nuqson va kamchiliklar tufayli katta miqdorda qishloq xo’jaligi tovarlari yo’qotmoqda.

Masalan: o’rtach sabzavotchilik va bog’dorchilik mahsulotlarining 40%idan ko’p mahsulotini yo’qotyatgan bo’lsa, agra sanoat mahsulotlarining 20% nobud bo’lmoqda.

Donli ekinlar urug’larining 50 mln tonna zahirasi bor, uning 14% eksport qilinmoqda. Hindiston sholi eksport qilish bo’yicha jahonda ikkinchi, bu’gdoy eksport qilishda beshinchi o’rinda.

Ob-havosi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun juda qulay hisoblanadi u yerda ekinlar boshqa joylarga nisbatan tez yetishadi va yilning istalgan vaqtida hosil olish mumkin.

Asosiy muomolaridan biri bu, demografik vasiyatdir: hukumat tomonidan ko’plab urinishlar bo’lishiga qaramasdan aholining katta qismi qashshoq, savodhonlik darajasi judda past va zamonaviy tehnika bilan taminlanmagan.

Mustaqillikka erishganidan keyin hukumat sohani tubdan isloh etib, o`z oldiga istiqbolli vazifalarni qo`ydi va bosqichma-bosqich  ularga erishmoqda. 1947-1954-yillardagi  agrar islohotlar orqali feodal tuzumni yo`q qilish  bu boradagi dastlabki qadam bo`ldi. Keyinchalik, 1961- yilda “Ishlab chiqarish masalalari bo’yicha Osiyo tashkiloti” (Asian Productivity Organisation)ga  a`zo bo`ldi va shu asnoda ko`plab yetakchi mamlakatlarning investitsiyalari qishloq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirishga jalb qilindi. 1977-yilda “Qishloq xo`jaligini rivojlantirish xalqaro fondi”ga donor mamlakat sifatida a`zo bo`lishi hamda mamlakatga qishloq xo`jaligini rivojlantiruvchi uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar oqimini ta’minlanishi muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Hukumat tomonidan qo`llangan yana bir muhim siyosat bu -yetishtirilgan mahsulotlar eksportidan kelgan tushumni xorijiy texnologiyalar sotib olishga sarflsh edi.

Oxirgi yillarda hukumat tomonidan qo`llanilayotgan asosiy islohotlar “yashil inqilob” elementlarini qishloq xo`jaligiga olib kirishni jadallashtirishga bag`ishlanmoqda. Texnikalar miqdorining oshirilishi,  yangi va hosildor turdagi urug` va o`g`itlarning qo`llanishi, ilmiy-fan yutuqlarining amaliyotga jalb qilinishi soha rivojlanishida o`ziga xos yutuqlarga olib keldi. Buni biz quyidagi grafikdan ham ko`rishimiz mumkin: Yuqoridagi islohotlar natijasi o`laroq, mamlakat qishloq xo`jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi faqatgina oxirgi 10 yil ichida deyarli 2 barobarga ko`paygan.  Agar hukumat istiqbolli rivojlantirish siyosati o`z natijasini ko`rsatib tursa, Hindiston qishloq xo`jaligida mahsulot yetishtirish bo`yicha 1-o`ringa chiqib oladi.

Mamlakatning qishloq xo`jaligini rivojlanishi jadal suratlarda ketayotgan bo`lsada, hukumat oldida bir qancha muammolar turibdi. Hozirda Hindistonda 110 mln. yer egalari mavjud va ularga o`rtacha 1.5 gektardan yer to`g`ri keladi. Lekin qishloq xo`jaligida foydalanilayotgan yerlarning 40 %i umumiy yer egalarining 8.7 % (9 mln kishi)  to`g`ri keladi. Bundan ko`rinib turibdiki, feodalizm belgilari to`laligicha yo`q qilinmagan. Ikkinchidan, mamlakat aholisining 40 % ga yaqini kambag’al hisoblanganligi uchun hukumat oziq-ovqat narxlarini minimal darajada ushlab turishga harakat qiladi, chunki yuqori narxlar qashshoqlikni yanada kuchaytiradi. Davlat tomonidan qishloq xo’jaligini yanada qo’llab turishga ajratiladigan subsidiyalar ham narxlarni pastroq darajada ushlab turadi hamda ko’rilgan zararlarni qoplaydi. Shuning uchun ham hukumat ko’pgina mahsulotlar eksportiga cheklovlar qo’yadi. 2008-yil aprelida guruch eksportiga qo’yilgan cheklov bunga yaqqol misol bo`la oladi. Uchinchidan, iqlimning Hindiston qishloq xo`jaligiga bo`lgan ta`siri juda yuqori, chunki 60% dan ko`proq yerlarning asosiy sug`orish manbai bo`lib musson yomg`irlari xizmat qiladi. To`rtinchidan,  qishloq xo`jaligidagi texnika vositalari miqdori haligacha past darajada qolmoqda.140 mln. gektar yerda hammasi bo`lib  3,149 mln dona traktorlar xizmat qilmoqda:

Texnikalar soni o`sib borayotganligiga qaramasdan, mamlakat qishloq xo`jaligi hali ham yetarlicha ta`minlanmagan. Shuning uchun ham hayvonlar kuchidan foydalanish asosiy vosita bo`lib qolmoqda.

Mamlakat qishloq xo`jaligi juda ham yuqori potensialga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Buni deyarli bir xil iqtisodiy darajaga ega bo`lgan Rossiya bilan solishtiradigan bo’lsak qishloq xo`jaligida mamlakat iqtisodiy faol aholisining 30 %i , ya`ni 20 mln. ishchi band bo`lishiga qaramasdan  89 mlrd AQSh dolorini (2008) umumiy ishlab chiqarish qiymatiga ega. Agar Hindiston ham huddi shunday potensial bilan ishlasa jahon bozorida chiqib olgan bo’lardi.

Hindiston hukumati yuqoridagi muammolarni hal qilish yo`lida jadal suratlarda ish olib bormoqda. Ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo`llash, tabaqalanish bilan bog`liq bo`lgan feodal yer egalaridan qutulish, sug`orma dehqonchilikdan yanada ko`proq foydalanish, texnikalar miqdorini oshirish hamda qishloq xo`jaligi bilan sanoat o`sishini muvofiq ravishda amalga oshirish mamlakat oldida turgan istiqbolli vazifalardan bo`lishi kutilmoqda.

Hindiston shaker qamish yetishtirish bo’yich jahonda 1-o’rinda (o’rtacha yiliga 300 mln tonna.) aosan Uttar-Pradesh (eng sarasi), Karnatka va Tamilantda.

Pahta xom ashyosini yetishtirishda eng yetakchilardan hisoblanadi o’rtacha yiliga 10,5 mln.tonna. Eng sifatlilarilari Gudjarat va Maharashatra shtatlarida olinsa, ikkinchi sortli pahta xom ashyosi Pandjob, xaryanna va tamilantda olinadi.

Jun mahsulotini olishdagi quvvati yiliga 2 mln. t. ni tashkil etmoqda.

Hindistonning janobida ko’plab kofe plantatsiyalari mavjud bo’lib 1988 yilda uning zahirasi record darajaga chiqqan (215 ming tonna) hozirgi kunda bu ko’rsatkich180 ming tonnani tashkil qilmoqda. Jahon bozoridagi kofening 2,8%ni tashkil etadi.

Sholi yoz oylarida ser yomg’ir hududlarga va Ganga vodiysi, Brahmaputraga ekiladi. Bug’doy qish oylarida Pandjop, Xaryana, Utar-Pradeshda 58% ekilsa 31% Madhya-Pradesh, Radjaston, Bixara va boshqa hududlarda ekiladi.

Hindistonda bog’dorchilik qishloq xo’jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi, hududda tropik va subtropik mevalar yetishtirilmoqda. Hindistonda yetishtirilgan banan sifati bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turadi. Bu bilan bir qatorda Hindistonnig mango va papayelari ham mashxur. Bog’dorchilikda o’rtacha yiliga 33 mln. t. mahsulot yetishtirilmoqda va bu bilan Braziliyadan keying 2-ko’rsatkichni qayt etmoqda.

Chorvachilik qishloq xo’jaligining yalpi mahsulotdagi ulushining 26% tashkil etadi uning tarkibida, 250 mln. bosh qoramol(jahonda 1-o’rin), 103 mln. bosh tuya (jahonda 1-o’rin), 56 mln. bosh yilqi (3-o’rinda avstraliya va xitoydan so’ng), 212 mln. bosh echki (xitoydan so’ng 2-o’rinda), 343 mln. bosh paranda (7-o’rin).



Hindiston ayni vaqtga kelib chorva mollari soni bo’yicha jahonda eng yuqori o’rinlarni egalasa ham, lekin hind aholisi gosht, sut, hayvon yog’I, tuxum istemoli bo’yich dunyoda so’ngi o’rinlarda turadi(jon boshiga 1,5-2kg). bunga sabab induism dini(vegetariyanlik).

Oʻzbekiston bilan Hidiston oʻrtasidagi munosabatlar

Oʻzbekiston bilan Hidiston oʻrtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. 1991 y. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, H. Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib, 1992 y. diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi va ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston oʻrtasida munosabatlarning huquqiy asosini turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni tartibga solib turuvchi davlat hukumat va muassasalararo hujjatlar tashkil etadi. 2005 yilgachagacha ikki davlat oʻrtasida 60 ga yaqin rasmiy hujjat imzolandi. 1992 y. Toshkentda Hindistonning Bosh konsulxonasi (1988 y. tashkil etilgan), 1994 y. Dehlida Oʻzbekiston Respublikasi konsulxonasi (1992 y. tashkil etilgan) elchixonaga aylantirildi. Shu davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 4 marta (1991, 1994, 2000, 2005) rasmiy tashrif bilan Hinditondaa boʻldi. 1993 y. rasmiy tashrif bilan H. Bosh vaziri Narasimxon Rao Oʻzbekiston Respublikasigaga kelgan. Ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy asoslari tashkil qilgan bir qator iqtisodiy bitim va hujjatlar, jumladan, "Savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim", "Investitsiyani oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash toʻgrisidagi bitim", "Ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgrisidagi bitim" bilan muvofiqlashtiriladi. 1993 y.da ikki mamlakat oʻrtasida tuzilgan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiya doimiy faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 1993— 2005 y.larda bu komissiyaning 5 ta yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 2003 y. 24—26 martda Toshkentda Hindiston savdo koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi; unda Hindistonning yirik korxona va kompaniyalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2005 y. apreldagi Hindistongaga tashrifi chog’ida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, Taʼlim va madaiyat sohalarida hamkorlik boʻyicha huk-matlar aro hujjatlar imzolandi. mudofaa vazirliklari oʻrtasida harbiy va harbiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim, Oʻzbekiston Tashqi iqtisoliy aloqalar agentligi bilan Hindiston davlat savdo korporatsiyasi oʻrtasida anglashuv memorandumi, "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi bilan Hindiston sayyohlikni rivojlantirish korporatsiyasi oʻrtasida anglashuv protokoli, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Hindiston savdo-sanoat palatalari federatsiyasi hamda Hindiston eksport tashkilotlari federatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar, Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Hindiston davlat banki hamda Hindiston. eksport-import banki oʻrtasida hamkorlik memorandumlari, "Oʻzsanoatma-shimpeks" davlat aksionerlik tashqi savdo kompaniyasi bilan Hindistonning "Kompetent" kompaniyalari guruhi oʻrtasida Savdo uyi tashkil etish toʻgʻrisida memorandum, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan J.Neru universiteti hamda Toshkent sharqshunoslik Insituti bilan Mirzo Gʻolib insitutiti oʻrtasida anglashuv memorandumlari imzolandi. 2004 y. mamlakatlar oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 160 mln. AQSH dollarini tashkil qilddi. Hindistondan Oʻzbekistonga qogʻoz va karton, dori-darmon, uskupa, organik va kimyoviy birikmalar keltiriladi. Oʻzbekiston Hindistongaga rangli metallar va ularlan yasalgan buyumlar, ayrim xizmat turlari, poliz mahsulotlari, ipak va kimyoviy tolalarni yuboradi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonla Hindiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 40 ga yaqin qushma korxona hamda Hindistondagidagi 4 kompaniyaning vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda.

Ikki mamlakat oʻrtasida axborot texnologiyalari, kon sanoati, madaniyat, fan, texnika va taʼlim sohasida hamkorlik rivojlanmoqda. Ikki mamlakat olimlari ishtirokida ilmiy sim-pozium, seminar va anjumanlar oʻtka-zish odat tusiga kirgan. Mamlakatlar tarixi, musiqa, adabiyot, arxeologiya, meʼmorlik, tibbiyot, biologiya, kosmik fazoni oʻrganish, geollogiya va boshqa koʻplab sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. 1991 y. Hindistonda buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiyning 550 yilligiga bagʻishlangan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati kunlari oʻtkazildi. 1992 y. oktabrda Oʻzbekiston mustaqilligining bir yilligiga bagʻishlab Dehli shahrida oʻzbek madaniyati va sanʼati festivali boʻlib oʻtdi.1993 y. Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi Hindiston va Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikning rivojlanishida 1994 y. Hindistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzurida faoliyatini boshlagan Hindiston madaniy markazining hissasi kata.



Xulosa

Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak bugungi kunda Hindiston Jahonning rivojlanyotgan mamlakatlari sirasiga kiradi. Bu yerda mamlakatni industrialashtrish yirik sanoat korxonalarini ochilishi, kosmik loyihalar amalga oshirilishi bilan bir qatorda, agrar islohatlar takomillashib bormoqda. Jahon qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 7%ini aynan Hindiston tashkil etadi. Uning iqlimi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun juda qulay hisoblanibi, qishloq xo’jaligi ekinlarning 70%dan ziyodi bir urinishda unadi. Va yilning istalgan vaqtida hosil olish mumkin. Yer egalari orasida feodalisim belgilari ko’zga tashlanadi, bazi qishloqlardagi fermerlarning foydalari o’zlariga ham yetmasligi holatlari kuzatilmoqda, Hindiston traktorlar ishlab chiqarishda jahonda uchinchi o’rinda bo’lsa ham bazi qishloqlarda yerga omoch va hokizda ishlov berish holatlari saqlanib turibdi. Mamlakatda chorva mollarining soni ko’p bo’lishiga qaramay Hindiston go’sht yetishtirish va eksport qilishda o’z o’rniga ega emas. Bugungi kunda Hindiston qishloq xo’jaligining barcha tarmoqlarida eng yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Jahon mamlakatlari. Sh.ergashev. N.Tursunov

2.Jahon iqtisodiy-ijtimoy geografiyasi. 9-sinf darslik.

3. Mintaqalar va mamlakatlar iqtisodiyoti. O.Abdullayev.

4. “Atlas mira”

5. Internet materiallari www.wikipedia.org



6. Internet materiallari www.arxiv.uz


Download 33.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling