Hiqish sabablariva


Download 114.06 Kb.
bet2/8
Sana14.03.2023
Hajmi114.06 Kb.
#1266809
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mansur kurs ishi

I BOB Jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi va Ishsizlik darajasiva turlari
1.1Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ishsizlikmuammosini haletish
yo‘llari.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ishsizlik muammosi jamiyatning eng markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Zero, yuqori darajadagi ishsizlik birligidan, resurslardan to‘liq foydalanilmayotganligini va aholi daromadlarining pastligini ko‘rsatadi. Bu esa ijtimoiy sohada, oilaviy munosabatlarda vaziyatning keskinlashuvi va jamiyat miqyosida norozilikning ko‘payishiga olib keladi. Ish joyidan ayrilish ko‘p kishilaruchun oilaviy turmush darajasiyomonlashishining, shaxsiy hayot notinchligini
bildirib, odamga jiddiy ruhiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ishsizlik shunday hodisaki, unda ishchi kuchi iqtisodiy faol aholining bir qismi sifatida tovarlarva xizmatlarishlab chiqarishda band bo‘lmaydi. Ishsizlar bandlar bilan
bir qatordamamlakatishchi kuchinitashkil qiladi.
Amaliyotdagi iqtisodiy hayotda ishsizlik ishchi kuchi taklifining unga bo‘lgan
talabdanoshibketishitarzidanamoyon bo‘ladi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda – ishchi kuchining ish joyi bilan ta’minlanmaganligi va natijada, uning biror bir qonuniy daromad manbaiga ega bo‘lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi. Odatda, jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati talablariga ko‘ra ishlab
chiqishadi.
Xalqaro tashkilotlarning bergan ta’rifiga binoan «ishsiz shaxslar» deganda – ishga ega bo‘lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Mana shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda, turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs deb
e’tirofetish uchun qo‘shimcha shartlar talab qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun bir vaqtning o‘zida quyidagi
to‘rttashart mavjud bo‘lishilozim.
Birinchishart – fuqaromehnatga qobiliyatli bo‘lishiva amaldagiqonunhujjatlariga binoan pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lmasligi kerak. Huquqiy jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi (fuqaroning jinsidan qat’i nazar) «Mehnat
kodeksi»ning 77-moddasigamuvofiq 16 yosh deb belgilangan.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, «Mehnat kodeksi»ning ushbu moddasiga muvofiq tegishlishartlarga rioya etilgan holda 15 yoki 14 yoshgato‘lganyoshlarni ham ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilsada, «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi
Qonungamuvofiqular ishsiz shaxs debe’tirof etilishlari mumkin emas.
Ikinchi shart – fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmasligi lozim. Qonunhujjatlariga muvofiq ish bilan band bo‘lgan shaxslar toifasiga mulkchilik shakllaridan qat’i nazar har qanday korxonalarda, shu jumladan, respublikamiz hududida va xorijdagi xalqaro tashkilotlarda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotganlar: betobligi, mehnat ta’tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish to‘xtatib qo‘yilganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyi saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo‘lmagan fuqarolar: o‘zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan, yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a’zolari, fermerlar va boshqalar (mazkur Qonunning 2-moddasiga va unga berilgan sharhlarga
qarang) kiradi.
Uchinchi shart — fuqaro ishlashga tayyor bo‘lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro‘yxatdan o‘tib turishi va mehnat
organlari tomonidantaklif qilinganmaqbul ishniqabul qilish holatlaritasdiqlaydi.
Homilador ayollar, agarda ularning homiladordik davri yigirma sakkiz haftadan oshmagan bo‘lsa, ular mehnatga qobiliyatli deb hisoblanadilar va homiladorlikning bu
davrida ularishsiz shaxs debe’tirof etilishlarikerak.
To‘rtinchi shart — fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim (mazkur modda
sharhlarining 3-paragrafigaqarang).
Zarur hujjatlarni taqdim etmagan fuqaro mehnat organiga maslahat sorab murojat
etgandeb hisoblanadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ishlab chiqarishning mehnat kabi resursidan to‘liq va oqilona foydalanish va shu munosabat bilan ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, ishsizliknikamaytirish borasida qizg‘in faoliyat olib borish davlatning nihoyat darajada muhim vazifalaridandir. Ushbu muammoni hal etishda ikki asosiy
bosh yo‘nalishgaajratish mumkin.
Birinchisini sub’ektiv yo‘nalish deb nomlash mumkin. U insonni mehnat faoliyatiga shunday tayyorlashni tashkil etishdan iborat bo‘ladiki, bunda inson ishlab chiqarish shart-sharoitlari, texnik baza o‘zgarishlari munosabati bilan muvaffaqiyatli ravishda mehnat faoliyat olib borish uchun etarli darajada tez qayta tayyorgarlikdan
o‘tib, yangibilim, qobiliyat vako‘nikmalar orttiraoladi.
Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlarida insonning ishga joylashuvi uning shaxsiy ishiga aylanib qoldi. Endi davlat unga shunday masalalarni o‘zi hal etishida yordam beradixolos. Buningustiga, ishga joylashuv ishsizlik mavjudligi sharoitidaro‘y beradi, bu esa ishsizlik muammosini hal qilishni anchagina qiyinlashtiradi. Bularningbarchasi O‘zbekiston fuqarolari uchun yangidir. Ushbu sharoitda ular yaxshi tayyorlangan bo‘lishlari, mehnat bozorida o‘zlarini qanday tutishni, o‘zlarining qanday huquqlari, yangi sharoitlarda qanday vazifalari borligini, ishsiz qolgan kishi o‘zini qanday tetishi lozimligini, ishga qay yo‘sindayollanish, qay tarzda ishizlashkerakligiva hokazolarni bilishlari zarur bo‘lib qolmoqda. Aholiga shu tarzda ta’lim berish ish bilan bandlikka ko‘maklashish markaziningbosh vazifasi bo‘lib qolishikerak. Buhozirgi paytda milliy iqtisodiyotda ish bilan band bo‘lganlarning taxminan 2/3 qismi xodimlar sifatida qayta
qurish davridan oldingi paytlarda shakllanganligi bilan ahamiyatlidir.
Davlatning iqtisodiyotni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi faoliyati aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasidagi muhim yo‘nalishdir. Davlat iste’mol va investitsiya tusidagi tovar va xizmatlarga bo‘ladigan talabnirag‘batlantirib, shu asosda mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalarda yangi ish o‘rinlari yaratib borishi, iqtisodiyotning xususiy tarmog‘ini va ushbu tarmog‘da yangi ish o‘rinlari
ochilishini rag‘batlantirilishilozim.
Prezidentimiz Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” kitobida bayon etilgan yo‘l- yo‘riqlar va Inqirozga qarshi choralar dasturi mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash, xalqimizning turmush darajasi va farovonligini yanada oshirish, yurtimizning xalqaro maydondagi salohiyati va obro‘-e’tiborini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Asarda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda islohotlarning mashhur besh tamoyilga asoslangan, ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli asosida amalga oshirilayotgani yurtimizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigankuchlito‘siq, mustahkamva ishonchli
himoya vositasini yaratdi.
Dasturda aholini ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish va turmush darajasini yuksaltirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Umuman, mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab bu masalalarga doimiy ravishda ustuvor vazifalar sifatida qarab kelinayotir. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz jahon mehnat bozoriga ham judakuchli ta’sir ko‘rsatayotgan hozirgi sharoitda mamlakatimizda bu borada barqarorlik
saqlanayotgani, yangiisho‘rinlari yaratilayotgani buningamaliy natijasidir.
Yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini ish bilan ta’minlash, turmush darajasini oshirishga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning barcha bosqichlarida alohida e’tibor berilgani va bu yo‘nalishdagi vazifalarni hal etishga qaratilgan chora- tadbirlarning izchil amalga oshirilganligi yurtimizda ishsizlik muammosini hal etishda
vauning darajasioshibketishiningoldini olishdamuhim omilbo‘lib xizmat qilmoqda.

Ishsizlik — mehnat bozorida talabga ega bo‘lmagan mehnatga layoqatli ishchi kuchining mavjudligi


Ishsizlik jamiyatning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy hayotiga ta'sir ko'rsatadigan va mamlakat iqtisodiyotiga ham, iqtisodiy jarayonning barcha ishtirokchilariga ham ta'sir ko'rsatadigan jiddiy va keng ko'lamli hodisadir.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda — ishchi kuchining ish joyi bilan ta’minlanmaganligi va natijada, uning biron-bir qonuniy daromad manbaiga ega bo’lmasligining muayyan holati tushuniladi.
Xalqaro tashkilotlarning bergan ta`rifiga binoan «ishsiz shaxslar» deganda — ishga ega bo’lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Mana shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda, turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs deb e`tirof etish uchun qo’shimcha shartlar talab qilinadi.
O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta`minlash to’g’risida»gi Qonuniga binoan ishsiz shaxs deb, mehnatga qobiliyatli (o’n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta`minlanish huquqini olgunga qadar), ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro’yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o’tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar e`tirof etiladi.
Ma’lumot uchun mamlakatimizda 2021-yilda ish so‘rab mehnat organlarga murojat qilganlar soni 552640 nafar, shulardan ishga joylashtirilganlar 183498, kasbga o‘rgatilganlar 78546, jamoat ishlariga jalb etilgalar 128634, ishsiz deb e’tirof
Ishsizlik mamlakat uchun milliy mahsulot va milliy daromadning yo'qolishiga olib keladi. Agar iqtisodiyot ishlamoqchi va ishlashni istagan har bir kishiga yetarli ish o'rinlarini yarata olmasa, potentsial tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish butunlay yo'qoladi. Mahsulotlar ishlab chiqarilmaganda ishsizlikning iqtisodiy xarajatlari namoyon bo'ladi. Yalpi milliy mahsulotning (YaMM) haqiqiy hajmi va yaratilishi mumkin bo'lgan, ammo ishlab chiqarilmagan potentsial o'rtasidagi farq odatda Yalpi ichki mahsulot hajmining orqada qolishi deb nomlanadi.
Fuqaroning ish bilan band bo`lmasligining asosiy ikkita sababi bo`lishi mumkun: o`z hohishiga ko`ra va majburiy(noiloj) band bo`lmaslikdir.
Ishsizlikning kelib chiqishida quyidagi omillar ta`sir ko`rsatadi.
Davomiyligi(uzoq yoki qisqa muddatli)
Insonning mehnat qilishga munosabati (ixtiyoriy majbutiy)
Faydo bo`lish xususiyatiga ko`ra (tarkibiy, siklik, friksion, davriy)
Tarqalish joyi (mintaqaviy, milliy)
Namoyon bo`lish xususiyati (ochiq, yopiq)

Download 114.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling