Hiqish sabablariva
Download 114.06 Kb.
|
Mansur kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- IIBOB
1.3Ishsizlikning sabablariva turlari
Iqtisodchi olimlar o’rtasida ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabablari qandayligi to’g’risida turlicha qarshiliklarmavjud. Ma’lumki, J.M.Keyns «…ishsizlikning davosi sifatida ish haqinipasaytirish g’oyasini qat’iy inkor etib, o’ziga investisiyalar, davlat xarajatlari va sof eksportdan tashqarii iste’mol xarajatlarini – bunda ham so’nggi – umumiy talabning asosiyqismini ham qamrab oladiganumumiy talabdankelib chiqadi». Fikrimizcha, O’zbekistonda ishsizlikning paydo bo’lishi va o’sish tarixi aynan Keyns qarashlarining to’g’riligini isbotlaydi. Ishsizlar rasmiy ro’yxatga olingandan boshlab, ishsizlik darajasi ma’lum darajada muntazam ortib boradi, ishga joylashtirish qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik darajasi shunchalik nast bo’ladi. Ish bilan bandlikning keskin kamayishi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar (davlat sektorining kamayishi), inflyasiya hamda xo’jalik yuritishning muqobil shakllari (xususiy korxonalar, hissadorlik jamiyatlari) yetarlicha tez o’smaganligi tufayli ko’pgina korxonalarda moliyaviy ahvol yomonlashuvi natijasida yuzaga keladi. Bularning hammasi, tabiiyki, umumiy talab hajmida salbiy aks etadi: davlat ta’siri qisqaradi, investisiya faoliyati sustlashadi, iste’mol xarajatlari esa inflyasiya ta’sirida turmush darajasiningyomonlashuvitufayli birmunchakamayadi. Demak, O’zbekistonda ishsizlik o’sishining asosiy sababi – eng avvalo ishlab chiqarishning qisqarishidir. Iqtisodiy o’sish dinamikasi bilan ishsizlik o’rtasidagialoqa uzviy bog’liq ko’rsatkichlardir. Qoidagako’ra, g’arb iqtisodchilari iqtisodiyo’sish sur’atlariniaholi ish bilan bandligining o’sish sur’atlari bilan, tanazzulni esa ishsizlik darajasining o’sishi bilan bog’laydilar. Haqiqatdan ham, industrial turdagi normal ishlayotgan bozir iqtisodiyotida iqtisodiy o’sish doimo tarmoqlarning rivojlanishi va kengayishini, demak, ish bilan bandlikning ortishini anglatadi. Shunday bo’lsada, rivojlanayotgan mamlakatlarda bunday bog’liqlik ko’zga ochiq tashlanmaydi. Masalan, ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatning tez o’sishi ish bilan bandlikning muvofiq kengayishini keltirib chiqarmadi. Iqtisodchilar bu hodisani sanoatdagi o’sish sur’atlaridan ancha yuqori bo’lgan urbanizasiya sur’atlari hamda qishloqdan shaharga ko’chib kelayotgan aholi malakasining pastligida deb izohlaydilar. Aholining ish bilan bandlik dinamikasi, YaIM bilan ishsizlik o’rtasidagi bevosita aloqaning tasdiqlanmasligi dastlabki qarashda mantiqan zid hodisadir. Ikkita dalil kishini hayratga soladi: birinchidan, ishsizlikni YaIMning o’sishiga qiyosan ilgarilovchi qisqarishi; ikkinchidan, ish bilan bandlikning kamayishi bilan birga ishsizlikningqisqarishi. Fikrimizcha, bu hodisalarni faqat statistik xatoliklar va ishsizlik maqomini berish shartlarining murakkablashuvi bilan izohlab bo’lmaydi. Ko’rinishidan yaxshi bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlaridan ish bilan bandlikning kamayishini ikkita sabab bilan izohlash mumkin. Birinchidan, yashirin ishsizlikning yuqori darajasi saqlanganligi, u o’z potensialini xatto ayrim barqarorlik sharoitlarida ham ochiq bozorga chiqarib turadi. Ikkinchidan, yashirin ish bilan bandlikning ko’payishi, u ishchi kuchi va ishsizlarning sezilarli qismini ochiq mehnat bozoridan tortibturadi. Respublikamizda ishsizlikning paydo bo’lish sabablariga ko’ra quyidagi asosiy turlariko’proquchraydi: . yashirin, bu asosan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun xarakterlidir va bu haqiqiy ish kuchini kamroq miqdorda talab qiladi. Amalda ishsizlikning yashirin shakli faqat iqtisodiy emas, shu bilan birga siyosiy xususiyatga ham egadir. Yashirin ishsizlik ishlab chiqarishning chuqur tanazzuli sharoitida korxonalarda ortiqcha bandlikning saqlanib qolganligidan dalolat beradi; . mavsumiy, ma’lum bir mavsumda ish bilan bandlikni ta’minlovchi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash va tayyorlash muddati bilan asoslangan. Uni normal ishsizlik jumlasiga kiritish mumkin. Mavsumiy ishsizlikning hajmi ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifmavsumiy omillarining baravarta’sir qilishi sifatida namoyon bo’ladi; . texnologik o’zgaruvchan, bu shakli masalan, fan - texnika yutuqlari natijasida qo’l mehnatio’rnini mashina egallashinatijasida yuzaga keladi; . tarkibiy, iqtisodiyotning yangi tarmoqlari paydo bo’lishi yoki eskisiga barham berilishiva mulkchilik shakllarining o’zgarishibilan yuzaga keladi. Ishsizlikning ijtimoiy - iqtisodiy mazmuni, sabablari va turlari nazariy asoslanishi ishsizlik holatining mezonlari va ko’rsakichlari ochib berilishini taqozo qiladi. Chunki ishsizlikning asosiy mezonlariva ko’rsatkichlari mehnatga layoqatli aholi oqilona bandligini shakllantirishni tartibga solishda muhim ahamiyatga egadir. Yoshlar o‘ziga xos guruhdir; ayniqsa mana shu o‘ziga xoslik yoshlarni ish bilan ta’minlanmasligi kelib chiqayotgan muammlarning manbai hisoblanadi. Yoshlar orasida ishsizlikning o`sishi iqtisodiyotga salbiy ta’sir qilibgina olmay, jamiyatda ham qator muammolarga sababchi bo‘lmoqda. Xususan, 2020-yilda sodir etilgan jinoyatlarning 37%i 30 yoshgacha bo‘lganlarga to‘g‘ri keladi. O`zbekiston aholi tarkibida yoshlar salmog` yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Yoshlar mehnat resurslarinig eng faol qismi hisoblanadi. Aholining mazkur qatlami yuqori moslashuvchanlik , tez o‘qib o‘rganish, nostandars fikrlash qobliyatiga ega. Shu bilan birgalikda yoshlar mehnat bozorida boshqa kategoriyadagi insonlarga nisbatan past raqobatbardoshlikka ega ekanligi ularning eng ta’sirchan guruhga aylantiradi. 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko`ra yurtimizda 14-30 yoshdagi jami doimiy aholi soni 9mln 726mimg 608 nafarni tashkil etgan. 2021-yil boshiga ko`raq 18-30 yoshdagilar soni qarib 5mlndan ortiqroq. 18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17% yoki 844ming nafarni tashkil etdi va bu 2021-yil yil boshidagi ishsizlik darajasining 1.5 baravariga kop demakdir. Hisobga olinmagan ishsizlar soni esa bundan ham yuqori. IIBOB Ishsizlikni tabiiy darajasiva Davlat tomonidan himoyalanishi Download 114.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling