His etilmagan
Download 46.17 Kb.
|
Adabiyot oddiy so
San’at va siyosat. San’at bilan siyosat o’rtasidagi aloqalar o’ziga xos murakkab, ba’zan ko’zga yaqqol tashlanmaydigan tarzda, ba’zan yaqqol bo’rtib namoyon bo’ladi. Lekin barcha zamonlarda ham ular o’zaro aloqa qilib kelgan. Chunki, san’at ijtimoiy- estetik hodisa sifatida har qanday voqelikni in’ikos ettirar ekan, undagi siyosiy qarashlarini, kurashlarni bir chetga surib qo’ya olmaydi . Siyosat esa o’ziga mos keladigan qarashlarnigina san’at tomonidan ustivor tarzda aks ettirishni xohlaydi va shu bois uni, dinga o’xshab, o’ziga bo’ysundirishga intiladi. Bunda u o’zining “suyangan tog’i” bo’lmish mafkuradan foydalanadi, san’atni iloji boricha mafkuraviylashtirishga harakat qiladi, bu harakat ba’zan zo’ravonlik bilan, ijodkorlarni majburlash, ulardan siyosiy shoirlarni badiiylashtirish asosida asar yaratishni talab qilish orqali amalga oshiriladi.
Ayni paytda san’at demokratik davlat siyosatini, umuminsoniy va milliy ma’naviy qadriyatlarga asoslangan mafkurani targ’ib etadi, vatanparvarlik, qahramonlik, fidoyilik g’oyalarini ilgari suradi, lozim bo’lsa, jangovarlik kasb etadi. San’at tarixida muayyan g’oyalarni, ayniqsa umumbashariylikni inkor qilmaydigan milliy g’oyani ifodalamagan san’at asari kam topiladi. Shunday qilib, san’at va siyosat bir- birining ishiga aralashmay rosmana mavjud bo’lolmaydi. Lekin bu aralashuv hech qachon bir tomondan- zo’ravonlikka, ikkinchi tomondan- g’oyasizlikka asoslanmasligiu kerak; haqiqiy san’at asari hech qachon “ sof badiiy” bo’lmaydi. U faqat g’oyaviy badiiy yaxlitlik sifatidagina ma’naviy qadriyat maqomiga ega. San’at va falsafa. XX asr mutafakkirlarining XXI asrda falsafa san’at bilan mustahkam aloqada bo’lsagina yashab qoladi, deganda o’xshash mulohazalari mazkur muammoning yangicha o’rtaga tashlanishi, xolos.Bular shunchaki gaplar emas, aksincha muayyan ildizga ega, ma’lum ma’noda asoslangan fikrlar. Chunki falsafa bilan san’at mohiyat nuqtayi nazaridan bir-biriga o’xshash. Avvalo buni ularning tadqiq usulida ko’rish mumkin. Falsafa voqelikning faqat bir qismigina ajratib o’rganadigan fandan farqli o’laroq, u olamni yaxlitligicha olib tekshiradi. San’at ham xuddi shunday: olam yaxlitligi badiiy qiyofa yaxlitligida ifodalaydi, voqelikni butunicha badiiy tadqiq etadi. Xullas, har ikkisining ildizi asotirlarga- miflarga borib taqaladi: dastlab dunyoning yaxlit manzarasini ko’rish uchun “ tasavvur o’yini”dan foydalangan qadimgi odam, asta-sekin bu yaxlitlikni “tafakkur o’yini” vositasida mushohada qilishga o’tgani shubha tug’dirmaydi deb o’ylaymiz. Shunday qilib, falsafada nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan bilish san’atda o’zining eng mukammal va universal shaklini topadi. Download 46.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling