Chakana amaliyotlar kassasi — bank ish kuni davomida jismoniy shaxslardan kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish yoki chiqim qilish, shuningdek ularning bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish hamda valyuta ayirboshlash shoxobchasi va chakana kassa xizmatlarining boshqa turlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan kassa;
Chiqim kassasi — bankda o‘z hisobvarag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bank ish kuni davomida chiqim kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni chiqim qiluvchi kassa.
Inkassa xonasi — naqd pul tushumlari solingan va belgilangan tartibda plombalangan sumkani (qopni) bevosita mijozdan qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan xona.
1.3. «Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy tamoyillar» 200-son xalqaro audit standarti.
Auditorlik hisoboti — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoida buzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvini o‘tkazish natijasida olingan boshqa axborotlardan iborat bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat;
Auditorlik xulosasi — moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablariga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat;
Ijobiy fikr — bu auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasida ifodalangan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini, moliyaviy natijalarini haqqoniy aks ettirgan va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq kelgan holatdagi fikri;
Modifikatsiyalangan fikr — bu auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasida quyidagi shakllardan birida ifodalangan fikri: salbiy fikr, izohlar bilan fikr, fikr bildirishni rad etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |