Hisoblash eksperimenti


Download 1.24 Mb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1588119
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sanoq sistemalari va algoritmlar


Sanoq sistemalari va algoritmlar

Reja:


  1. Sanoq sistemalari haqida ma`lumot.

  2. Sanoq sistemalarining turlari.

  3. Bir sanoq sistemasidan ikkinchisiga o`tish.

  4. Hisoblash eksperimenti.
  5. Algoritm tushunchasi


  6. Algoritmning asosiy xossalari
  7. Algoritmning tasvirlash usullari

  8. Chiziqli algoritmlar

  9. Tarmoqlanuvchi algoritmlar

  10. Takrorlanuvchi algoritmlar


  11. Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar

  12. Rekurrent algoritmlar.

  13. Takrorlanishlar soni no’malum bo‘lgan algoritmlar

  14. Ketma-ket yaqinlashuvchi yoki iteratsion algoritmlar.

  15. Algoritm ijrosini tekshirish.


  1. Sanoq sistemalari haqida ma`lumot.

Hisoblash mashinalarining tuzilishi va ularda dasturlashtirish sanoq sistemalari bilan chambarchas bog`liq. Mavjud sanoq sistemalarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: o`rinli (pozitsion) va o`rinsiz (nopozitsion) sanoq sistemalari. O`rinli sanoq sistemasida raqam o`zining sondagi turgan o`rniga qarab turli qiymatni akslantirsa, o`rinsiz sanoq sistemasida esa raqamning qiymati uning sondagi tutgan o`rniga bog`liq emas.
O`rinsiz sanoq sistemasiga qadimgi rim sanoq sistemasi misol bula oladi. Bu sanoq sistemasida sonlarni yozish uchun lotin harflari ishlatiladi, ya`ni I harfi har doim birni , V harfi beshni, X-o`nni, L-ellikni, C-yo`zni, D-besh yo`zni, M-mingni va boshqalar. Bu sanoq sistemada 267 soni CCLXVII ko`rinishda ifodalanadi. Bu sanoq sistemasida har bir harf har doim bir xil sonni ifodalaydi. Shuning uchun ham katta sonlarni yozishda yangi - yangi harflarni kiritishga to`g`ri keladi. Kancha yangi harf kiritmaylik shunday sonni uylab topish mumkinki, uni mavjud harflar yordamida ifodalash murakkablashib ketadi.
Rim sanoq sistemasida harflarni iqtisod qilish maqsadida yangi qoida kiritiladi. Bu qoidaga ko`ra kichik son katta sondan oldin kelsa kattasidan kichigi ayriladi va aksincha kichik son katta sondan keyin kelsa qo`shiladi. Xuddi shuningdek, bir xil qiymatli sonlar yonma-yon kelsa ular qo`shiladi. Masalan, IX–to`qqizni ifodalasa, XI-o`n birni, XX-yigirmani ifodalaydi.



Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling