Hisoblash matematikasining zamonaviy
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
T.f. Hisoblash matematikasi syllabus 2022-yil (222)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.FANNING MAZMUNI
Mustaqil
taʼlim (soat) Jami (soat) Hisoblash matematikasining zamonaviy usullari 90 90 180 I.MODUL TAVSIFI Hozirgi vaqtda ilm-fan muammolarini hal qilishda matematik modellashtirish asosida hisoblash texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Bunda albatta Sonli usullar fanini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Ushbu kurs talabalarni matematik masalalarni kompyuter yordamida yechishda qo’llaniladgan hisoblash algoritmlarini ishlab chiqishga o’rgatishga bag’ishlanadi. Matematik modellashtirish va kompyuterda dasturlash bosqichlari orasida joylashgan Hisoblash matematikasining zamonaviy usullari fani 5 ta moduldan iborat. Syllabusda fanning maqsadi, o’rganiladigan 15 ta nazariy mavzular, 15 ta amaliy mashg’ulotlar va 90 soat mustaqil ta’lim hajmi va mazmuni, talabalarning ko’nikma va malakasi, baholash mezonlari hamda foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Fan nazariy hamda amaliy bilim va ko’nikmalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar tarzida tashkil etiladi. Sonli usullar modullari talabalarda mantiqiy fikrlash, dunyoqarashni kengaytirish, tanqidiy fikrlash qobiliyatinii rivojlantirirshda xizmat qiladi. II.FANNING MAZMUNI Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda turli matematik masalalarni taqribiy yechishda zamonaviy algoritmlarning sifatini va imkoniyatlarini tahlil qilish hamda algoritmlarni yarata bilish ko’nikmalarni hosil qilish, berilgan masalaning turini aniqlay bilish, yechish usullarini to’g’ri qo’llay bilish va ushbu usullarning turg’unligini aniqlay bilish, dasturlash tillarini qo’llagan holda shaxsiy kompyuterlarda masalalarni yecha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Talabalarni Hisoblash matematikasining zamonaviy usullari bilan tanishtirish, kasbiy faoliyatga oid masalalarini ongli ravishda tadbiq etish, muammolar yechimini topishda matematikaning imkoniyatlari mohiyatini tushuntirish va ularni qo‘llay olishga o‘rgatishdir. Fanning vazifasi - kurs mobaynida funksiyalarni yaqinlashtirish, taqribiy differensiyalash va integrallash, algebaning sonli usullari, oddiy va xususiy xosilali differensial tenglamalarni taqribiy yechish usullarini, sonli hisoblash 5 natijalarini malakali ravishda tahlil qilish usullarini o’rgatishdan iborat. Hisoblash matematikasining usullarining tushunchalar mazmunini, qoidalarni va usullarni ongli o‘zlashtirish orqali fikrlash madaniyatini egallash, axborotlarni tushunish, umumlashtirish va tahlil qilish, maqsadni qo‘yish va unga erishish yo‘llarini tanlash; og‘zaki va yozma nutqini asoslagan holda o‘z fikrlarini mantiqan to‘g‘ri, aniq va ratsional ifodalash; fanning asosiy usullarini, jumladan modellashtirish, nazariy va eksperimental tadqiqotlar usullarini kasbiy faoliyatga qo‘llash kompetensiyalariga erishish. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling