Hisobot 2023 Kirish Reja : Xalq Banki atbning tashkil topishi va faoliyati. Xalq Banki atbning tashkiliy tuzilmasi


Hisobot ishining maqsadi va vazifalari


Download 1.85 Mb.
bet2/11
Sana15.06.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1486415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Hisobot Xalq Banki (Navrozbek)1

Hisobot ishining maqsadi va vazifalari.
- «Xalq Banki» ATB tashkil topish tarixini oʻrganish;
- « Xalq Banki » ATB tarkibiy strukturasi va boʻlimlar faoliyatini bilish;
- « Xalq Banki » ATB faoliyatini maqsad va vazifalarini koʻrib chiqish;
- « Xalq Banki » ATB moliyaviy ko’rsatkichlari bilan tanishish;
- « Xalq Banki » ATB amalga oshirilayotgan islohatlarni oʻrganish.
Hisobot ishining obyekti. « Xalq Banki » ATB.
Amaliyot jarayonida guvohi boʻldimki, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy barqarorligini ta’minlashi , oʻsishiga va bank tizimida « Xalq Banki » aksiyadorlik tijorat bankining oʻrni beqiyos.
“Bank tizimi va kapital bozorini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‘rishimiz lozim. Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qo‘llash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy ta’minotlar bo‘yicha zamon talablaridan, 10-15 yil orqada qolmoqda. Kelasi yildan boshlab har bir bankda keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Bank tizimida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Banklarimiz xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi .
O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingandan so'ng, "Xalq banki" mamlakatning og’ir davrida iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishda muhim rol o'ynadi. Bizning iqtisodiy pul-kredit sohamiz bankning faol ishtirokida islohotlarga muhtoj edi. "Xalq banki" oldida turgan asosiy vazifalardan biri o'z salohiyatini barqarorlashtirish hamda xalqning bankga bo’lgan ishonch pog’onasini oshirish bo’ldi , bundan tashqari mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida mavqeini mustahkamlash bo'yicha uzluksiz ishlar olib bordi.


1. Xalq Banki ATBning tashkil topishi va faoliyati .
"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil aprel oyida PF-4720 "Aksiyadorlik jamiyatlar korporativ boshqaruvni zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" farmon chiqardi, farmonga binoan bank nomini “Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki"ga o'zgartirdi. So'nggi yillarda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar va davlatning qo'llab-quvvatlashi boisi "Xalq banki" jadal rivojlanib, salohiyati oshib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida "Xalq banki" turli moliyaviy va mablag'-kredit islohotlar davrida, mamlakatimizning moliyaviy agenti rolini o'ynadi, davlat iqtisodiyotida har doim o'z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.1
Malakaviy amaliyotning ilk kuni bank boshqaruvchisi va bankning boshqa rahbarlari hamda bank tarkibi bilan tanishuvdan boshlandi.Bank bsohqaruvchisi biz talabalarga biz talabalarga bankning ichki intizomi, uning bo’limlarining ish faoliyati va jamoat ishlari bo’yicha qisqacha ma’lumot berdi.Shu bilan birga biz amaliyot davomida qisqa va uzoq muddatli kreditlash, hisob kitoblarni tashkil qilish va amalga oshirish, marketing izlanishlar hamda bankning boshqa sohalarida talabalarning mustaqil faoliyat ko’rsata olish qobillyatimizni shakllantirdik.Bundan tashqari, biz malakaviy amaliyot o’tash davrida bankning umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida muntazam ishtirok etdik.
O'zbekistonnig keksa fuqarolarini doimiy pensiya bilan ta'minlash hisoblanadi. O’zbekiston qonunida aytib o’tilganidek “fuqarolarni jamg'arib boriladigan pensiyasi bilan ta’minlash” mavjud pensiya tizimida qo'shimcha ravishda maxsus hisoblash tizimini shakllantrishdan iborat. "Xalq banki" xavfsiz elektron ma'lumotlar bazasini yaratdi, bu esa barcha bank filiallarini bog'lovchi uzluksiz monitoring va u yerdagi hatti-xarakatlarni nazorat qilish uchun imkon berdi. "Xalq banki" jamoasi muntazam ravishda o’zlaridagi maqsad va vazifalar ro’yxatini yangilab turadilar hamda ushbu maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli bajaradilar. Hozirgi kunda bank oldidagi vazifa xizmat ko'rsatishning yuqori darajasiga erishish hamda mamlakatimizda bank xizmatlari ko'rsatishda liderlaridan biri o'rnini ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari "Xalq banki" investitsiya va ilg'or boshqarishni hamda kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llanilishini yanada jozibador bo'lishini istaydi.
Xalq banki xodimlari doimo o'zlariga yangi g’oyalar va yangi strategik maqsadlarni belgilaydilar. Hozirgi paytda ular mijozlarga xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga o’tishini, respublikada eng yirik bank raqobat o'rniga erishishini, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish orqali moliyaviy xizmatlar bozorining ko'rsatkichlari bir qator investitsiya jozibadorligini va yetakchi o'rinlarda kirishishini ta'minlanishiga harakat qilmoqdalar.
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O'zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg'arma kassalar 1875-yilda tashkil etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank» Davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi.
Hukumatning doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi tufayli Xalq bankining salohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado etib kelmoqda. Bank o'z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o'z mavqei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarini safarbar etmoqda.
Bugungi kunda Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 197 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 100 ta bank xizmatlar ko'rsatish markazi 2931 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Xalq banki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. Xalq banki jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda.
AT “XALQ BANKI”ning ishlash tartibi
1. Mijozlardan kelgan barcha axborotlar dasturiy ravishda deshifrlanadi, rekvizitlar
bo’yicha nazorat qilinadi va qayta ishlash uchun Bank amaliyot kuniga uzatiladi.
2. To’lov amalga oshirilgandan so’ng elektron to’lov hujjatlari reestr ko’rinishida chop etiladi va Bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikiladi.
3. O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2013 yil 21 noyabrda 2528 - son bilan ro’yxatga olingan “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat Qoidalari”ga muvofiq Bankning mas`ul hodimi qo’shimcha tekshirilishi lozim bo’lgan elektron to’lov hujjatlarini chop etishi va ularni Bankning tegishli bo’limlari bilan kelishishi mumkin.
4. Mijozning hisobvarag’ida to’lov uchun mablag’lar etarli yoki mavjud bo’lmasa, agar Bank hisobvarag’i bo’yicha SHartnomada boshqa tartib ko’zda tutilmagan bo’lsa, Mijoz tomonidan tizim orqali Bankka yuborilgan elektron to’lov topshiriqnomasi qayta ishlash uchun Bank amaliyot kuniga qabul qilinmaydi va bu haqda Mijozga xabar beriladi.
5. Mijozlardan olingan barcha axborot Bankda har kuni arxivlanadi va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 2 iyunda 1685-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnoma talablariga muvofiq saqlanadi.
Xalq banki missiyasi – bank faoliyatining mazmuni va ma'nosini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarishdagi, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o'sishini ta'minlashdagi o'rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Korporativ etika kodeksi

Mazkur Korporativ etika kodeksining maqsadi Bank, uning mintaqaviy bo’linmalari va muassasalarining foyda ko’rish darajasini, moliyaviy barqarorligi va unumdorligini oshirishga qaratilgan Xalq bankining faoliyat standartlarini belgilash hisoblanadi.


Kodeks xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlari, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, ish muomalasi odatlari asosida ishlab chiqilgan. Kodeks rahbarlar va xodimlar o’zaro muomalasining asosiy qoidalari, Bank xodimlarining o’zini tutishi, ularga qo’yiladigan talablarni o’z ichiga oladi.
Mazkur Qoidalar Bankning muvaffaqiyatli biznes yuritishga imkon beruvchi etika, qonuniylik tamoyillariga sodiqligini tasdiqlovchi Korporativ standartlarning majmuidir.

Kasbiy mahorat


Bank mijozlarga va hamkorlarga xodimlarning malakali bo’lishini kafolatlaydi. Bank xodimlar kasbiy mahoratning eng yuqori bosqichiga intilishini qo’llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi.

Innovatsion yondashuv


Bank yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratadi, ishida ijodiy yondashuvlarga amal qiladi, ijobiy o’zgarishlarga xayrixoh va doimo ular uchun ochiq bo’ladi.
Guruh ruhi
Guruh – bu umumiy maqsad bo’lib, har bir xodimning ushbu maqsadga erishishga qo’shgan betakror hissasi va kasbiy mahoratidir. Bank xodimni umumiy maqsadga erishishga qo’shgan hissasi uchun qadrlaydi.

Ishonchlilik


Bank faoliyatining zamirida vijdoniylik, halollik, mas’uliyat yotadi.

Xodimlarni rivojlantirish


Xodimlar – Bankning boyligi, uning bozor aktividir. Bank xodimlarning o’z salohiyatini ro’yobga chiqarishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

Sifat


Taqdim etiladigan xizmatlar sifatining kafolati – Bank ishining uslubidir.
Mijozlar bilan o’zaro munosabatlar: Bank Mijozlarga xizmat ko’rsatishning yuksak standartlariga intiladi, har bir Mijozning manfaatlarini himoya qiladi. Bank Mijozlar bilan uzoq muddatli va o’zaro foydali hamkorlikka intiladi. Bank doimo o’z xizmatlarini yangilab boradi, shuningdek, yangi bank mahsulotlarini ishlab chiqadi va taklif etadi. Mijozlar bilan o’z munosabatlarida Bank ochiqlik va o’zaro ishonch tamoyillariga tayanadi.
Bank xodimlari Mijozlar va ish hamkorlarining operatsiyalari, hisobraqamlari va omonatlari to’g’risidagi axborotlarni, shuningdek, Mijozning, ish hamkorining ish obro’siga, boshqa moddiy yoki nomoddiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan boshqa axborotlarni, agar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha ko’zda tutilmagan bo’lsa, sir saqlaydi.
Bank xodimlari Mijozlarga, ish hamkorlariga yashirin imtiyozlar va afzalliklarni yaratib bermaydi.
Ta’sischilar bilan o’zaro munosabatlar: Bank ochiq-oshkor siyosatni amalga oshiradi va korporativ boshqaruv tamoyillariga qat’iy amal qiladi. Chunonchi, Ta’sischilarning manfaatlariga so’zsiz rioya qiladi, o’z vaqtida axborotni oshkor etadi, hisob va hisobot sifatini yaxshilash asosida axborotning ko’rgazmaliligi va foydalanish osonligini yuksaltiradi.
Xodimlar bilan o’zaro munosabatlar: Bank xodimlari Bankning muvaffaqiyatli faoliyatining asosidir. Bank o’z xodimlarini qadrlaydi, har bir xodimga o’z salohiyatini to’liq ro’yobga chiqarishga imkon beradi. Bank yoshi, irqi, jinsi, e’tiqodi yoki millatidan qat’iy nazar, xodimlarni jalb qiladi va eng yaxshi xodimlarni olg’a surib, ularni erishgan yutuqlari uchun taqdirlaydi. Bank shaxsni va inson qadr-qimmatini hurmat qiladi. Bank xodimlari Bankning ish obro’siga, boshqa nomoddiy yoki moddiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan vaziyatlarning yuzaga kelishga yo’l qo’ymaydi.
Raqobatchilar bilan o’zaro munosabatlar: Raqobatchilar bilan o’zaro munosabatlar odob doirasida barpo etiladi. Bank uchun yagona maqbul raqobat shakli taqdim etiladigan xizmatlarning sifati, ishonchliligi va servis darajasi borasida xolisona bozor afzalliklarini yaratish hisoblanadi.
Davlat organlari bilan o’zaro munosabatlar: Bank moliyaviy-sanoat guruhlari, siyosiy partiyalar va birlashmalarga nisbatan neytralitet tamoyillariga amal qiladi hamda o’z faoliyatini Mijozlar va ta’sischilar manfaatlari bo'yicha amalga oshiradi. Bank xodimlari davlat organlari bilan ishlarini shaxsiy manfaatdorliksiz, ma’muriy qarorlarni qabul qilishga ta’sir o’tkazishning noqonuniy usullaridan foydalanmay yuritishi lozim.
Bizning mijozlarimiz – aholi va xo'jalik yurituvchi subyektlar, ularning faoliyati, maqsadlari va intilishlari, farovonligi – Xalq banki aynan shuning uchun faoliyat yuritadi.
Xalq Banki ATB quyidagi talablarga javob berishga intiladi:
- taqdim etiladigan, eng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko'lami va hajmlarini kengaytirish yo'li bilan, shuningdek, ulardan butun yurtimiz bo'ylab foydalanish imkoniyatini ta'minlash orqali davlatning yetakchi universal banki bo'lish;
- xodimlar faoliyati uyg'unligini ta'minlash va ularning shaxsiy va kasbiy intilishlarini ro'yobga chiqarish yo'li bilan davlatimizning eng yaxshi va talabgor ish beruvchilaridan biri bo'lish.
1999 - yildan boshlab bank Germaniyaning Jamg’arma kassalari Fondi bilan xalqaro hamkorlik yo’nalishi bo’yicha hamkorlik qiladi.
2002 – yildan boshlab Xalq banki Butunjahon Jamg’arma banklari institutining a’zosi.
Xalq banki — SWIFT a’zosi. Germaniya (Commerzbank), AQSh (JP MorganChasebank), Rossiya (Russlav bank) va turli davlatlardagi boshqa ko’pgina banklar bilan vakillik munosabatlari o’rnatilgan.
Xalq bankining filiallarida WesternUnion, Contact, Unistream, "Золотая Корона" orqali xalqaro to’lovlarni amalga oshirish mumkin



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling