Hisobot 2023 Kirish Reja : Xalq Banki atbning tashkil topishi va faoliyati. Xalq Banki atbning tashkiliy tuzilmasi
Bank tasarrufidagi tashkilotlar -
Download 1.85 Mb.
|
Hisobot Xalq Banki (Navrozbek)1
Bank tasarrufidagi tashkilotlar -,,Xalq sug’urta ‘’ Masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi sugʼurta kompaniyasi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashining 2011 yil 24 martdagi 25-sonli Qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari asosida, Oʼzbekiston Respublikasining qonunchiligi boʼyicha yuridik shaxs hisoblangan Davlat-tijorat Xalq banki taʼsischiligida 2011 yil 29 apreldagi 1-sonli umumiy yigʼilish qaroriga binoan tashkil etildi. Kompaniya ishtirokchisi Oʼzbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat Xalq bankidir. 2011- yilning 16- may kuni, yuridik shaxs sifatida Аdliya Vazirligida roʼyxatga olingan. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bergan Litsenziyasiga muvofiq, umumiy sugʼurta sohasida 17 ta klass asosida ixtiyoriy va majburiy sugʼurtaning 50 dan ortiq turlari boʼyicha oʼz faoliyatini amalga oshirmoqda. Milliy sug‘urta bozorida qayta sug‘urtalash himoya portfеlining ancha samarali tizimiga hamda O‘zbеkiston bo‘ylab mintaqaviy tuzilmalarning kеng tarmoqlariga ega bo‘lgan ,, Xalq Sug’urta MCHJSK’’ juda boy sug‘urta faoliyati tarixiga xamda, xodimlarning yuqori darajali kasbiy mahoratiga tayanib, o‘tgan yillar davomida erishgan yuqori darajadagi ishonchlilik va moliyaviy barqarorlikni ushlab qolgan holda, sug‘urta faoliyati ko‘lamlarini muntazam ravishda kеngaytirib borishga muvaffaq bo‘lmoqda. Bizning mijozlarimiz qatoriga davlat kompaniyalari, xususiy kompaniyalar, elchixonalar, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, xorijiy va qo'shma korxonalar, jismoniy shaxslar kiradi. Bizning erishgan yutuqlarimiz yildan yilga soni ortib borayotgan mijozlarimizning bizga bo‘lgan ishonchi natijasidir. Bu esa o‘z navbatida, yuqori sifatli sug‘urta xizmatlari bo‘yicha qo‘shimcha kafolatni hamda yangi-yangi yo‘nalishlar rivojini ta’minlab bеradi. "XALQ SUG'URTA" MCHJ SKning asosiy maqsadi mijozlarning talab va istaklariga e'tibor xamda, professional yuqori sifatli sug'urta xizmatlarini taqdim etishdir. Barcha mavjud mijozlarimiz bilan samarali hamkorlik qilishimiz va integratsiyalashgan yondashuv, yuqori moslashuvchanlik va kelajakda turli xil sug'urta mahsulotlariga ega bo'lib, bo'lajak mijozlarimizning e'tiborini yanada jalb qilish biz uchun muhimdir. UZPAYNET kompaniyasi O'zbekistonda 2005-yildan buyon faoliyat ko'rsatmoqda. Ushbu davr mobaynida Biz mamlakatda 400 dan ortiq xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlarning xizmati uchun, shu jumladan, kommunal tashkilotlar xizmatiga ham 20 000 dan ortiq to'lov shoxobchalarining har birida to'lovni amalga oshirish mumkin. Kompaniya erishilgan natijalar bo'yicha to'xtab qolmay, taqdim etilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish va xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar ko'lamini kengaytirish uchun doimiy harakat qilib kelmoqda. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling