Pedagogik amaliyot jarayonida talabalar tamonidan bajarailadigan ishlar
I-hafta
I.Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolledji ta’lim-tarbiya jarayonida kompleks o’rganish.
1.Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolledji rahbarlari, o’qituvchi, tarbiyachi, sinf rahbarlari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va boshqalar bilan suhbatda bo’lish;
2.Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolledji hujjatlari bilan tanishish;
3.Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolledji moddiy bazasi bilan tanishish;
4.O’quvchilar va sinf jamoasini o’rganish;
A) o’quvchilarning shaxsiy hujjatlari, tibbiy hujjatlar, kundalik daftarlari, sinf jurnallarini o’rganish;
B) o’quvchilar ijodiy ishlarini o’rganish;
C) o’ziga berkitilgan sinf yoki guruhdagi ayrim o’quvchi va sinf jamoasini kuzatish va o’rganish, o’qituvchi, tarbiyachilarning ish rejalari bilan tanishish;
D) o’quv jadvali bilan tanishish va pedagogik amaliyot o’tish bilan o’ziga kerakli rejalarini tuzish va ularni tasdiqlash;
II. Ta’lim jarayoni bilan bog’liq bo’lgan ishlar.
1.Fan o’qituvchilarning ish rejasi, xonalari, fakultativ mashg’ulotlar va fanlar bo’yicha ish rejalari bilan tanishish, uni ko’chirib olish;
2.Mutaxassislik bo’yicha o’quvchilar darsiga va fakultativ mashg’ulotlarga kirish, ilg’or pedagogik ish tajribasini o’rganish;
3.Zarur bo’lgan ilmiy, uslubiy, pedagogik adabiyotlarni fanlar bo’yicha o’quv dasturlarini qo’llanmalarni o’rganish;
4.O’quv fanlar bo’yicha mavzu rejalarini dars berish jadvalini ishlab chiqish;
5.Birinchi darsning, tarbiyaviy tadbirning konspekti, didaktik materiallar, ko’rgazmali qurollarni tayyorlash;
III.O’quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar.
1.Sinf yoki guruh rahbari kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilarning ish rejalarini o’rganish;
2.O’ziga bekitilgan sinfdagi tarbiyaviy tadbirlarni tayyorlash, sinf soatlarida ishtirok etish, uni o’tkazishda qatnashish;
3.Pedagogik amaliyot jarayonida bajariladigan ishlarning rejasini ishlab chiqish;
Do'stlaringiz bilan baham: |