Pedagogik amaliyot
Pedagogika Oliy o’quv yurti talabalarini o’qituvchilik kasbiga muvaffaqiyatli tayyorlashda yakunlovchi qism pedagogik amaliyot hisoblanadi. U malum sharoitda, mazmuni va natijasiga ko’ra mutaxassislikning yuqori darajasi faoliyatiga qadar yaqin qilib o’tkazilishi lozim.
Pedagogik amaliyot davrida amaliyotni-talaba:
-talim va tarbiyaning uzviyligi hamda qonunyatlarini to’la anglash;
-o’qituvchilik faoliyatidagi ko’nikma va malakalarini egallash;
-amaliy faoliyat tajribasini ajratish;
-o’qituvchilik madaniyatini, maxoratini egallash;
-mutaxassislik fanlarini o’qitishda ilg’or pedagogik tajribaga asoslangan zamon talabiga mos darajada dars berishga erishish;
-talabalarning bitiruv malakaviy va boshqa maqsadli ishlar uchun ilmiy-tadqiqot va eksperimentlaro’tkaza olishini o’rganish;
-ilmiy ishlarni mustaqil bajara olishda mushoxada, hulosa yurita olishga erishishi talab qilinadi;
Pedagogik amaliyot davrida quyidagi malakaga ega bo’lishi lozim:
-o’quv-tarbiyaviy masalalarni mustaqil, aniq belgilay olishi;
-o’quvchilar shaxsiga to’g’iri tashxis qo’ya olishi;
-pedagogik amaliyot natijasida shu davrga istiqboldagi ishlarni ko’ra bilishi va rejalashtira olishi;
-zamon talablariga mos metodlar qo’llay olishi;
-sifatli va mazmunli dars berish ko’nikmasiga erishish;
Pedagogik amaliyotni o’tishda va tashkil qilishda quyidagi tamoyillarga amal qilishi lozim:
-amaliyotning asosiy mazmuni, maqsadi, vazifalari bugungi kun o’qituvchisiga qo’yilgan talabning hayot bilan bog’likligi;
-maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining talablariga, qoidalariga mos kelishi;
-tajribali o’qituvchilar va tarbiyachilarning faoliyatlariga asoslangan;
-boshlang’ich va yakuniy amaliyotning uzviyligi;
-talim va tarbiyaning mushtarakligi;
-mutaxassislik fanlari, nazariy bilimlar va o’quv-tarbiyaviy faoliyatning birligi;
-fanlar aro aloqa, ijtimoiy-siyosiy, pedagogik-psixologik va maxsus fanlarning talabalar faoliyati bilan uzviy bog’likligi;
- maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va Oliy ta’lim o’rtasidagi uzviylikka asoslangan;
-talabalarning o’z-o’zini boshqaruvi;
Do'stlaringiz bilan baham: |