Hisobotlarni tuzish va taqdim etish


Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning


Download 140.03 Kb.
bet26/36
Sana13.12.2022
Hajmi140.03 Kb.
#1000019
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
8. Moliyaviy hisobot

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Olingan va to‘langan foizlar» (110-satr) moddasida «kirim» ustunida olingan foizlar summasi, «Chiqim» ustunida esa to‘langan foizlar summasi aks ettiriladi .
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Olingan va to‘langan dividendlar» (120-satr) moddasida «kirim» ustunida olingan dividendlar summalari aks ettiriladi , «Chiqim» ustunida esa to‘langan dividendlar summalari aks ettiriladi.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Aksiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlari» (130-satr) moddasida hisobot yilida chiqarilgan (sotilgan) aksiyalar yoki xususiy kapital bilan bog‘liq boshqa dastaklar uchun aksiyadorlardan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Xususiy aksiyalarni sotib olganda va ularni sotganda pul to‘lovlari va tushumlari» (140-satr) moddasida sotib olingan xususiy aksiyalarni sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari summalari, shuningdek korxonada bo‘lgan xususiy aksiyalar, hissalar va paylar uchun, ularni keyingi sotish yoki yo‘q qilish (bekor qilish) maqsadida, egalariga to‘langan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi .
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari» (150-satr) moddasida «Kirim» ustunida hisobot davrida kelib tushgan kreditlar va qarzlar summasi, «Chiqim» ustunida esa - kreditlar va qarzlar bo‘yicha to‘lovlar aks ettiriladi .
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Moliyaviy ijara bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari» (160-satr) moddasida «Chiqim» ustunida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to‘langan pul mablag‘lari summasi, «Kirim» ustunida esa - ijarachidan (lizing oluvchidan) kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi .
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning «Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari» (170-satr) moddasida «Chiqim» ustunida boshqa moliyaviy faoliyatning to‘langan pul mablag‘lari summasi. «Kirim» ustunida esa - olingan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.

Download 140.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling