Hisobotlarni tuzish va taqdim etish


Uzoq muddatli majburiyatlar


Download 140.03 Kb.
bet16/36
Sana13.12.2022
Hajmi140.03 Kb.
#1000019
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
8. Moliyaviy hisobot

Uzoq muddatli majburiyatlar - bu keyingi biznes sikli yoki keyingi hisobot yili (qaysi biri uzunroq bo‘lsa) davomida joriy aktivlarni to‘lash uchun ishlatilishini talab kilmaydigan majbu-riyatlardir. Uzoq muddatli majburiyatlar berilgan majburiyat-larning kelib chiqishiga olib kelgan aktivlar yoki ko‘rilgan xizmat-larning qiymatlari bo‘yicha tan olinadi. Uzoq muddatli majbu-riyatlar o‘z ichiga davr xarajatlari, deb aks ettirilgan foizni oladi. Uzoq muddatli majburiyatlarga misol qilib, to‘lanadigan obli-gatsiyalar, to‘lanadigan uzoq muddatli veksellar, nafaqalar, muddati uzaytirilgan uzoq muddatli daromadlar (mijozlardan uzoq mud-datli to‘lovlar) va uzoq muddatli ijara majburiyatlarini kel-tirish mumkin.
Balans passivining “Majburiyatlar” bo‘limidagi «Uzoq muddatli majburiyatlar, jami» (490-satr) moddasida 500, 520, 530, 540, 550, 560, 570, 580, 590-satrlarda ko‘rsatilgan korxonaning uzoq muddatli (qoplash muddati bir yildan ortiq bo‘lgan) majburiyatlari ko‘rsatiladi. 491-satrda ma’lumot uchun 500, 520, 540, 560, 590-satrlarda ko‘rsatilgan korxonaning uzoq muddatli kreditorlik qarzlari summasi ko‘rsatiladi.
Balans passivining “Majburiyatlar” bo‘limidagi «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarz» (500-satr) moddasida 7010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisoblar» va 7020 «Berilgan veksellar» hisoblarida yuritiladigan, olingan mol-mulk, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli majburiyatlar summasi ko‘rsatiladi.
Balans passivining “Majburiyatlar” bo‘limidagi «Ajratilgan bo‘linmalarga uzoq muddatli qarz» (510-satr) ) moddasida 7110 «Ajratilgan bo‘linmalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarz» schyotida yuritiladigan ajratilgan bo‘linmalar (filiallar, vakolatxonalar)ga uzoq muddatli majburiyatlar aks ettiriladi. Mazkur modda bo‘yicha axborotlar ma’lumot uchun keltiriladi.
Balans passivining “Majburiyatlar” bo‘limidagi «Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga uzoq muddatli qarz» (520-satr) ) moddasida 7120 «Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarz» schyotida yuritiladigan sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar (ichki idora hisob-kitoblari) aks ettiriladi.

Download 140.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling