Hissiy zo`riqish. Xotira


Download 0.49 Mb.
bet1/2
Sana10.12.2020
Hajmi0.49 Mb.
#163982
  1   2
Bog'liq
Hissiyotlarning turlari va biologik ahamiyati xotira, diqqat His


Aim.uz

Hissiyotlarning turlari va biologik ahamiyati xotira, diqqat Hissiyotning shakllanishida olimlarning fikrlari. Hissiy zo`riqish. ehtiyoji va uni qodirish i xotira, diqqat
Reja:

Hissiyotning turlari.

Hissiy zo`riqish.

Xotira.

Diqqat.

Tayanch atamalar:

Xotira – memory

Diqqat – attention

Tafakkur - thinking, thought

Ehtiyoj - need, necessity
Hissiyotlar tashqi va ichki ta`sirotlar natijasida shakllangan odam va hayvonlarning sub`ektiv xolati bo`lib, mamnunlik, qanoatlanish, qanoatlanmaslik, norazilik va boshqa xissiy tuyg`ularni namoyon bo`liщdir. Hissiyotlarning yuzaga chiqishi miya po`stlog`idagi ayrim nerv markazlarini qo`zgatishga bog`liq. Ba`zi nerv markazlarini ko`zgatish ijobiy. Boshqalari esa salbiy hissiyotlarni keltirib chiqarishi mumkin. Hissiyotlar ruhiy faoliyatga odamning kayfiyatiga ta`sir qiluvchi omil hisoblanadi. Hissiyotlar jamiyatning qonun-qoidalari, urf-odatlari insonlarning axloqiga bog`liq bo`ladi. Hissiyotlar odamni maqsadli harakat qilishida, ishchanlik qobilyatini ortishida yoki kamaytirshida muhim ahamiyatga ega.

Odamning oliy xisssiyotlari ma`naviy, estetik zakovatliy ehtiyojlar asosida shakllanadi. Maqsadga erisha olmaslik kungil to`lmasligi manfiy hissiyotlarni paydo qiladi.

Ehtiyojni qondirish ijobiy hissiyotlarga sabab bo`ladi. U sub`ektiv mamnunlik, lazzatlanish, xursandchilikdan iborat.

Hissiyotlarni kelib chiqishi haqida bir necha nazariyalar mavjud. Ba`zi olimlarning fikricha ichki a`zolar va muskullar faoliyatishshg o`zgarishi hissiyotlarning yuzaga chiqishiga sabab bo`ladi

XX asrning yigirmanchi yillarida markaziy yoki talamik nazariya taklif qilinadi. Bu nazariyaga muvofiq hissiyotlarni yuzaga kelishida talamus va gipotalimusning faoliyatini o`zgarishi muhim hisoblanadi.

Hozir keng tarqalgan Peyps nazariyasini talamik nazariyaning rivoji desa bo`ladi. Peyps fikriga hisssiyotning shakllayanishida miyaning limbik tuzilmalari asosiy rol o`ynaydi. Gipokampda paydo bo`lgan hissiyot qo`zg`olishi mamillyar tanalarga tarqaladi, keyin talamus orqali belbog` pushtaga o`tadi va undan miya po`stlog`iga yetib keladi. Hissiyotlarni yuzaga chiqishida limbik sistema muhim rol o`ynaydi. Limbik sistema talamusning oldinga yadrolari va gipotallamus kiradi.

Hissiyotlar rivojlanishi ko`p jixatdan to`rsimon tuzilmaga va po`stloq osti yadrolariga (qora substantsiya) ham bog`liq. Katta yarim sharlar po`stlog`ining talamus bevosita bog`langan peshona sohalari hissiyotlari uchun katta ahamiyatga eta.

Hissiy zo`riqish
Hissiyotlar ichki ehtiyojlarning paydo bo`lishi yoki tashqi ta`sirotlar, jumladan xotiradaga ma`lumotlarni eslash uyg`otadi. Hissiyotlar odam kayfiyatini o`zgartirshdan tashqari, bir qator ko`rsatadi, qon bosimini ko`tariladi, gazlar modda va energiya almashinuvi jaddalashadi. Skelet muskullar faoliyati o`zgaradi. Oddiy sharoitda muskullar birin-ketin ishga tushirilsa, xis-hayajon vaqtida hammasi birdan faol holatga kelkshi mumkin. Muskullarda charchash jarayoni sekinlashadi. Bundan tashqarv, ta`sirotlarga sezgirlik ortadi. Demak, xis-hayajon qo`zg`olish organizmning foydalanilmagan imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi va maqsadga erishishni yengillashtiradi.

Bir tomondan ehtiyojning paydo bo`lishi, ikinchi tomondan bu ehtiyojni qondirish uchun zarur bo`lgan omil va imkoniyatlarning yetishmovchiligi hissiy zo`riqishga olib keladi. Maqsadga zrishish uchun zarur bo`lgan omillarni bilish, ko`nikmalar, tajriba, energiya va vaqt tashkil qiladi. Bu omillardan biriga organizm yetarli mikdorda ega bo`lmasa, zo`riqish holati rivojlanadi. ehtiyoj, maqsadnint ahamiyati qanchalik katta bo`lsa, zo`riqish darajasi shunchalik yuqori bo`ladi.

Zo`riqish ma`lum darajaga yetganda hissiyotni uyg`otadi. Uning 4 darajasi tafovut qilinadi. Zo`rikishning birinchi darajasi organizmning diqqat-z`tibori, ish qobilyati ortishi bilan ifodalanadi. Odam oldida to`rgan vazifa yangi bo`lsa, unta nisbatan qiziqish oritadi, ruhiy va jismoniy imkoniyatlarni ishga soladi. Bunday holat organizmni chiniqtiradi, ish qobilyatini oshiradi, foydali bo`ladi.

Ehtiyojni qondirish, maqsadga erishish uchun birinchi darajadaga zo`riqish holatida ishga solingan imkoniyatlar yetarli bo`lmasa, zo`riqishning ikkinchi darajasi rivojlanadi, manfiy ya`ni salbiy hissiyotlar paydo bo`ladi. Odam norozi bo`ladi, jaxli chiqadi. Ammo, u imkoniyatlarini iloji boricha ishga solib oldida to`rgan masalani yechishga harakat qiladi.

Agar qondirish zarur bo`lgan ehtiyoj omillarni organizm ega bo`lganidan ko`p miqdorda talab qilsa, organizm imkoniyatldari quyilgan masalani yechish uchun yetarli bo`lmasa, zo`riqishning uchunchi darajasi rivojlanadi. Maqsadiga erishishga ko`z yetmagan odam siqilib eziladi. Zo`riqishning bu darajasida organizm a`zolarining faoliyati keskin salbiylashadi. Aqliy va jismoniy imkoniyatlar, kamayadi, odam hech narsaga qo`l urgasi kelmaydi, zarar yetkazuvchi omillar qarshiligi susayadi. Bunday holatni o`zoq, davom etishi organizmga ziyon yetkazadi, turli kasallikllrni rivojlanishiga olib keladi.

Shu sababdan zo`riqishning uchunchi darajasini isteriya zo`riqish deydilar. Zo`riqishning uchunchi darajasini organizmning o`ziga xos himoya reaktsiyasi desa bo`ladi. imkoniyatlari yetarli emasligini bilgan organizm maqsadga erishidan voz kechadi. Ammo, maqsadning ahamiyati, unta erishish zaruriyati saqlanib qolsa, organizm mushkul ahvolga tushadi, endi zo`riqish to`rtinchi darajaga o`tadi. Bunda nevroz holati ruy berib ba`zi boshqaruv mexanizmlarining shikastlanishiga olib keladi.

Zo`riqish darajalarining biri ikkinchisiga osoyishta utishi shart emas, sharoitga qarab, birdan ikkinchi yoki uchunchi darajadaga zo`riqish holati yuzaga chiqishi mumkin. Nerv tizimi birinchi galda organizm yechish zarur bo`lgan masalaning ahamiyati va murakklbligini, bu masalani hal qilish uchun zarur omillar mikdorini va shu vaqtda organizmda mavjud bo`lgan omillar mikdorini belgilaydi.

Zarur miqdor bilan bor bo`lgan miqdorlar o`rtasidaga munosiblik kam bo`lsa, taraqqiy etgan zo`riqish darajasi shuncha yuqori bo`ladi. Zuriqishning 4 darajasi sof holda kam uchraydi. Ko`pgina oraliq darajalar ko`zatiladi. Masalan, ikkinchi va uchunchi darajalar ko`zgatiladi. Masalan, ikkinchi va uchunchi darajalar oraligidagi bo`lgan zo`riqish holatida organizmning aqliy imkoniyatlari pasayib ketgan bir vaqtda, uning energetik imkoniyatlari saqlanib qoladi, ortib ketishi ham mumkin. Bunday aql-idrokni yo`qotgan, vahimaga tushgan odam bema`ni ishlarni qilib qo`yadi. Zuriqishning oraliq darajalari bir shaklda namoyon bo`lishi ham mumkin: Odamning aql-idroki o`zgarmaydi, o`z holatini va tevarak atrofdagi xavfni o`g`ri baholash qobilyati saqlanib qoladi, ammo energiya manbalari kamayib ketganidan o`zini xavf-xatardan saqlashga kuchi yetmaydi.

Ma`lum sharoitda rivojlangan zo`riqish darajasi past yoki yuqori bo`lishi odamning hayotiy tajribasiga ham bog`liq. O`xshash sharoitni boshdan kechirgan odam unga iztirob chekmaydi. Qiyinchiliklarni yengishga o`rganilgan, tajribasiz, kuchsiz- odamlardan zo`riqish juda kuchli bo`ladi. Odam zuriqishga ishg`ol qilish uchun zarur bo`lgan omillarga - bilim, ko`nikmalar vaqt energiyaga yetarli miqdorda bo`lishiga harakat qilishi kerak.
Bunday tizimlar bolalar bilan ularning kelajagi bilan bevosita bog’liq 1,292 ta b britan bolaalri orasidagi tekshiruv natijasida yuqoridagi holat 22,42, 60, 120 oyda bolaning aqliy rivojlanishga ta’sir etishi isbotlandi. (Feinstein 2000). Faynshtein takidlashicha 22 oydan keying natijalar oilaviy ahvolga bog’liqdir. Boy oilalar farzandlari esa ota-onalar bilan munosabatnign etibornig kamligi tufayli ularning aqliy rivojlanishiga ta’siri kuzatiladi. 120 oylik tekshiruvlar ashuni ko’rsatdiki boy oilalar farzandlariga qaraganda kambag’al oilalar farzandlari kuchli hissiy natija ko’rsatdilar.

Xotira
Xotira-tirik organizmning muhim xususiyati. Xotira tufayli organizm tashqi ta`sirotlarni qabul qilib, olingan axboroti o`zida saqlaydi va kerak bo`lganda uni qayta tiklaydi ya`ni eslaydi. Xotira - markaziy nerv sistemasining asosiy vazifalaridan biri. Sistemaning asosiy vazifalaridan biri har lahzada organizm o`z utmishidan kelajakka qadam qo`yadi va uning hozirgi va kelajakdagi xatti-harkatlari boshdan kechirgan tajribasiga ko`p jihatdan bog`liq bo`ladi. Hayot davomida ortirilgan tajriba va bilimlarni xotira saqlanishini markaziy nerv sistemasidagi faoliyat o`zgarishlar ta`minlaydi. Ba`zi olimlar xotirada saqlanadigan axborotlar genetik axborot kabi DNK yordamida kodga solinadi degan fikrni aytadi. Lekin bu fikr xali tajribalarda tasdiqlanmadi. Olingan ma`lumotlar xotira mexanizmlarida RNK ma`lum ahamitga ega degan fikrga olib keladi. RNK sintezini tezlashtiradigan moddalar, masalan fenomin o`rganish jarayonnni tezlashtiradi. Hayvonlarni o`rganish jarayonida ularning miyasida RNK sintezlagashshni tezlashuvi kuzatilgan. Ayni vaqtda miyada kichik peptidlar soni ortadi. Bu peptidlar postsinapik membraning ion o`tkazuvchanligiga ta`sir qiladi. Xotira mexanizmi miya neyronlarining o`zaro bog`lanishlari takomillashishi ular o`rtasidagi sinapslar faoliyatining aktivlashishiga ham bog`liq.

Ma`lumotni esda saqlash vaqtida qarab bevosita xotira, qisqa va uzoq mudatli xotiralar tafovut qilinadi. Avtobus oynasidan ko`rib ketilayotgan narsalar 400-500 millisekund davomida esda turadi.

Agar yaqqol ko`zga tashlanadigan narsa bo`lmasa, ular darrov esdan chiqadi. Bu juda qisqa muddatli xotira. Qisqa mudatli xotirada axborot bir necha lahza saqlanadi. Masalan, tanishingizni telefon raqamini so`radingiz, ammo yozib olmadingiz. Siz bu raqamlarni tezda esdan chiqarasiz. Qisqa mudatli xotiradan ba`zi ma`lumotlar o`zoq vaqtli xotiraga o`tkaziladi.

Hozir sodir bo`lgan voqealarni eslash bilan uzoq o`tmishdagi voqealarni eslash o`rtasida juda katta farq bor. Birivchisi juda tez esga keladi, o`tmishdagi voqealarni eslash esa qiyin bo`lib, vaqt talab qiladi. Axborotlarni uzoq, vaqtli xotiraga o`tkazish murakkab, mashaqqatli jarayon. Qisqa mudatli xotiraning xajmi juda oz. Uzoq mudatli xotirada saqlanadigan axborot xajmi chegarasiz. Masalan qoida, matematik formulalarni yoki she`r yodlash, qur`on suralarini yod olish va x.q. Bo`lar hammasi o`zoq muddatli xotira tufayli esda saqlanadi. Har qaysi faoliyatning miya po`stlog`ida o`z «vakolatxovasi» ya`ni markazi bor. Axborotni saqlab krlish miyaning ma`lum sohasining emas, balki bir butun miyaning vazifasidir, lekin xotira markazlari ham bor. Masalan nutq markazlari.

Uzoq mudatli xotira mexanizimlari sinapslar o`tkazuvchanligiga bog`liq. O`rgatish jarayoni siiapslarda faol xolinoretseptor sonini oshirishda, po`stloq neyronlarining adetixolinga sezgirlitini oshiradi. Bu eslab qolishni yaxshilaydi. Atsetilxolinning antogonistlari xotirani shikastlab xotirani yuqolishiga olib keladi.

I.S. Beritashvili namoyon bo`lishiga qarab, obrazli shartli reflekslar hissiy va so`z-mantiq, xotiralarini ajratgan.

Diqqat
Odam va yuqori tabaqali hayavonlarniyag ayni paytda ahamiyatga molik narsa yoki hodisaga nisbatan bilim ortirish faoliyatini qaratyash diktat deyiladi. Diqqat bir vaqtning o`zida turli manballardan turli kanallar buylab kelayotgak va bir ikkichisiga halaqit berayotgan axboratlar ishidan hozirning o`zida kerakli bo`lganini ajratib olish imkonini beradi, Masalan yozilgan kitobdagi eng muhim tamovlariga, qonun-qoidalariga diqqat qaratish. Ajratish qobilyati diqqat tufayli hosil bo`ladi. Bir necha voqealarni ichidav eng muhimiga diqqatni qaratiladi.

Diqqatni asosli bitta kanaldan kelayotgan axboratga qaratsak boshqa tomonlardan kelayotgan axborotlar ahamiyatsiz bo`lib qoladi. Diqqatni bitta hodisaga qaratgan holda qolganlarini ham malum darajada nazorat qilib turish qobilyatini rivojlantirish juda muhim. Bunga axborotni saralash yo`li bilan erishish mumkin. Masalan retseptorlar axborotlarni saralashga ixtisoslashgan bo`lishi ma`lum. Diqqat jarayonida markaziy nerv sistema ikkinchi darajali axborot yo`llarini toraytiradi. Diqqatni hosil bo`lish mexanizmida markaziy nerv sistemadagi induktsiya, kontsentratsiya va dominanta kabi xususiyatlar muhim rol o`ynaydi. Shunday jarayonlar tufayli diqqat muhim axborotga qaratiladi. Diqqat bir necha sekund, bir necha minut davom etadi. Masalan, yuqori sinf o`quvchilarining aktiv diqqati 17 minut davom etadi. So`ng diqqat tarqalib boshqa xodisalarga e`tibor qaratadilar. Diqqat tufayli xunar o`rganilddi, fan o`zlashtiriladi, musiqa tinglanadi va x.k.

Odam xulq-atvoriniig har bir aktida neyronlar aloqalarining uch gruhi: 1) shartsiz reflektor aloqalar; 2) birinchi signal sistemasining vaqtincha aloqalari; 3) ikkinchi signal sistemasining vaqtincha aloqalari ishtirok etadi.

Odamning xulq-atvori ikkala signal sistemasi hamda po`stloq osti tuzilmalarining birgalishib ishlashi natijasi ekanligi ma`lum. Ikkinchi signal sistema, I.P. Pavlov so`zlari bilan aytganda, «odam xulq-atvorining oliy boshqaruvchisi» birinchi signal sistemasidan ustun bo`lib, uni biroz bosib turadi.

Birinchi signal sistema ikkinchi signal sistemani nazorat qilib turadi.

Ikkinchi signal sistemaning vujudga kelishi signal sistemani sifat jihatdan o`zgartiradi. Odamda birinchi signal sistemaning reaktsiyalari sotsial muxitga ham bog`liq. Agarda odamga shartli reflekslar yashab turgan sharitga muvofiq bo`lmasa, bu hol reaktsiyalarning qayta qurilishga sabab bo`ladi, vaqgincha aloqalar o`zgaradi, muayyan shartli reflekslar tormozlanadi. Ikkinchi signal sistemasining funktsiyalarida so`z ish bilan mustahkamlanish lozim. Ikkinchi signal sistemasining faoliyati miya yarim sharlar markazlari va po`stlaq ostidagi tuzilmalar bilan murakkab munosabatda bo`ladi.

Tashqi va ichki muhitdan kelayotgan turli ta’sirotlarning analiz va sintezi bir-biridan tubdan farq qiladigan ikkita signal tizimsiga: birinchi va ikkinchi signal tizimlariga bog’liq. Tashqi dunyoning signallarini idrok etish, sezish. ya’ni ko’rish. eshitish, hid bilish va boshqa retseptorlarning qo’zg’alish i bilan ro’y beradigan analiz va sintez birinchi signal tizimsini tashkil qiladi, bu signal tizimsi hayvonlar uchun ham, odamlar uchun ham umumiydir. Odamlarda oliy asab faoliyati misli koprilmagan darajada rivojlanganligi sababli birinchi signal tizimsi asosida ikkinchi signal tizim - nutq paydo bopIgan. Ana shu bilan odamlar hayvonlardan tubdan farq qiladi. Birinchi signal tizimsi bilan ikkinchi signal tizimsi bir qator xususiyatlari bilan tafovut qilinadi. Bular asosan quyidagilardir: Birinchi signal tizim yordamida konkret sharoitdagi narsalar to’g’ri sida axborot olinadi. Uning signali umumiylashmagan, konkretdir. Masalan. Ko’z narsalarni o’z holicha kopradi, quloq tovushni o’z holicha eshitadi, ikkinchi signal tizimsi avval koprilgan. eshitilgan narsalarni ham ifoda eta oladi. ularning obrazini gavdalantira oladi. Demak. u ongning mahsuli. Ikkinchi signal tizimsining mahsuli bopImish. so’z konkret boplmay, balki umumiylashgan, abstrakt holga kelgan signaldir. Buning mapnosi shuki, so’z aytilganda uni eshitgan odam so’z ning tovushiga eptibor bennaydi, balki mazmuniga, mohiyatiga eptibor beradi va o’sha so’z bilan ifoda qilingan obpekt to’g’ri sida tasavvurga ega bo’ladi. Masalan. Olov dey ilganda ham, alanga yoki o’t deyilganda ham odam yolg’iz bir narsani, ya’ni olovni tushunadi. Bu paytda signalning shakli, ya’ni so’z lar har xil, mazmun esa, bittadir. Ikkinchi signal tizimsi signal laming signali bo’lib, o’z navbatida birinchi signal tizimsi negizida paydo bopIgan. Chunki odamning so’z ni qabul qiluvchi maxsus retseptori yo’q. So’z ham boshqa tovushlarni idrok qiladigan quloq fonoretseptorlari orqali qabul qilinadi. Demak, odamlarda oily asab faoliyatining rivojlanishi natijasida, ong paydo bo’lib. birinchi signal tizimsining ham sifat tomonidan o’zgarishiga ham olib kelgan. Ikkinchi signal tizimsi shartli reflekslarni nihoyatda tez qabul qiladi va bu reflekslar juda uzoq saqlanib, turadi. Insonning bir gapni bir marta eshitgandan so’ng uni uzoq vaqt davomida yodda saqlab, qayta takrorlay olish qobili> atiga ega ekanligi fikrimizning isbotidir.



Odam o`zining shartsiz refleks faoliyatini ixtiyoriy ravishda tormozlay oladi. U o`z instinktlari va hayajonlarini tuxtatib tura oladi. Odam og`rituvchi ta`sirotlarga javob beruvchi himoyalanish reflekslarni, shuningdek ovqatlanish va jinsiy reflekslarini ixtiyoriy ravishda to`xtatib tura oladi. Po`stloq ostidagi yadrolar, miya stvolining yadrolari, retikulyar farmatsiya miya po`stlog`ining normal tonusini saqlab turadigan impulslarning manbalari hisoblanadi. Odamda ko`pincha buyumni tanib olish, maqsadga muvoffiq ish ko`rish va nutq funktsiyalari ko`proq bo`ziladi.

Agnoziyaning bir qancha shakllari ko`ruv, eshituv, tashkil turlari uchraydi.

Ko`ruv agnoziyasi buyumni tanimasiligi. Ko`ruv agnoziyasi bo`lgan odam buyumlarni ko`radi qoqilmasdan ularni aylanib o`tadi, amma tanimaydi. U buyumni tanimoq uchun paypaslab ko`rishi kerak.

Eshituv agnoziyasi buyumlarni chiqaradigan tovushidan tanimaslikda namoyon bo`ladi. Bemor tovushni eshitadi-yu, uni tovush chiqaruvchi muayyan jismga bog`lamaydi. Masalan, shaldirab tushayotgan suv tovushini tanimasiligi mumkin, lekin qo`l botarib suv tovushi ekanligani xis qiladi, eshituv agnoziyasi odamda miyaning chakka bo`lagi zararlanganda ko`zatiladi. Taktil agnoziyasi buyumning tegab turgani bemor xis qilgani xolda uni paypaslab tanimasligida namoyon bo`ladi. Taktil agnoziyasi chap yarim sharning yuqoridagi tepa bo`lagi zararlanganda ko`zatiladi,

Apraksiya iroda bilan muayyan harakat qilishning bo`zilishida namoyon bo`ladi. Masalan, apraksiya bemor gugurt chaka olmaydi, ko`lini qimirlatib salomlasha olmaydi, non kesaolmaydi. Apraksiyada ixtiyoriy hakrakat kamayadi.
Ikkinchi signal sistema va abstrakt tafakkur
Faqat odam yuqori darajada anglash, abstrakt fikrlash, so`zlash qobiliyatiga ega.

Odam oliy nerv faoliyatining taraqqiyoti natijasida voqelikning ikkinchi signal sistemasi vujudga kelgan. Ikkinchi sistemasida so`zlardan iborat bo`lib, nihoyatda bevosita signallar o`rnini bosmasdan balki predmetlarniig ayrim belgilarini farq qilishi va ularni umumlashtirish, ular o`rtasidagi bog`lanishlarni vujudga keltirish xususiyatiga ega.

Odam so`z yordamida tabiatning obe`ktiv qonuniyatlarini, insoning tarixini va jamiyat tajribasini aks ettiradi. So`zlar yordamida tushunchalar, qonunlar yetkaziladi. Tushuncha va qonunlar jamiyatning mehnat faoliyati jarayonida taraqqiy etadi. So`z yordamida bolalar va kattalar fikrlarini, xis-tuyg`ularini ifodalaydi. So`z odamga signal sifatida ta`sir etib turli reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Ikkinchi signal sistemasi fiziologik tabiati jihatdan yuqori tartibli va iz qoldiruvichi shartli reflekslardan iborat.

Bola atrofdagi narsalar va xodisalar bilan asta-sekin tanishib borar ekan, ayi vaqtda ularning nomlarini o`zlashtirib oladi.

Psixolog va fiziolog olimlarning tadqiqotlarining natijalariga ko`ra nutqning asosiy markazlari chap yarim sharlarda ekanligi aniqlangan. Miyaning o`ng yarim sharlarida nutqni tushunish markazlari bor.

Oxirgi 10 yilda yarim sharlarni sinchiklab o`rganish natijasida ularning anatomik tuzilishida ham assimetriya borligi aniqlandi.

Tekshirilgan miyalarning 65 foizida po`stloqning chakka sohasidagi Vernike sohasi bilan tutashgan qismi chap yarim sharlarda kattaroq bo`lib chiqdi. O`ng yarim sharlarda pyoshona va ensa bo`laqlar chap yarim sharlardan kengroq. Bu tafovutlar fiziologiyasiga ham bog`lik bo`lsa kerak.

Bosh miya yarim sharining ixtisoslashgan darajasi erkakdarda ayollarga nisbatan yuqori bo`ladi. Shuning uchun, chap yarim sharining shikastlanishi erkaklarda nutq va ikkinchi signal tizimiga bog`liq bo`lgan faoliyatlarda jiddiyroq o`zgarishlar keltirib chiqaradi.

1866 yilda farangistonlik shifokor Pol Broki chap yarim sharlarning chap bo`lagi shikastlangan bemorni ko`zatgan. Bu bemor gapirish qobiliyatini yuqotgan, ammo hamma singari yozgan, o`kigan, gaplarni tushungan.

Gorka sohasi yuz, til, jag`, xalqum muskullari, faoliyatini boshqaradi. Bu sohasi shikastlangan odam yaxshi gapira olmaydi, ammo tildan foydalanish qobiliyatini yo`qotmaydi. Nutqning bu tarzda bo`zilishi Brok aflziyasi deyiladi.

Shunday qilib, gapni tushinish va to`g`ri so`zlash uchun Brok va Vernike sohalari hamda ularni bog`lovchi yo`llar bekamu kust bo`lishi keraq Miya yarim sharlar po`slog`ida nutq-ko`rish, nutq-eshitish, so`zlarni ma`nosini anglash, ma`noli so`zlash, musiqa tinglash, og`zaki va yozma nutq nerv markazlari bo`lib, bo`larni 39,42 va h. zonalar deb nomlanadi. Nutq bo`zilishi afaziya deb ataladi. Uning bir necha turi bor. Harakat (motor) yoki pyoshona afaziyasi yoki Brok afaziyasi. Bunda bemor nutqni tushunishi mumkii, lekin bemor nutqi nixoyatda qiyinlashgan xolda bo`ladi yoki butunlay gapiraolmaydi. Ba`zi bemorlarda xat yozish bo`zilgan (Agrafiya) xatni ovoz chiqarib o`qiy ololmaydi, lekin bemor o`qigan narsasini tushunishi mumkin. Motor afaziya chap yarim sharning pastidagi pyoshona nuqtasi zararlanganda kelib chiqadi.

Nutq funktsiyasi bo`zilishining ikkinchi formasi - sensor yoki chakka afaziyasi deyiladi. Sensor afaziyali bemor nutqni tushunmaydi, ayrim so`zlarni eshitmaydi, sergap bo`ladi. Bunday bemor ko`picha so`zlarni bo`zib aytadi. Ba`zi bemorlarda amuziya musiqani tushunishni buzilishi uchraydi.

Afaziyaning maxsus turi- tepa amneziyasida bemor nima haqida gapirishni biladiyu, lekin zarur so`zani esiga tushira olmaydi. Afaziyaning bu turida chap tomondagi pastki tepa pushta zararlangan bo`ladi. Ba`zi bemorlarda sanay olmaslik - akalkuliya ham ko`zatiladi. Shuni aytish kerakki, bir sohaning shikastlanishi bir qancha faoliyatning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun psixik faoliyat bir butun faoliyati hisoblanadi.

Bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ini juda ko’p olimlar tekshirib, miya po’stlog’ida ta`sirni qabul qilib olish harakat va assotsiativ funktsiyadar bajarilishini aniqlaganlar. Hayvonlarda bosh miya po’stlog’i ayrim qismlarini olib tashlash va shartli reflekslar metodi bilan olingan ilmiy ma`lumotlar natijasida miya po’stlog’ida tashqi dunyodagi ta`sirlarni qabul qiluvchi va organizmdagi turli funktsiyalarning nerv markazlari joylashganligi isbotlangan. Miya po’stlog’ida nerv markazlari juda ko’p bo’lib, bular morfologik, fiziologik jihatdan bir-biridan farq qiladi.

Asosiy adabiyotlar



  1. Z.T.Rajamurodov, A.L.Rajabov “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. 2010 y.

  2. E.N.Nuriddinov “Odam fiziologiyasi” T.“Aloqachi” 2005 y.

  3. Almatov K.T., Allamuratov.SH.I. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. Universitet. 2004 y.

Qo’shimcha adabiyotlar:

. The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium



2. Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and Function” ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004

Mavzuga glossariy





Rolan

Egat nomi

Brain proyeksion

Proyeksion miya

Soni bilan orqa miyadagi markazlarni bog’lovchi nerv tolalari

association

assotsiatsion

Bitta yarim shar miya po’slog’idagi markazlarni bog’lovchi tola




kommissural

Ikkinchi yarim shardagi simmetrik markazlarni bog’lovchi nerv tolalari




steriotip

Doim bir xil bo’lgan sharoit




Stato-kinetik

Tik turganda muskullarni qisqarishi




lokomotor

harakat

orientation

orientirovka

chamalash




gomeostaz

Ichki muhitning bir xil saqlanishi

Components

komponent

Bir necha qism

specific

spetsifik

maxsus

Don/t specific

nospetsifik

Maxsus bo’lmagan

morphium.

morfin

Giyohvand modda

emotion

emotsiya

Lotincha hayajonlantiraman, ijtirobga solaman

memory

xotira

Inson o’zi amalga oshirgan, his qilgan, shuningdek idrok qilgan narsa va hodisalarni esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik esga tushirishi yoki unitishidan iborat bo’lgan jarayon

Sensor memory

Sensor xotira

Hislar ajoyib narsani qabul qiladi

short-term memory

Ishonch/qisqa muddatli xotira

Bir nech narsalarga e’tibor beriladi va muhrlanadi




Uzoq muddatli xotira

Ba’zi bir narsalar o’zgaradi yoki yo’qoladi

attention

diqqat

Odam ayni paytda ahamiyatga molik narsa yoki hodisaga nisbatan bilim ortirish faoliyati qaratish diqqat deyiladi

Plash

qopqoq




Sivisv

egat nomi










Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling