Хo’jalik hisobining mazmuni, vazifasi va axamiyati
Download 79.84 Kb.
|
«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi na
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobvaraqlar tizimi.
- Ikki yoqlama yozuv.
- Kalkulyatsiya.
Hujjatlashtirish. Bu korxona xo’jalik faoliyatini kuzatib borish, hisobga olinadigan xo’jalik operatsiyalarini nazorat qilish va aks ettirishning asosiy usulidir. Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobida muhim ahamiyatga ega bo’lib, har qanday sodir bo’lgan xo’jalik muomalasini hujjatlarda o’z vaqtida hamda to’g’ri aks ettirilishini taqozo etadi. Hujjatsiz buxgalteriya hisobida yozuvlar amalga oshirilmaydi. Hujjat yuridik asosga ega bo’lib, ular korxona faoliyatiga baho berishda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlaydi.
Baholash. Baholash xo’jalik mablag’lari, ularning tashkil topish manbalari va xo’jalik jarayonini pul o’lchovida ifodalash usulida namoyon bo’ladi. Bu usul buxgalteriya hisobida natura o’lchovidagi mulklarni qiymat o’lchoviga keltirish va bir xil o’lchovda aks ettirish hamda umumlashtirish uchun foydalaniladi. Ushbu usul yordamida mulklar umumlashtirilib, umumiy balans chiqarish imkoni mavjud bo’ladi. Hisobvaraqlar tizimi. Hisobvaraqlar tizimi hisob ob’ektlarini ularning iqtisodyi belgilariga qarab guruhlashtirishga asoslangan. Hisobot davri mobaynida xo’jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida turli-tuman muomalalar sodir bo’ladi. Ular hisobvaraqlar tizimidan foydalanib, xo’jalik muomalalarining ma’lum iqtisodiy mazmuniga qarab umumlashtiriladi. Hisobvaraqlar tizim buxgalteri hisobini ikki tomonli tizimda yuritiladigan aksiyadorlik jamiyatlari, korxonalar, xususiy firmalar uchun O’zbektsoon Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan yagona hujjat hisoblanadi. Ikki yoqlama yozuv. Bu korxonada sodir bo’lgan xo’jalik muomalasini hisbvaraqlar tizimida aks ettirish usulidir. Bu usulning muhim bir xususiyati shundan iboratki, har qanday xo’jalik muomalasiga tegishli bir summa buxgalteriya hisobida shu vaqtning o’zida kamida ikkita hisobvaraqda aks ettiriladi. Kalkulyatsiya. Bu korxona faoliyatini boshqarish jarayonida sarflangan xarajatlarni va ishlab chiqarilgan mahsulot, ish yoki xizmat birligining tannarxini aniqlash usulidir. Download 79.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling