Ho'jalik shartnomalari asosida mahsulot yetkazib berishning tahlili Reja: Kirish


Download 154.96 Kb.
bet1/2
Sana27.06.2023
Hajmi154.96 Kb.
#1656978
  1   2
Bog'liq
Xo’jalikshartnomalari asosida maxsulot yetkazib berushning tahli KM KM


Ho'jalik shartnomalari asosida mahsulot yetkazib berishning tahlili
Reja:
Kirish

  1. Xo’jalik shartnomalari tushunchasi va shartnoma munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari

  2. Xo’jalik shartnomalarini tuzish, o'zgartirish va bekor qilish

  3. Xo'jalik shartnomalarining turlari

  4. Shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishini tashkil etish. Xo'jalik shartnomalarini tuzish va bajarishni nazorat qilish

Xulosa
Foydalangan adabiyotlar


Kirish
Mavzuning dolzarbliligi Xo‘jalik shartnomasi taraflari qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘ladi.Xo‘jalik shartnomasi fuqarolik-huquqiy shartnoma hisoblanib, unga nisbatan Fuqarolik kodeksining bitimlar va shartnomalarga tegishli barcha normalari tatbiq qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1-moddasida fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, mulkning daxlsizligi bilan bir qatorda shartnoma erkinligi ham fuqarolik huquqining asosi sifatida belgilangan. Shartnoma erkinligining mohiyati va ma’nosi Kodeksning 354- moddasida ochib berilgan. Bu moddada barcha fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin deb e’tirof etilganlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish burchi Fuqarolik kodeksida, boshqa qonun yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Masalan, agar tegishli mahsulot turiga davlat buyutmasi berilgan bo‘lsa, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish shartnomasini tuzish majburiydir
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Xo‘jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi. Agar, taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lsa, xo‘jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi. Xo‘jalik shartnomasi shartnoma predmetini, yetkazib beriladigan tovarning miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni va boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak
Kurs ishining tuzulishi. Mazkur kurs ishi kirish qismi 5ta rejadan tashkil topgan,kurs ishi sungida talaba bildirgan xulasa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotdan iborat.

XO‘JALIK SHARTNOMALARI


Xo‘jalik shartnomalari tushunchasi. Shartnoma munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari. Xo‘jalik shartnomalarining subyektlari, ularning huquq va majburiyatlari. Xo‘jalik shartnomalari tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi. Xo‘jalik shartnomalarining turlari. Xo‘jalik shartnomalarining yuridik ekspertizasi. Xo‘jalik shartnomalarini buzganlik uchun javobgarlik. Xo‘jalik shartnomalari tushunchasi va shartnoma munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari Respublikamizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar, ma’muriy buyruqbozlik tuzumidan voz kechish ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni va birinchi navbatda, ishlab chiqarish-xo‘jalik aloqalari o‘rnatishning bozor munosabatlariga mos shakl va uslublarini yaratishni taqozo qiladi.
Bozor munosabatlari sharoitida esa, shartnomalar barcha mulk shaklidagi korxonalar, shuningdek, tadbirkorlar hamda boshqaruv organlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘rnatuvchi asosiy huquqiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. Bu haqda 2001-yil 16-fevralda Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda I.Karimov «bozor munosabatlarini shartnoma majburiyatlarisiz tasavvur qilib bo‘lmasligini yodda tutish lozim», deb uqtirdi.1 Shartnomalarning yetakchilik roli va iqtisodiy munosabatlarni o‘rnatishning yangi tamoyillari huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, mulk, kooperatsiya, ijara, tadbirkorlik, dehqon, fermer, shirkat xo‘jaliklari; aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish; banklar va bank faoliyati, chet el investitsiyalari va chet ellik investorlarning kafolatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviyhuquqiy bazasi to‘g‘risidagi va boshqa qonunlarda belgilab qo‘yilgan. Shartnoma deb, ikki yoki bir necha (jismoniy yoki yuridik) shaxsning huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvga aytiladi. Shartnoma taraflarning bitimi (kelishuvi) sifatida quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: a) taraflar xohishining erkin ifodalanishi; b) uning mazmunini tashkil etuvchi barcha muhim shartlar bo‘yicha taraflarning kelishganligi; d) taraflarning o‘z majburiyatlari bo‘yicha harakatlarini (qoida tariqasida) haq evaziga bajarishi; e) shartnoma munosabatlarida taraflarning tengligi; f) shartnomani ijro qilishning yuridik kafolati; g) shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Xo‘jalik shartnomasi deb, taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi. Yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar xo‘jalik shartnomalarining subyekt (taraf)lari bo‘ladi.
Xo‘jalik shartnomasi taraflari belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega: xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish; xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini so‘rash va olish, mutaxassislar bilan maslahatlashish; davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bilan murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan asoslantirilgan yozma javoblar olish; boshqa tarafning iqtisodiy ahvoli, nufuzi va ishchanlik jihatlari xususidagi ma’lumotlarni to‘plash; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniymanfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari va usullarini qo‘llash.
Xo‘jalik shartnomasining taraflari qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Xo‘jalik shartnomasi taraflari: xo‘jalik shartnomalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishlari; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik shartnomalarining o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlash; tuzilgan xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha zimmalariga olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart. Xo‘jalik shartnomasi taraflari qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘ladi.Xo‘jalik shartnomasi fuqarolik-huquqiy shartnoma hisoblanib, unga nisbatan Fuqarolik kodeksining bitimlar va shartnomalarga tegishli barcha normalari tatbiq qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1-moddasida fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, mulkning daxlsizligi bilan bir qatorda shartnoma erkinligi ham fuqarolik huquqining asosi sifatida belgilangan. Shartnoma erkinligining mohiyati va ma’nosi Kodeksning 354- moddasida ochib berilgan. Bu moddada barcha fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin deb e’tirof etilganlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish burchi Fuqarolik kodeksida, boshqa qonun yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Masalan, agar tegishli mahsulot turiga davlat buyutmasi berilgan bo‘lsa, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish shartnomasini tuzish majburiydir.
Taraflarni qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomalarni, shuningdek, turli shartnomalarning elementlarini o‘z ichiga oladigan aralash shartnomani ham tuzishlari mumkin. Tegishli shartning mazmuni qonun hujjatlari imperativ normalarida ko‘rsatib qo‘yilgan hollardan tashqari shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi. Misol uchun, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomasida boshqa shartlar bilan bir qatorda, xo‘jalikka belgilangan foizdan kam bo‘lmagan miqdorda avans to‘lash nazarda tutilishi lozim. Shunday qilib, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar shartnoma tuzishda erkindirlar, ya’ni ular nima haqda, kim bilan shartnoma tuzishni tanlashlari, majburiyatlarni, o‘zaro xo‘jalik munosabatlarining amaldagi qonunlarga zid bo‘lmagan boshqa har qanday shartlarini mustaqil aniqlashlari mumkin. Demak, xo‘jalik shartnomasi: taraflar o‘rtasidagi majburiyatlarni kelib chiqishining asosi hisoblanadi; xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy faoliyatini rejalashtirishga asos bo‘ladi; taraflar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarning huquqiy shakli hisoblanadi.

Download 154.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling