Hojimurod Toshpulatov 1 eritma dispers sistemalar. Eritmalar. Hojimurod Toshpulatov


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/37
Sana30.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1735348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
9-Dars. Dispers sistema. Eritma. Eruvchanlik.sharqkimyo unlocked

Hojimurod Toshpulatov 

Dispers faza zarrachalar
ining o’lchamiga qarab, dispers sistemalar uch xil bo‘ladi: 
1) Dag’al dispers sistemalar : 100 nm < 
2) Kolloid dispers sistemalar : 1 nm ÷ 100 nm 
3) Chin dispers sistemalar : 1 nm >

1. Dag’al dispers sistemalar. Bunday dispers sistemalarda dispers faza zarrachalarining 
o’lchami 100 nm dan katta bo’ladi. Ular suspenziya, kukun, aerozol, ko’pik va emulsiyaga 
holida bo’ladi. Suspenziyada suyuqlik ichida qattiq moddalar tarqalgan bo’ladi. Masalan, loyqa 
suv. Emulsiyada esa suyuqlik ichida boshqa bir suyuqlik zarrachalari ta
rqalgan bo’ladi. 
Masalan, sut va bo’yoqlar. Aerozollarda dispers muhit gaz, dispers faza qattiq yoki suyuq 
bo’ladi. Masalan, tutun(faza qattiq) , tuman( faza suyuq). Dag’al dispers sistemalar – tiniqmas, 
filtrl
anganda qog‘oz filtrdan va pergamentdan o‘tmaydigan, beqaror, geterogen, yorug‘likni 
qaytarish va sindirish ham
da o‘zgartirish xususiyatlariga ega. 
2. Kolloid(nozik) dispers sistemalar.  Bunday dispers sistemalarda dispers faza 
zarrachalarini
ng o’lchami 1 nm dan 100 nm gacha bo’ladi. Ular zollar ham deyiladi. 
Ayrim sharoitlarda kolloid 
dispers sistemalar suyuq holatdan qattiq holatga o‘tib, gellar 
hosil qiladi. Shu bilan birga, kolloid dispers sistemada faza zarrachalari bilan muhit 
molekulalari oras
ida ma’lum bog‘lanish va ta’sir kuchi bo‘ladi.
Agar faza zarrachalari atrofida muhit molekulalari
kam miqdorda bog‘langan bo‘lsa, bunday 
sistemalar liofob kolloidlar deb ataladi. Lio
—so‘zi grekcha bo‘lib, eritma ma’nosini bildiradi.
Masalan, oltin, kumush xlorid, temir zollari. 
Faza zarrachalari atrofida muh
it molekulalari ko‘p to‘plansa, bunday sistema liofil sistema deb 
ataladi. Fil
— grekcha philia so‘zidan olingan bo‘lib, yaxshi ko‘rish ma’nosini 
bildiradi. 
Masalan, kraxmal, oqsil, o‘rik yelimi. 
Kolloid dispers sistemalar
– tiniq (tovlanadigan), filtr qog‘ozdan o‘tadigan, o‘simlik va 
hayvon membranalaridan va pergament qog
‘ozdan o‘tmaydigan, geterogen, yorug‘lik 
o‘tganda Tindal konusini hosil qiladigan, nisbatan barqaror va vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi

Ul
аrgа qog’oz yelimi, oqsil, kumush yodid, temir (III) gidroksid, mishyak (III) sulfid zollаri 
misol bo’lаdi. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling