Hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatini kpi asosida baholash


«texnologik zanjir»ning yangicha ta’sirchan tizimini joriy etish


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana14.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1356662
1   2
Bog'liq
Adhamov Abdumannon Mubin o‘g‘li

«texnologik zanjir»ning yangicha ta’sirchan tizimini joriy etish;
mas’uliyatsiz o‘rinbosarlariga nisbatan shaxsiy talabchanlik o‘rniga 
liberal munosabat shakllanib borayotganligi kabi salbiy holatning oldini 
olish, ularning funksional vazifalarini o‘z vaqtida hamda samarali 
bajarishga nisbatan shaxsiy mas’uliyatsizligining har qanday ko‘rinishi 
va holatlariga butunlay barham berish.
Bundan tashqari, hokimlar o‘rinbosarlari o‘zlari mas’ul bo‘lgan yo‘nalishlar 
bo‘yicha tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini 
baholashning reyting ko‘rsatkichlari natijalari uchun shaxsan javobgar ekanliklari 
belgilab qo‘yildi. Qaror bilan hokimlarning o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim 
samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash tartibi joriy etilmoqda.


286 
Vazirlar Mahkamasiga bir hafta muddatda mahalliy hokimliklar rahbarlari 
o‘rinbosarlarining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, 
vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘z 
ichiga olgan namunaviy nizomlarni tasdiqlash topshirildi.
Hokim o‘rinbosarlari samaradorlik ko‘rsatkichlari ijrosi bo‘yicha har oy 
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan tele va radio kanallar orqali axborot 
beradi.
Ularning faoliyati har chorak yakuni bo‘yicha mahalliy vakillik hokimiyati 
organlari yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi hamda baholanadi. Bunda, 
mahalliy hokimliklar rahbarlari o‘rinbosarlari tomonidan samaradorlik 
ko‘rsatkichlari ijrosi 70 foizdan kam ta’minlanganda — «qoniqarsiz», 71 foizdan 90 
foizgacha — «qoniqarli», 91 foizdan 99 foizgacha — «yaxshi» hamda 100 foiz va 
undan yuqori bo‘lganda «a’lo» deb baholanadi. Har chorak yakuni bo‘yicha 
mahalliy hokimliklar rahbarlari tomonidan baholash natijalari tegishli tahliliy 
materiallar bilan birga Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. So‘ngra bosh vazirning 
birinchi o‘rinbosari (Ochilboy Ramatov) bosh vazir o‘rinbosarlari va 
maslahatchilari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul tarkibiy 
bo‘linmalari bilan birgalikda taqdim etilgan tahliliy materiallarni tegishli rahbarlar 
va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilgan holda har bir 
rahbar o‘rinbosari faoliyatiga berilgan shaxsiy bahoni muhokama qiladi, ularni 
rag‘batlantiradi 
yoki 
o‘ziga 
biriktirilgan 
yo‘nalishlarda 
samaradorlik 
ko‘rsatkichlariga 
erishishda 
mas’uliyatsizlikka 
yo‘l 
qo‘ygan 
rahbar 
o‘rinbosarlarining lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqadi hamda bu 
to‘g‘risida aniq takliflar bilan birga bosh vazirga hisobot beradi.
Shundan so‘ng mahalliy hokimliklar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari 
ishtirokida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi o‘tkaziladi hamda mahalliy 


287 
hokimliklar rahbarlari o‘rinbosarlari rag‘batlantiriladi yoki ularga nisbatan 
intizomiy ta’sir choralari ko‘riladi.
Hokimlar o‘rinbosarlari faoliyatini samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida 
baholash tizimi 2021 yil yakuniga qadar eksperiment tariqasida amalga oshiriladi. 
Vazirlar Mahkamasi eksperiment yakunlariga ko‘ra 2022 yil 1 fevralga qadar 
mahalliy hokimliklar rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatini samaradorlik 
ko‘rsatkichlari asosida baholashni tashkil etishda yuzaga kelgan muammolar va 
mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, mazkur tizim samaradorligini 
oshirish maqsadida uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi lozim.
Xulosa qilib aytishimiz joiz-ki, KPI metodikasini qo’llash asosida rahbarlar va 
xodimlar faoliyatini samaradorligini yanada aniqlash, 
ularni tahlil qilish hamda oshirish yo’llarini qidirishga erishiladi, shuningdek, 
duch kelayotgan muammolarga tezda yechim topishni ham o’z ichiga olgan!
REFERENCE: 
 
Tojimatovich A. A., Saydaliyevich U. S. Formation Of Science as A Value and 
Classification of Values //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. – 2021. – Т. 3. 
– С. 172-178. 
Tojimatovich, Akbarov Anvar, and Ubaydullayev Saidakbar Saydaliyevich. 
"Formation Of Science as A Value and Classification of Values." Texas Journal of 
Multidisciplinary Studies 3 (2021): 172-178. 
Tojimatovich, A. A., & Saydaliyevich, U. S. (2021). Formation Of Science as A 
Value and Classification of Values. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 3, 
172-178. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling