Hol ko‘proq gap markazi kesimga bog‘lanib, undan anglashilgan ish-harakatning


c. Ot yoki fe’llardan keyin uchun, deb, maqsadida, maqsadi bilan kabi so‘zlarni keltirish bilan


Download 314.21 Kb.
bet4/8
Sana04.02.2023
Hajmi314.21 Kb.
#1161080
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ikkinchi darajali bo\'laklar

c. Ot yoki fe’llardan keyin uchun, deb, maqsadida, maqsadi bilan kabi so‘zlarni keltirish bilan:

M: Gulnor opa bafurja gaplashish maqsadida keldi.

TO‘LDIRUVCHI

TO‘LDIRUVCHI

Gapning biror bo‘lagiga (ko‘pincha kesimga) boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, uni to‘ldirib kelgan ikkinchi darajali bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi.

M: Vodiylarni, tog‘larni oshib, Dalalarda yolg‘iz adashib, kelib qoldi yurtingga Omon.

To‘ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi:

a. Ot bilan: Dilshod maktubni xolasiga berib, ko‘chaga chiqib ketdi. Mansurov odamlar bilan xayrlashdi.

b. Otlashgan sifat bilan: Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas.

c. Otlashgan son bilan: Beshni beshga qo‘shsak o‘n bo‘ladi.

c. Otlashgan son bilan: Beshni beshga qo‘shsak o‘n bo‘ladi.

d. Sifatdosh bilan: Bilmagandan bilgan yaxshi, tog‘ri ishni qilgan yaxshi.

e. Harakat nomi bilan: Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmaydi.

f. Taqlid so‘z bilan: Taqir-tuqiringni yig‘ishtir.

g. Modal so‘z bilan: Yo‘qni yo‘q deydi, borni bor deydi.

ESLATMA: To‘ldiruvchi, boshqa gap bo‘laklari kabi, birikmali holda ham qo‘llanadi, to‘ldiruvchilar yordamida aytilmoqchi bo‘lgan fikr ravshanlashadi.

ESLATMA: To‘ldiruvchi, boshqa gap bo‘laklari kabi, birikmali holda ham qo‘llanadi, to‘ldiruvchilar yordamida aytilmoqchi bo‘lgan fikr ravshanlashadi.

M: Men uning go‘zal siymosidan qalbim ko‘zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko‘rardim.

To‘ldiruvchi ikki xil bo‘ladi:

To‘ldiruvchi ikki xil bo‘ladi:

a. Vositasiz to‘ldiruvchi – o‘timli fe’llarga bog‘lanib, belgili va belgisiz tushum kelishigi qo‘shimchasi –ni bilan shakllanib, kimni?, nimani? so‘roqlariga javob bo‘luvchi so‘zlar vositasiz to‘ldiruchi deyiladi.


Download 314.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling