Hol ko‘proq gap markazi kesimga bog‘lanib, undan anglashilgan ish-harakatning


Shu yerdan boshlanur daryo va quyosh


Download 314.21 Kb.
bet2/8
Sana04.02.2023
Hajmi314.21 Kb.
#1161080
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ikkinchi darajali bo\'laklar

Shu yerdan boshlanur daryo va quyosh.

Payt holi

Payt holi

Ish-harakat yoki holatning paytini bildirib, qachon?, qachongacha?, qachondan beri?, qay vaqt? kabi so‘roqlarga javob bo‘lgan hol payt holi deyiladi. Payt holi ko‘pincha ot yoki payt ravishi bilan, shuningdek, son birikmalari bilan ifodalanadi.Bundan besh yil ilgari, o‘sha kundan beri, shu yildan boshlab shaklidagi so‘z birikmalari ham gapda birgina payt holi sanaladi.

M: Siz kechqurun yotish oldidan ko‘chada sayr qiling.

Sal o‘tmay Shirinoy daladan qaytib keldi. Po‘latjon juda erta uyg‘ondi.

Ravish holi

Ravish holi

Ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday?, qanday qilib?, qanday ahvolda?, qay tarzda? kabi so‘roqlarga javob bo‘lgan hol ravish holi deyiladi. Ravish (tarz) holi ravish, fe’l va ko‘makchili otlar bilan ifodalanadi. Ravish holi kesimga bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi. Demak, u ko‘pincha o‘zi ergashgan so‘zdan oldin keladi.

M: U o‘ychan ko‘zlari bilan Botirga qarab sekin gapirdi.

Yig‘lab-yig‘lab marza olsang, o‘ynab-o‘ynab sug‘orasan.

ESLATMA: Ko‘makchilar yordamida shakllangan vositali to‘ldiruvchilar bilan xuddi shu ko‘rinishda shakllangan ravish hollari savollariga qarab farqlanadi.

ESLATMA: Ko‘makchilar yordamida shakllangan vositali to‘ldiruvchilar bilan xuddi shu ko‘rinishda shakllangan ravish hollari savollariga qarab farqlanadi.

M: Paxta mashina bilan terildi. (nima bilan? to‘ldiruvchi).

Paxta havas bilan terildi. (qay tarzda? ravish holi)

Daraja – miqdor holi

Daraja – miqdor holi

Ish-harakatning miqdorini va darajasini bildirib, qancha?, nechta?, necha marta?, qay darajada? so‘roqlaridan biriga javob bo‘lgan hol daraja-miqdor holi deyiladi. Daraja-miqdor hollari sonlar bilan, miqdor ravishlari bilan, marta so‘zi qatnashgan birikmalar bilan ifodalanadi.


Download 314.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling