Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
(Mazmuni)
Dono Tonyuquq men ozim, Tabgach davlatida tarbiyalandim. Turk xalqi Tabgach davlatiga boysunar edi. Turk xalqi ozining xoni bilan ham bolmay, Tabgach xoqonligiga qoshildi, xonlik boldi. Oz xonni qoyib, yana Tabgach xoqonligiga qoshildi. Tangri shunday degan ekan: Xon berdim. Xoningni qoyib taslim bolding. Tabgachga taslim bolgani uchun tangri ol, degan shekilli, turk xalqi oldi, yoq boldi, tugadi. Turk sir xalqi yerida birorta ham urug qolmadi. Ichkari-yu tashqarida qolgani toplanib yetti yuzta boldi, ikki qismi otliq, bir qismi yayov edi. Yetti yuz kishini uyushtiradigan boshligi shad edi. Unvon ol, dedi. Unvon oladigani men edim Bilga Tonyuquq. Xoqonni ham qolga olayin, dedim. 44 Songra oyladim: oriq buqa va semiz buqani (birov) tezagidan bilsa, birov semiz buqa va oriq buqani ajrata olmas emish, shunday deb oyladim. Shundan song tangri bilim bergani uchun faqat ozim xoqonni qolga oldim, dono Tonyuquq boyla Baga tarxan bilan Eltarish xoqon birga bolib, janubda Tabgachni, sharqda Xitoyni, shimolda Oguzni koplab oldirdi. Allomasi, chovushi men ozimgina edim. Chugay quzni, Qoraqumni manzil qilib olgan edik. U yerda kiyik yeb, quyon yeb turar edik. Xalqning tomogi toq edi. Dushmanimiz atrofga qanotini yetkazdi. Biz shay edik, shunday turar (yashaguvchi) erk ahli. Oguzdan oshanda kuzatuvchi keldi. Kuzatuvshining gaplari shunday: Toquz oguz xalqi ustiga bir xoqon hukmron boldi, deydi. Tabgachga Kuni sangunni yuboribdi, Xitoyga Tongra Semni yuboribdi. Ularga shunday gap yuboribdi: ozgina turk xalqi yurgan emish. Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan, osha ikki kishi bor bolsa, seni, Tabgachni oldirajak, deyman, shimolda Xitoyni oldirajak, deyman, meni, oguzni u ham oldirajak, deyman. Tabgach, sen ongdan hujum qil! Xitoy, oldidan hujum qil! Men chapdan hujum qilay. Turk sir xalqi yerida boshqa ega yurmasin. Eplasak, osha egani yoq qilaylik, deyman. Osha gapni eshitib, tun uxlagim kelmadi, kunduz otirgim kelmadi. Undan song xoqonimga iltimos qildim. Shunday iltimos qildim: Tabgach, Oguz, Xitoy bu uchchovi qamal qilsa, qamalda qolajakmiz. Unda vujudining ichi-toshini mol-u jonini topshirgan kishiday bolamiz. Yupqa yigin tor-mor qilishga oson emish. Yupqa qalin bolsa, tor-mor qiladigan bahodir emish. Ingichka yogon bolsa, uzadigan bahodir emish. Sharqda Xitoydan, janubda Tabgachdan, garbda Qurdandan, shimolda Oguzdan himoyalanish uchun ikki-uch ming lashkarimiz bor. Bundan boshqa keladiganimiz bormidi? Shunday deb iltimos qildim. Xoqonim, men dono Tonyuquqning arzini eshitdi. Kong- lingga qarab yol tut, dedi. Kok ongni yuqorilab, Otukan yishga tomon yol oldim. Inigak kol boyiga Togladan Oguz 45 keldi. Ularning lashkari uch ming ekan, biz ikki ming edik, urishdik, tangri yorlaqadi, qochtirdik, daryoga tushdi. Qochgan yolida yana oldi. Men ozim turk xalqini ham Otukan yeriga keltirdim. Bilga Tonyuquq Otukan yeriga qonibdi, deb eshitib, janubdagi, shimoldagi xalq keldi. Biz ikki ming edik, ikki qoshin boldi. Turk xalqi yer yuziga ornashgandan beri, Turk xoqoni taxtga ornashgandan beri Shantung shahriga, dengiz, daryoga yetmagan edi. Xoqonimga arz qilib lashkar tortdim. Shantung shahriga, dengiz, daryoga yetkazdim, yigirma uch shahar maglub boldi. Dushmanning uyqusi harom bolib, chol- biyobonda yotib qoldi. Tabgach xoqoni dushmanimiz edi. Undan ortiq qirgizning qudratli xoqoni dushmanimiz boldi, osha uch xoqon maslahatlashib, Oltin yish ustiga talon solaylik, depti, shunday maslahat qilishibdi. Sharqqa, Turk xoqoniga lashkar tortaylik depti, unga qarshi lashkar tortmasa, qachon gazablansa, u bizni yoq qiladi, depti. Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan, qachon gazablansa, oldiradigan korinadi. Uchovimiz yopirilib hujum qilaylik, uni yoqotaylik depti. Turgash xoqoni shunday depti: mening xalqim u yerda boladi. Turk xalqi yana hayajonda depti. Oguzi yana parokanda depti. Osha gapini eshitib tunlari uyqum kelmas edi, kunduzlari otirgim kelmas edi. Shunday oyladim: tabgach, on oq, qirgiz xoqoniga Kogman togidan oshib otib hujum qilamiz. Shuning uchun avval biz lashkar tortaylik, dedim. Kogman yoli bitta ekan. Yolni qor bosgan, deb eshitib, bu yol bilan yursa yaramaydi, dedim. Yerchi (yer biladigan kishi) surishtirdim. Chollik az qabilasidan bir yigitni topdim. Az yerini u yaxshi bilar ekan, bir manzili bor ekan. Ani daryosi bilan borilar ekan, osha yerda yotib, bir otlig yol yurib boriladi, dedi. Osha yol bilan yursa imkon bor deb oyladim. Xoqonimga buni aytib, qoshinni yolga soldim, otlantir! deb buyruq berdim. Oq tarmal (hozirgi Xua Kem) daryosini kechib otib, qoshinga lager qurishga ijozat berdim. Bir oz dam olgach, otlanishga buyruq berdim, qorni yorib, yuqoriga otni yetaklab, 46 ozimiz yayov yurib, daraxtlarga tayanib qoshinni chiqardim. Oldindagi yigitlar ilgarilab, osimliklar bor dovondan oshdik. Undan qiynalib pastga tushdik. On kun davomida biz yonlama yollardan yurdik, tosiqni aylanib otdik. Yerchi ham yanglishib, bogizlandi. Xoqon xafa bolib, otlarni choptiringlar, dedi. Ani daryosidan boraylik! dedim. Daryo suvining quyi tomoniga yurdik. Lashkarni sanagani tushirdik, otlarni otga boyladik. Keyin yana yolga tushdik. Kun ham, tun ham yelib bordik. Qirgizni uyquda bosdik. Biz lashkarimizning engagini (old qismini) jangga kiritdik. Qirgiz xonining lashkari yigildi. Jang qildik, sanchdik, xoqonini oldirdik. Bizning xoqonga qirgiz xalqi taslim boldi, tazim qildi. Qaytdik. Yana Kogmanni aylanib keldik. Qirgizdan qaytganimizdan song, Turgash xoqonidan kuzatuvchi keldi. Gapi shunday: Sharqdan Turk xoqoniga qoshin tortaylik, qoshin tortmasak, u bizni yoq qiladi. Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan, har qanday yol bilan bizni oldiradigan korinadi, depti. Turgash xoqoni yolga chiqibdi, dedi. On oq xalqning hammasi chiqibdi, dedi. Tabgach lashkari ham bor ekan, osha gapni eshitib, xoqonim men uyga tushayin, dedi. Xotini vafot etgan edi. Uning marosimini otkazayin dedi. Qoshin bilan boring, dedi. Oltin yishda ornashing, dedi. Lashkarboshi Inol xoqon, Tardush shad borsin, dedi. Dono Tonyuquqqa menga aytdi: bu qoshinni olib bor, dedi. Karam-u gazabni konglingdagiday qil, men senga nima ham deyin, dedi. Dushman keladigan bolsa, bahodir yigitlarni yig va dushmanni oldir. Kelmaydigan bolsa, til tutib malumot olib tur, dedi. Oltin yishda ornashdik. Uch kuzatuvchi kishi keldi, gapi bir: Xoqoni lashkar bilan yolga chiqqan, on oq lashkari bekam- u kost chiqqan, dedi. Yaris dashtida yigilamiz, degan. Osha gapni eshitib, xoqonga u gapni jonatdim: «nima oylayin!» Gapni olib qaytib keldi: «Shu yerda turing! deb aytibdi. Borma, yaxshilab qorovul qoy, dushmanga bostirib qoyma!» depti. Bogu xoqon menga shunday deb aytib yuboribdi. Bosh 47 lashkarboshiga maxfiy gap yuboribdi: dono Tonyuquq hushyor, u ozi biladi. Lashkar bilan yolga chiqmoqshi bolsa, unamang. U gapni eshitib, qoshinni yolga soldim. Oltin yishning otib bolmas joyidan kechib otdik, tunda toxtamadik. Boluchuga tong otganda yetib keldik. Bizning kuzatuvchilarimiz til tutib keltirdi. Gapi shunday: Yaris dashtida on tuman lashkar yigildi. Bu gapni eshitib, beklar hammasi qaytaylik, pokiza uyat yaxshidir, dedilar. Men esa shunday deganman, men dono Tonyuquq: Oltin yishni oshib keldik, Irtish daryosini kechib keldik. Jangchilarning kelgani qahramon, deganlar. Dushman sezmay qoldi. Tangri, Umay, muqaddas yer-suv dushmanni bosib bergan korinadi. Nega chekinamiz, dushmanni kop deb, nega qorqamiz, ozimizni oz deb. Qani bosaylik, hujum qilaylik, dedim. Hujum qildik, dushmanni tor-mor qildik. Ikkinchi kun keldi. Urushdik. Ularning qoshini biznikidan ikki qanoti yarmicha ortiq edi. Tangri yorlaqagani uchun, dushman kop deb qorqmadik, jang qildik. Tardush shadi ham on oq xoqoni tomonida ishtirok qildi. Ularni ham tor-mor qildik, xoqoni, yabgusi, shadi osha yerda oldirildi. Elliktacha yigitni tutdik va osha kechasiyoq har birini oz xalqiga jonatdik. U gapni eshitib, on oq beklari, xalqi, hammasi bizga bosh egib keldi. Kelgan beklarni, xalqini surib, ozgina xalq qochgan edi. On oq lashkarini jang qildirdim. Biz ham lashkar tortdik, uni quvdik. Inju oguzni kechib Tinsi ogli yetadigan Bangligak togini oshib otib, Temir darvozagacha quvib bordik. Osha yerdan qaytardik. Inal xoqonga arab va tuxor (arablarning ittifoqdoshi) hujum qildi. Oshanda ajraladigan choki bor dubulga kiygan sogdoq xalqi hammasi keldi. Osha kuni hujum qildi. Turk xalqi Temir darvozaga, Tinsi ogli yotadigan toqqa yetdi. Egasi yoq ekan. U yerga men, dono Tonyuquq yetkazib borganim uchun sariq oltin, oq kumush, qiz-juvon, egri tuya, iðak hadsiz keltirdilar. Eltarish xoqon dono maslahatchisi bor uchun, qahramon bolgani uchun Tabgachga qarshi on yetti marta urush qildi. Qitanilarga qarshi yetti marta urush qildi. 48 Oshanda maslahatchisi ham mening ozum edim, urishuvchi ham men ozim edim. Eltarish xoqonga, Turk Bogu xoqonga, Turk Bilga xoqonga xizmat qildim, tun uxlamay, kunduz oturmay, qizil qonimni tugatib, qora terim yugurtirib, mehnatni, kuchni berdim, axir, men ozim uzoqlarga bosqin uyushtirib turdim. Qongir qoy, oq otni katta qildim. Bosib olishga urinadigan dushmanni poymol qilar edim. Xoqonim bilan lashkarlar tortdik, tangri yorlaqasin! Bu turk xalqiga qurolli dushmanni keltirmadim, yalovli otni yugurtirmadim. Eltarish xoqon muvaffaqiyat qozonmasa, unga qoshilib men ozim muvaffaqiyat qozonmasam, davlat ham, xalq ham yoq boladigan edi. Xoqonim muvaffaqiyat qozongani uchun, men ozim muvaffaqiyat qozonganim uchun davlat ham davlat boldi, xalq ham xalq boldi, ozim shod boldim, ulgaydim. Allaqanday yerdagi xoqonlik xalqqa don sok bolsa ham, nima gami bolar edi?! Turk Bilga xoqon davlatida bu bitigni yozdirdim, Men Bilga Tonyuquq, Eltarish xoqon muvaffaqiyat qozonmasa edi, u bolmasa edi, men ozim, dono Tonyuquq, muvaffaqiyat qozonmasam edi, men bolmasam edi, Qapagan xoqon, boshliq Turk sir xalqi yerida urug ham, xalq ham, kishi ham, turk xalqi yeriga xojayin ham bolmas edi. Eltarish xoqon va dono Tonyuquq muvaffaqiyat qozongani uchun Qapagan xoqon, Turk sir xalqi yurgan bu davlat yashab turibdi. Turk Bilga xoqon Turk sir xalqini, oguz xalqini tarbiyat qilib turibdi. KUL TIGIN BITIKTOSHI Bu bitiktosh Eltarish xoqonning ogli Bilga xoqonning inisi Kul Tigin sharafiga qoyilgan. Boshqa barcha bitiklardan farqli ravishda uni yozgan muallif nomi bizgacha yetib kelgan. Bu Yollug Tigindir. Yollug Tigin turkiy xalqlarning nomi saqlanib qolgan eng qadimiy yozuvchilardan biri bolgan. Bu bitiktosh 732-yilda yaratilgan. Bitiktosh Kul Tigin qahramonliklarini, uning vatan, ona yurt oldidagi buyuk xizmatlarini sharaflashga qaratilgan. 49 «Kul Tigin» bitiktoshi marmardan ishlangan, balandligi 3 m 15 sm, qalinligi 41 sm, tub qismi 1 m 24 sm bolib, yuqoriga tomon torayib borgan. Yodgorlikni rus ziyolisi N.M.Yadrinsev (18421894) 1889-yili Mogulistonning Kosho Saydam vodiysidagi Kokshin Orxun daryosi qirgogidan topgan. U Ulan-Batordan 400 km janubda, Qora Balgasun shahri xaroba- laridan 40 km shimolda joylashgan. Yozuvlar ongdan chapga va yuqoridan pastga qarab bitilgan. «Bilga xoqon» bitigini ham N.M. Yadrinsev topgan. U Kul Tigin bitiktoshidan 1 km janubi-garbga ornatilgan. Uning boyi 3 m 45 sm, eni 1 m 72 sm, qalinligi 72 sm, bitiktosh agdarilib, uchga bolingan va ayrim satrlari nurab, yozuvlari ham zarar korgan. U 80 satrdan iborat. «Bilga xoqon» bitiktoshida «Kul Tigin» bitiktoshidagi 41 satr takrorlangan. Yodgorliklarni butun dunyo turkshunoslari ilmiy jihatdan organmoqdalar. V.Tomson va V. Radlovlardan keyin S.E. Malov, S.G. Klyashtorniy, I.V. Stebleva, X. Orxun, T.Tekin, Najib Osim, G. Aydarov, ozbek olimlaridan A. Rus- tamov, G. Abdurahmonov, N. Rahmonovlar organishgan. KUL TIGIN BITIGI Falakday xudodan bolgan turk dono xoqoni bu taxtga otirdim. Sozimni tugal eshitgin, keyinimdagi ini, jiyanim, ogillarim, qon- qardoshim, xalqim, ongdagi shadapit beklar, chapdagi tarxonlar, buyruq beklar, ottiz toqqiz ogiz beklari, xalqi bu sozlarimni yaxshilab eshit, diqqat qilib tingla! 4 Adabiyot, I 50 Oldinga kun chiqarga, ongga kun yurishga, orqaga kun botarga, chapga tun ortasi (shimol)gacha bolgan yerdagi xalqlar hammasi menga qaraydi. Shuncha xalqni yig- dim. U endi yovuz emas. Turk xoqoni Otukan yishda tursa, elda tashvish yoq. Shimolga Shantung choligacha lash- kar tortdim, dengizga bir oz yetmadim, Janubga Toquz arsan qabilasigacha lashkar tortdim, Tibetga oz yetmadim. Garbda Sirdaryoni kechib otib, Temir darvozasigacha lashkar tortdim. Shimolga Yer Bayerqu yerigacha lashkar tortdim, shuncha joygacha yurish qildim. Otukan yishda yaxshi hokim yoq ekan. Davlatni tutib turadigan yer Otukan yish ekan. Bu yerda ornashib, Tabgach xalqi bilan murosaga keldim. Oltin, kumush, ichkilik, iðakni shuncha hisobsiz berayotgan Tabgach xalqi sozi shirin, iðak kiyimi nafis ekan. Shirin sozi, iðak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu xilda yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qoshni bolgandan keyin yozuv, ilmni u yerda organar ekan. Yaxshi, dono kishini, yaxshi alp kishini yolatmas ekan, biror kishi adashsa urugi, xalqi, uyi, yopinchigiga qoymas ekan. Shirin soziga, nafis iðagiga aldanib, kop turk xalqi, olding. Ey, turk xalqi, olding, Ey turk xalqi, ayriming janubga Chugay yishga, Tog, Eltan choliga manzil qilay desang, turk xalqining ayrimini u yerda yovuz kishi shunday pishiqlar ekan: yiroq bolsa, yomon iðak beradi, yaqin bolsa, yaxshi debo beradi, deb shu xilda pishiqlar ekan. Ilmsiz kishi u sozga 51 ishonib, unga yaqinlashib kop kishi oldi. Shimolga borsang, ey turk xalqi, olajaksan. Otukan yerga ornashib karvon yuborib tursang, hesh qanday tashvish yoq. Otukan yishni manzil qilsang, mangu davlatni saqlab turajaksan, Ey, turk xalqi, tokis ishonuvchansan. Samimiy, nosamimiyni ajratmaysan, kim qattiq gapirsa, samimiyni ham tanimaysan. Oshandayliging uchun tarbiyat qilgan xoqoningning sozini olmayin har qayerga ketding, bu yerlarda butunlay goyib bolding, nom-nishonsiz ketding. Osha yerda qolganing har yerda zorga olib tirilib yurgan eding. Tangri yorlaqagani uchun, istedodim, baxtim bor uchun men sizlarga xoqon boldim. Xoqon bolib, yoq qashshoq xalqni yaxshilab oyoqqa turgazdim. Qashshoq xalqni boy qildim. Oz xalqni kopaytirdim yo bu sozimda yolgon bormi?! Turk beklari, xalqi, buni eshiting! Turk xalqini toplab, davlat tutishingizni bu yerda toshga oyib yozdim. Adashib ayrilganingni ham bu yerda yozdim. Nimaiki sozim bolsa, mangu toshga yozdim. Unga qarab biling, turkning endigi xalqi beklari. Uy, dunyogagina qaraydigan, koziga faqat mol-mulk korinadigan beklar, sizlar gumrohsizlar. Men mangu toshga hammasini oyib yozdim. Tabgach xoqonidan naqqosh keltirdim, naqshlatdim. Mening nutqimni buzmadi. Tabgach xoqoni oz naqqoshini yubordi. Kul tiginga ziyoratgoh yarattirdim. Ichi-toshiga maxsus naqsh soldirdim. Tosh ornattirdim, kongildagi sozlarimni u toshga yozdim. On oq avlodigacha, totgacha buni korib biling! Mangu tosh ornattirdim. Bu sayrgoh bolgach, maqbara sayrgoh yerda bolsa. Shunday sayrgoh yerda mangu tosh ornattirdim. Yozuv bittirdim. Uni korib, shunday deb biling: bu bitik bitilguvchining (yani Kul Tiginning) jiyani Yollug Tigindir. Yuqorida kok osmon, pastda qongir yer yaratilganda, ikkisining ortasida inson bolalari paydo bolgan. Inson bolalari ustidan ota-bobom Bomin xoqon, Istami xoqon xoqon bolib otirganlar. Ular taxtga ornashib, tirk xalqining davlati qonun- qoidalarini tutib turganlar, rioya qilib turganlar. 52 Tort taraf butunlay dush- man ekan. Lashkar tortib tort tarafdagi xalqni butunlay ol- ganlar, butunlay tobe qilganlar. Boshi borning boshini egib tazim qildirganlar, tizzasi borni chokkalatganlar. Sharqqa Qadirqan yishga, garbga Temir darvozagacha ornash- ganlar. Qadirqan bilan Temir dar- vozaning orasida xojayinsiz, urugi hokimiyatsiz cheklanma- gan yerga ega bolib, asl turk shu tarzda yashar ekan. Ular dono xoqon ekan, bahodir xoqon ekan, vazirlari ham dono va botir bolgan bolishi kerak, beklari ham, xalqi ham togri ekan. Shuning uchun davlatni shu xilda tutib turgan ekanlar, davlatni tutib, qonun-qoidala- rini yaratgan, ozi shu tarzda yashab, vafot qilgan. Azachi, yigichilar sharqdan kun chiqardan Bukli cholilik xalq, Tabgach, Tibet, Avar, Rim, Qirgiz, Uch quriqan, ottiz tatar, Qitan, Tatabi shuncha xalq kelib yiglagan, aza tutgan. Shunday mashhur xoqon ekan. Shundan keyin ukasi xoqon bolgan ekan. Ogli ham xoqon bolgan ekan. Undan song inisi ogasiday ish tutmagan ekan. Ogli otasiday ish tutmagan ekan. Taxtga johil xoqon otirgan ekan, badfel xoqon otirgan ekan. Vaziri ham bilimsiz ekan, qorqoq ekan. Beklari, xalqi insofsiz bolgani uchun, tabgach xalqi hiylakor bolgani uchun, toymas bolgani uchun, firibgar bolgani uchun, oga va inini bir-biriga qayragani uchun, begi va xalqini bir- 53 biriga chaqqani uchun turk xalqi ellashgan davlatini qoldan chiqarib yuborgan. Xoqonlik qilib turgan xoqonini yoqotib yuborgan. Tabgach xalqiga bek boladigan ogil bolasi bilan qul boldi, suluv qiz bolasi bilan chori boldi. Turk beklari turkcha otini qabul qilib, Tabgach xoqoniga qaram boldi. Ellik yil mehnatini, kuchini sarf qilibdi. Sharqda kun chiqarda Bokli xoqonigacha lashkar tortib boribdi, garbda Temir qopuqqacha lashkar tortib boribdi. Tabgach xoqoniga turklarning davlatini, hukumatini olib beribdi... Turk fuqarosi, barcha xalq shunday debdi: «Davlatli xalq edim, davlatim endi qani? Kimga davlatni egallab beryapman? der ekan. Xoqonli xalq edim, xoqonim qani? Qaysi xoqonga mehnatimni, kuchimni sarf qilyapman?» der ekan. Shunday deb, Tabgach xoqoniga qarshi bolibdi. Qarshi bolib quvilib, ozini tiklashga umid qilib, yana taslim bolibdi. Shuncha mehnatini, kuchini sarf etganini andisha qilmay, Tabgach xoqoni turk xalqini oldirayin, urugini qoldirmayin, der ekan va uni yoqotib borayotgan ekan. Ammo yuqorida turk osmoni, turkning muqaddas yeri, suvi shunday debdi: «Turk xalqi yoq bolmasin», deb, «xalq bolsin», deb otam Eltarish xoqonni, onam Elbilga xotunni tangri oz martabasida tutib, yuqori kotargan ekan, otam xoqon on yetti er bilan chetga chiqib ketgan. Chetda yuribdi degan ovozasini eshitib, shahardagilar toqqa chiqibdi, togdagilar pastga tushibdi, yigilib yetmish jangchi bolibdi.Tangri kuch bergani uchun ham otam xoqonning lashkari boriday ekan, dushmani qoyday ekan. Sharqqa-garbga lashkar tortib, odam yigibdi, oyoqqa turgizibdi. Hammasi yigilib, yetti yuz er bolibdi. Yetti yuz er bolib davlatini yoqotgan, xoqonini yoqotgan xalqni, choriga aylangan, qulga aylangan xalqni, turk hukmronligini boy bergan xalqni ota-bobolarim qonun-qoidalari boyicha boshqaribdi, tashkil qilibdi. Tolis, tardush xalqini shu paytda oyoqqa turgizganlar. Yabguni, shadni oshanda tayinlabdi. Janubda tabgach xalqi dushman ekan, shimolda Baz xoqon, 54 Toqqiz ogiz xalqi dushman ekan, qirgiz, quriqan, ottiz tatar, qitany, tatabi butunlay dushman ekan. Otam xoqon buncha dushmanga tenglashib, qirq yetti marta lashkar tortgan, yigirma marta jang qilgan. Tangri yorlaqagani uchun davlati borni davlatsizlantirdi, xoqoni borni xoqonsizlantirdi, dushmanni el qilgan, tizzasi borni chokkalatgan, boshi borni tazim qildirgan. Shu xilda hukmronlikni egallab vafot etgan. Otam xoqonning qabriga birinchi qilib Baz xoqonining balbali tikildi. Osha hukumat boshiga amakim xoqon bolib otirdi. Amakim xoqon yaxshilab tuzatdi, tarbiyat qildi. Kambagalni boy qildi. Amakim xoqon bolib turganda ozim tardush xalqi ustidan shad edim. Amakim xoqon bilan Sharqqa Yashil oguz (Xuanxe daryosi) Shantung tekisligigacha lashkar tortdik, garbga Temir darvozagacha lashkar tortdik. Kogman oshib, Qirgiz yeriga lashkar tortdik. Hammasi bolib yigirma besh marta lashkar tortdik, on uch marta jang qildik, davlati borni davlatsizlantirdik, xoqoni borni xoqonsizlantirdik, tizzasi borni chokkalatdik, boshi borni tazim ettirdik. Turgash xoqoni turkimiz edi, bilmagani uchun bizga nisbatan yanglishgani uchun xoqoni oldi, vaziri, beklari ham oldi. On oq xalqi qiyinchilik kordi. Bobomiz, ajdodimiz bosh- qargan yer-suv egasiz bolmasin deb, Az xalqini tuzatib, tiklab keldik, jang qildik. Az xalqiga Bars bek edi. Xoqon unvonini bunda biz berdik. Singlim xoqonzodani berdik. Ozi adashdi, xoqoni oldi, xalqi chori, qul boldi. Kogman yer-suv egasiz qolmasin deb, oz qirgiz xalqini tiklab, qaytib berdik. Sharqda Qadirqan yishni oshib, xalqni shu xilda joylashtirdik, shu tarzda tuzatdik. Garbda Kangu Tarmangacha turk xalqini shu holda joylashtirdik. U zamonda qul qulga ega bolgan edi, chori choriga ega bolgan edi. Shu xilda qozonilgan, barpo etilgan davlatimiz, qoida- Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling