Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
109 AHMAD YASSAVIY (1166- yilda vafot etgan) Ahmad Yassaviyning hayoti haqida malumotlar yetarli emas. U Yassi sharida, Turkistonda ruhoniy oilasida tugilgan. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan bolgan. Onasi Qorasoch momo nomi bilan mashhurdir. Ahmadning yoshligi ogir kechgan. Otasi juda erta vafot etgan. Ahmad Yassaviy Arslonbobday yirik mutasavvuf olim qolida tarbiyalangan. Song u Buxoroga borib, Yusuf Hamadoniy qolida tahsil oladi. Ahmad Yassaviy tasavvuf ilmini shu qadar yuqori darajada egallaydiki, xalq orasida «Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad» degan naql paydo boladi. Ahmad Yassaviy 1166- yilda vafot etgan. Uning shuhrati adib vafotidan keyin ham pasaymagan. Amir Temur unga alohida etiqod bilan qaragani malum. U 13951397- yillarda Turkistonda Ahmad Yassaviyning eski qabri ornida yangidan muhtasham maqbara qurdirgan. Bu maqbara hozir ham mavjud. «Hikmat»lar Ahmad Yassaviy merosini jamlagan asaridir. Ularda 240 ga yaqin sher bor. Ular xalq orasida «Devoni hikmat» nomi bilan mashhur bolgan. Hikmatlarga «Qul Xoja Ahmad», «Xoja Ahmad Yassaviy», «Ahmad ibn Ibrohim», «Sulton Xoja Ahmad Yassaviy», «Yassaviy miskin Ahmad», «Miskin Yassaviy», «Xoja Ahmad», «Ahmad», «Ahmadiy», «Qul Ahmad», «Miskin Ahmad» kabi taxalluslar qoyilgan. Ahmad Yassaviy mutasavvuf shoir. Bu tasavvuf tariqatiga mansublikni bildiradi. Tasavvufdagi tort asosiy bosqich shariat, tariqat, marifat, haqiqat mohiyatini sheriy misralariga singdirgan 110 Ahmad Yassaviy shu yonalishda katta shuhrat qozondi. Bu bejiz emas. Adib tasavvufni inson manaviyatini yuksaltiruvchi muhim omil sifatida biladi. Bunday maqsad insoniyatni togri yolga davat etishdir. Togri yol haqiqatni anglashga olib kelmogi kerak. Haqiqatni anglash ozlikni anglashdir. Bunga erishmoq uchun kishi xudo yoliga kirmogi, xudoga muhabbat paydo qila bilmogi, butun kuch va vujudini shu yolga qarata olmogi kerak. Ahmad Yassaviy sheriyatidagi obrazlar tuzilishi ham tasavvuf talimoti bilan, ham ogzaki ijod ananalari bilan chambarchas boglanib ketgan. Pir, darvesh, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, ummat, rasul, shayton, iymon kabi obrazlar bevosita tasavvuf bilan boglansa, yol, rabot, karvon, oq kabilar ogzaki ijod ananalari bilan aloqador holda yuzaga kelgan. HIKMATLAR Har subhidam nido qildi qulogimga Zikr ayt dedi, zikrin aytib yurdim mano. Ishqsizlarni kordim ersa yolda qoldi, Ul sababdin ishq dokonin qurdim mano. On birimda rahmat daryo tolib-toshdi, Olloh dedim, shayton mendan yiroq qochdi. Hoy-u havas, moumanlik turmay kochdi, On ikkida bu sirlarni kordim mano. On uchumda nafs havoni qolga oldim, Nafs boshiga yuz ming balo qamrab soldim. Takabburni yerga urib bosib oldim On tortimda tufroqsifat boldim mano. On beshimda hur-u gilmon qarshi keldi, Boshin egib, qol qovshurib tazim qildi. Firdavs otlig jannatidin muxsir qildi, Diydor uchun barchasini qoydim mano 111 ··· Nafsing seni boqib tursang nelar demas, Zori qilsang Olloh sari boyun sunmas. Qolga olsang yobon qushdek 1 qolga qonmas, Qolga olib tun uyqusin qilgil bedor. Nafs yoliga kirgan kishi rasvo bolur, Yoldin ozib, toyib, tozib gumroh bolur, Yotsa, qonsa shayton bila hamroh bolur, Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor. Nafsing seni oxir damda gado qilgay, Din uyini gorat qilib ado qilgay, Olar vaqtda iymoningdin judo qilgay, Oqil ersang nafsi baddin bolgin bezor. Firavn 2 , Qorun 3 shayton sozin mahkam tutti. Bul sababdin yer yorildi, ani yutdi. Muso kalim 4 nosih bolib sozlar aytti, Quloq tutmay ul ikkisi boldi murdor. Gunohingga tavba qilib yiglab yurgil, Ketarman deb yol boshiga borib turgil. Ketganlarni korub sen ham ibrat olgil, Ibrat olsang yotmish yering bolur gulzor. Momin qullar dard-u holat paydo qildi, Haq yolida jon-u dilni shaydo qildi, 1 yobon qush yovvoyi qush 2 Firavn qadimgi Misr podsholarining umumiy nomi, dunyoga mehr qoyib, xudoni esdan chiqargan shoh timsoli 3 Qorun behisob boylik jamlagan xasis boy, xasisligidan uni yer yutgan 4 Muso yahudiy paygambarlardan biri, xudo bilan sozlashgani uchun uni «kalimulloh» ham deb ataydilar 112 Dunyo tashlab oxiratni savdo qildi 1 , Savdo qilsang hur-u gilmon bari tayyor. Qul Xoja Ahmad, nafs ilgidin qilurman dod, Pir-u mugon bolgaymukin anga jallod. Bexabarlar eshitmaslar dod-u faryod, Qon yiglagil, eshitsun ul parvardigor. ··· Dunyo mening degonlar, jahon molin olgonlar, Karkas qushdek bolubon, ul haromga botmishlar. Mullo, mufti bolgonlar, yolgon davo qilgonlar, Oqni qaro qilgonlar, ul tomugga kirmishlar. Qozi, imom bolgonlar, nohaq davo qilgonlar, Himor yanglig bolubon, yuk ostida qolmishlar. Harom yegan hakimlar, rishva olib yegonlar, Oz barmogin tishlabon, qorqub-korub qolmishlar. Totlig-totlig yegonlar, turlik-turlik kiygonlar, Oltun taxtda turgonlar, tufroq aro yotmishlar. Momin qullar, sodiqlar, sidqi birla turgonlar, Dunyoligin sarf etib, uchmog hurin quchmishlar. ··· Beshak biling, bu dunyo, borcha eldin otaro, Inonmagil molinga, bir kun qoldin ketaro. Oto-ono, qarindosh, qayon ketti, fikr qil. Tort ayoglig chobin ot, bir kun sanga yetaro. 1 savdo sozi bu yerda ikki manoda kelgan:1) sotib olish, «oxiratni savdo qildi», yani, dunyoni oxiratga almashtirdi; 2) shaydo, devona bolib 113 Dunyo uchun gam yema, Haqdin ozgani dema, Kishi molini yema, sirot uzra tutaro. Ahli ayol, qarindosh, hech kim bolmaydur yoldosh, Mardona bol garib bosh, umring yeldek otaro. Qul Xoja Ahmad toat qil, umring bilmom necha yil, Asling bilsang, ob-u gil, yana gilga ketaro. ··· Ishq yolida fano bolay haq bir-u bor, Har ne qilsang, oshiq qilgil, parvardigor. Ishqi tegsa kuydirgusi jon-u tanni, Ishqi tegsa vayron qilur mov-u manni, Ishq bolmasa topib bolmas, Mavlim, seni. Har ne qilsang, oshiq qilgil, parvardigor. Ishq daftari sigmas, dostlar, dargohiga, Jumla oshiq yiglab borgay borgohiga. Yetti dozax toqat qilmas bir ohiga, Har ne qilsang, oshiq qilgil, parvardigor. Xos ishqingni korsat manga shokir 1 bolay, Arra qoysa Zikriyodek 2 zokir bolay, Ayyub sifat 3 balosiga sobir bolay, Har ne qilsang, oshiq qilgil, parvardigor. Ishq dardini talab qildim, darmoni yoq. Ishq yolida jon berganni armoni yoq, 1 shokir shukr etguvchi 2 Zikriyo Zakariyo, paygambarlardan biri, kofirlar zulmidan qochib daraxt ichiga yashiringan, kofirlar daraxt bilan birga uni arralaganlarida ham xudoni tilidan qoymagan 3 Ayyub paygambarlardan biri, badanini yara bosib, qurtlagan bolsa- da, chidagan va xudoning inoyati bilan tuzalgan, sabr timsoli 8 Adabiyot, I 114 Bu yollarda jon bermasa, imkoni yoq, Har ne qilsang, oshiq qilgil, parvardigor. Qaydin topay, ishqing tushti, qarorim yoq, Ishq sanosin 1 tuni-kuni qoyorim yoq. Dargohingdin ozga yerga bororim yoq, Har ne qilsang, oshiq qilgil, parvardigor. Ishq bozori ulug bozor, savdo harom, Oshiqlarga sendin ozga gavgo harom, Ishq yoliga kirganlarga dunyo harom, Har ne qilsang, oshiq qilgil, parvardigor. Oshiqlikni davo qilib yurolmadim, Nafsdin kechib, men amrini qilolmadim. Nodonlikda Haq amrini bilolmadim, Har ne qilsang, oshiq qilgil, parvardigor. Qul Xoja Ahmad, ishqdin qattiq balo bolmas, Marham sorma, ishq dardiga davo bolmas, Koz yoshidin ozga hesh kim guvoh bolmas, Har ne qilsang, oshiq qilgil, parvardigor. Ayo dostlar, nodon birla ulfat bolub, Bagrim kuyub, jondin toyub oldim mano. Togri aytsam egri yolga boyin tolgor, Qonlar yutub, gam zahriga toydim mano. Nodon birla otkon umring nori saqar 2 , Nodon borsa, dozax andin qilgoy hazar. Nodor birla dozax sari qilmang safar, Nodon ichra xazon yanglig soldum mano. 1 sano maqtov 2 nori saqar dozax olovi 115 Duo qiling, nodonlarni yuzin kormay. Haq taolo rafiq 1 bolsa, birdam turmay, Bemor bolsa nodonlarni holin sormay, Nodonlardin yuz ming xato kordum mano. Dod aylasam, haq dodimga yetarmukin? Koksumdagi zangorlarim 2 ketarmukin? Hamma nodon bu olamdin yitarmukin? 3 Nodonlardin yuz ming jafo kordum mano. Haq vaslini izlab topmay, hayronaman, Tinmay yiglab, kongli buzuq vayronaman. Halim sorsang, mang tolibi jononaman, Jonon izlab, fano bolub keldim mano. Yer ostiga qochib kirdim nodonlardin, Ilkim ochib, duo tilab mardonlardin, Garib jonim yuz tasadduq, donolardin, Dono topmay, yer ostiga kirdim mano. Nodonlarni mandin sorma, koksum chaqa, Haqdin qorqib, motam qursam, qular qahqa, Ogzi ochuq, nafsi uluk 4 misli laka 5 , Nodonlardin qorqub sanga keldim mano. Tama qilma nodonlardin, qadring bilmas, Zulmat yol ichra adashsang, yolga solmas, Boynung qisib, zori qilsang, qoling olmas, Nodonlardin shikva 6 aylab keldim mano. 1 rafiq dost, birodar 2 zangor zang, gubor 3 yitmoq bitmoq, yoqolmoq 4 uluq ulug 5 laka laqqa 6 shikva shikoyat 116 Avval-oxir xoblar 1 ketti, qoldim yalguz, Nodonlardin eshitmadim bir yaxshi soz. Dono ketti, nodon qoldi, yedim afsus, Yolni topmay hayron bolub qoldim mano. Dogi hijron ezdi bagrim, qoni dardmand, Dono tufroq, nodonlarni koksi baland, Oyat hadis bayon qilsam, etmas pisand, Koksum teshsang, dard-u gamga toldum mano. Dard-u holat tugyon qildi, bormu tabib, Arzi holim sango aytay, yalguz habib 2 , Barcha tolib ulush oldi, man benasib, Ulush istab, duto 3 bolub keldim mano, Xonumoning tark aylabon ulush olgil, Ey bexabar, dunyo ishin orqa solgil, Olloh saxiy, lutfin korub, hayron qolgil, Korarman deb, fano bolub keldim mano. Man daftari soniy aydim, sizga yodgor, Arvohimdin madad tilab, oqung zinhor, Duo qilay, vosil qilsun parvardigor, Rahmon egam, arz etgali keldim mano. Hikmatimdin bahra olgon kozga sursun, Ixlos bilan kozga surtub, diydor korsun, Sharti uldur riyozatga boyun sunsun, Jonlar chekib, jononani kordum mano. 1 xoblar yaxshilar 2 habib suyukli, dost bu yerda: xudo 3 duto bukilgan, egilgan 117 Diydor uchun gado boldum, omin denglar, Ey toliblar, holim korub, gamim yenglar, Yolda qolgon Qul Ahmadga yol beringlar, Yolni izlab, gado bolub keldim mano. Qul Xoja Ahmad, gado bolsang, haqqa bolgil, Boshing birla eranlarga xizmat qilgil, Nazar topsang, halqa qurub, suhbat qilgil, Halqa ichra ogoh bolub turdum mano. 118 NOSIRUDDIN RABGUZIY Rabguziy turkiy yozma adabiyot tarixida alohida mavqe qozongan adibdir. Uning asl ismi Nosiruddin bolib, Xorazmning Raboti Oguz degan joyida tugilgan. Rabguziy «Qissayi Rabguziy» asarining muqaddimasida otasi Buhoroniddinning Oguz Rabotining qozisi bolganligini aytib otadi. Asarda bu haqda: «... bu kitobni tuzgan, toat yolida tizgan, masiyat yobonin kezgan, oz ozuqliq, kop yoziqlu Rabot Oguzining qozisi Burhon ogli Nosiruddin ...» deb qayd etilgan. Asar Nosiruddin Toqboganing topshirigi asosida yozilgan. Muallif uni «... yigitlar ariq (pok)i, ulu otli, qutlu zotli, ezgu xulqli, islom yoriliq, mogul sanili, musulmon dinli, odamiylar inonchi, mominlar quvonchi, himmati adiz (yuksak), aqli tengiz beg» deb tariflaydi. Rabguziyning ushbu asardan boshqa ijodiy merosi haqida malumotlar mavjud emas. Rabguziyning asari turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. U paygambarlar haqidagi qissalardan iboratdir. «Qissayi Rabguziy» ozbek nasrining eng qadimiy namunalaridan biridir. Unda XIII asr oxiri XIV asr boshlarida ozbek adabiyotining bir qator oziga xos xususiyatlari juda yorqin namoyon bolgan. Qissalar asosini tarixiy voqealar tashkil etadi. Ular oz ildizlari bilan «Quron» va «Hadis»larga, tarixiy manbalarga, xalq ogzaki ijodiga borib taqaladi. Ammo ular birinchi navbatda Rabguziy badiiy tafakkurining mevalaridir. Mavzu doirasiga kora asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bolgan Ollohni uluglash, paygambar hayotiga doir lavhalarni eslash, ota-ona va farzand munosabatlari, sevgi va sadoqat, vatan va vatanparvarlik, erk va 119 adolat, dostlik va hamjihatlik, urush va tinchlik shular jumlasidandir. Bular asardagi 72 bob qissalarda yaxshi ifodasini topgan. Qissalarning hajmi turlicha. Masalan, «Qissayi Yusuf» salkam yuz sahifani tashkil qilsa, «Lut» haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Rabguziy hikoyalarida insonparvarlik, yurtparvarlik, insonni komillik darajasiga kotarish, axloqiy poklik, manaviy barkamollik sari undash yetakchilik qiladi. Ular orasida til odobi va qalb pokligi ham alohida orin tutadi. Bu hikoyalarda xalq ogzaki ijodining tasiri ham yorqin seziladi. Xususan, ogzaki ijodning latifa janriga xos bolgan belgilar hikoyaga kochib otgan. Suhbatning dialog asosida olib borilishi, gaplarning tuzilishiga kora koproq soddaligi, donishmandlik, topqirlik, hozirjavoblik fazilatlarining ustuvorligi, ifodalarning qisqa, aniq, londaligi ogzaki ijoddan tasirlanish oqibatidir. «QISSAYI RABGUZIY»DAN HIKOYATLAR Uzum hikoyati Hikoyat kelturubdurlarki, shaytoni malun uzumni urugini ogirladi. Hech vajh bila topolmadilar. Hamma hayvonlardan sordilar. Hech qaysisi bilmadi, oxiri shaytonni tuttilar. Shayton aydi: Uzumga uch marta suv quymoqni manga bersangiz, topib beray, dedi. Nuh alayhissalom qabul qildilar. Uzumni urugini topib berdi. Vaqtiki kemadin chiqdilar, barcha urugini ektilar, uzumni uch suvini shaytoni layin sugordi: avval tulkini qoni birla, andin sherni qoni birla, andin tongizni qoni birla sugordi. Aning bergan suvidin chogir boldi, har kim chogir ichsa, avval tulki bolub, kormagan kishi birla dostluq ogoz qilur 1 . Andin mast bolgonda yolbarsdek bolur, himmati josh bolub, har kimga bir nimarsa berur. Andin mastroq bolsa, tongizdek yuraklik bolub, hech ishdin qorqmas, har qism yomon ishlar sodir bolur, shayton bergan suvlar felidur. 1 ogoz qilmoq boshlamoq 120 Andin song, Nuh alayhissalom ikki marta suv berdilar, biri behishti zanjabildin erdi, andin shinni paydo boldi. Biri salsabildin, andin sirka paydo boldi Bu nimarsalar har uyda bolsa, uydin hargiz farishta kam bolmas, deydurlar. Ilon va qarlugoch hikoyati Hikoyatda kelturubdurlarki, kemani ichida uch nimarsa yoq erdi: biri mushuk, biri sichqon, biri qongiz. Bu uch nimarsa kemada paydo boldi Sichqon qochib yurib kemani teshdi, suv chiqa boshladi, kema tolib keladur, hammalaridin hush ketti Munojot qildilar, xitob keldiki, bu sichqon ishidur. Yolbarsni peshonasini silagil deb. Ani peshonasini siladilar, burnidin mushuk tushdi, sichqonni tutib yedi. Andin song Nuh alayhissalom aydilar: Bir kimarsa bolgaymu, kemani teshigini topib berkitgay? Yilon aydi: Agar ushbu xizmatni bajo keltursam, nima berursiz? Nuh alayhissalom aydilar: Nima tilasang, berurman. Yilon aydi: Nimani goshti shirin bolsa, shuni bersangiz. Nuh alayhissalom qabul qildilar. Yilon kirib izlab, teshikni topib, halqa bolib yotti, suv toxtadi, kirgan suvni sochib ado qildilar. Teshikni mum birla berkitib, xotirjam boldilar. Vaqtiki, kemaga kirdilar Kema ravon boldi Olti oy suvni ichida yurdilar Vaqtiki, kemadin chiqdilar. Yilon keldiki: Yo Nuh, manga qilgon vadangizni bering, dedi. Nuh alayhissalom oruni buyurdilar, borib har nimarsani goshtini totgil, qaysi nimarsani goshti shirin bolsa, yilonga berayluk. Ul borib, odamni goshtidan totlig gosht yoq ekan, deb kelur erdi: Qarlugoch borib sordiki: Nimani goshti totlig ekan? Oru aydi: Odamning goshtidin totlig gosht yoq ekan. Qarlugoch aydi: Ey birodar, tilingni chiqorgil, man totib boqay, dedi. 121 Tilini chiqorgon hamon uzub oldi. Oru gung bolib, gingishlab bordi. Qarlugoch ham orqasidin kelib turdi. Harchand soz sorsalar, gingshib Qarlugochga qaraydur. Qarlugoch aydiki: Biyobonda manga uchrab: «Baqani goshtidin totlig nimarsa yoq ekan», deb holo kech kelganiga sozlayolmas. Nuh alayhissalom yilonga baqani buyurdilar. Ul zamondin bu zamongacha yilon topsa baqani yer, bolmasa tuproq yer. Yilon bildiki, Qarlugoch odam farzandiga yaxshilik qildi. Oru manga bolishdi, deb, yilon Qarlugochga dushman boldi, deb, yilon Qarlugochga dushman boldi. Ul sababdin Qarlugoch odam farzandi birla bir uyda debdur. Namrud hikoyati Bu andog voqeadurki, Namrudi layin karkasni tort bolasini olib saqladi. Imkoni boricha, boqib tarbiyat qildi. Bu qushlar teva chogluq boldi. Andin bir sandiq qildurdi, ikki eshigi bor, sakkiz poyalik. Tort poyasi yuqori, tort poyasi quyi erdi. Yuqori poyasiga qushlarni bogladi. Ozi jubba va javshan kiyib, bir vazni olib sanduqga kirib olturdi. Qushlar goshtni korub yemak umidida, yuqori qarab, bir kecha va kunduz uchdilar. Namrudi layin yuqori eshikni ochib boqti. Yer yuzi tamom korundi. Qushlar goshtni olurmiz, deb uchgan sari gosht ham yuqori borur erdi. Yana bir kecha-kunduz uchdi. Namrudi layin yuqori eshikni ochib boqti. Osmonning yuzida bir qora boshdek nimarsa korundi. Osmon taqi ham boyoqidekdur. Emdi kokni tangrisiga bir oq otdi Namrud osmon mamlakatini ham oldim, dedi. Anda goshtni quyi poyasiga bogladi. Qushlar goshtni korub, quyi olib yurdilar. Bu makr-u hiyla birla osmonga chiqib tushdi. 122 Sulaymon va ñhumoli hikoyati Bir kun Sulaymon taxt uzasida lashkar birla havoda borur erdilar. Yer yuzida bir morcha paydo bolub faryod qilurki: Maning amr-u tobeimdagi morchalar, bordursan, qochgil, yerning tagiga kir, nobud bolursan, charoki, Hazrat Sulaymonning lashkarlari otadur. Poymol bolmagil, deydur. Sulaymon bu ovozni eshitib, havodin yerga tushdilar. Ersa bir oq morcha kelib salom qildi Javob berib: Oting nima? deb sordilar. Morcha: Otim Manzara, dedi. Morchalarni na uchun qochirding? dedilar. Manzara aydi: Siz hammaga podshohdursiz, man ham oz jismimga podshohdurman. Manga qirq tabaqa yer beribdur. Har tabaqada qirq ming furqa, har furqada qirq ming muakkirlari bordur. Hammasining podshohi mandurman. Sizning lashkaringiz orasida poymol bolsa uboli manga bolur, dedi. Sulaymon aydilar: Hammasini qochirib, ozing na uchun qochmading? Manzara aydi: Man alarning kattasidurman. Uluglar, raiyasiga base mehribon bolur. Baloga uluglar ozlarini robaro qilib, kichiklarni xalos qilsa yaxshidur. Sulaymon aydilar: Mundog nasihatni qaydin talim olding? Aydiki: Hamma ilm ozumdadur deb xayol qilurmusiz? Bizga ham sizga buyurgon ilmdin berilibdur. Agar ruxsat bolsa, sizdin bir necha masala sorsam, dedi. Sulaymon aydilar: Harna savoling bolsa sorgil. Manzara aydiki: Haq taolodan nima talab qildingiz? Sulaymon aydilar: Bir mulk tiladimki andog mulk hech kimga berilmish yoq. Morcha aydiki: Baxil ekansiz. Malum boldiki, mandin ozga aslo podshoh bolmasin debsiz. Agar yuz hissa sizning davlatingizni ming kishiga bersa, xudo taoloning xazinasi kam bolmas. Shuncha tilagoningizcha nima berdi? 123 Aydilar: Shamolni musaxxar qilib berdi. Muncha hashamat va saltanat lashkarimni taxt-baxtlarim birla kotarib yurur, dedilar. Manzara aydi: Ey Sulaymon, aning manisi olam yeldek otar. Aning borcha ishi behudadur. Yelning vujudi bolmas, hamma ishlari foniydur. Ani minguncha marifat markaziyni minganingizda erdi, koz yumub ochguncha arshi aloga borur erdingiz. Andin yana nima berdi? Aydilar: Bu uzukni berdi. Hamma olamning bandi shu uzukdadur Aydiki: Ey, Sulaymon, Magribdan Mashriqqacha tamom olamni musaxxar qilib beribdur. Aning bahosi ozining nazdida bir parcha tosh ekan, bas, andog bolsa, anga tamanno qilgudek ish ermas. Sulaymon aydilar: Ey Manzara, muncha aql va donishni qaydin bilding? Manzara aydi: Hamma bildirguchi haqdur. Aydilar: Mundin ozga nima bilursan? Manzara aydi: Qorongu kechalarda sizga mute bolgon xalqning holidan xabardormusiz? Yoq, dedilar. Aydi: Man bu zaif holim birla har kecha uxlamay, hamma lashkarimning atrofini aylanib, agar agriqi bolsa, borib korub sihatligiga munojot qilurman Hazrat Sulaymon bu sozlarni eshitib aydilar: Ilohi, man ozumni dono bilib yurur erdim. Maning bilganim bu morchaning oldida hech nimarsa ekan, deb tavba qildilar. 124 PAHLAVON MAHMUD (12471326) Pahlavon Mahmudning bir qancha ruboiylari uning qabri ustiga ornatilgan maqbara devorlari, peshtoqlariga badiiy naqsh sifatida tushirilgan. Ularning bizgacha yetib kelishida ana shu maqbaradagi yozuvlar muhim orin tutadi. Adibning asarlari turli Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling