Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
qonunlarimiz bor edi: Turk oguz beklari, ey xalq, eshiting!
Tepadan osmon bosmagan bolsa, pastda yer yorilmagan bolsa, ey turk xalqi, davlatingni, hukumatingni kim buzdi? 55 Okin, pushaymon bol, korgiliging, taqdiring uchun, tarbiyat qilgan dono xoqoningga, yemirilgan, qoldan ketgan yaxshi davlatingga. Ozing adashding, oraga yomonni kirgizding. Qurolli qaydan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydan kelib surib ketdi. Muqaddas Otukan yishga bording, sharqqa borolguncha bording, garbga borolguncha bording. Borgan yerda yaxshilik shu boldi: qoning suvday oqdi, suyaging togday uyulib yotdi, bek boladigan ogil bolang qul boldi, suluv qiz bolang chori boldi. Bilmaganing uchun, yomonliging uchun amakim xoqon olib ketdi. Unga boshlab Qirgiz xoqonining balbalini tikdim. Turk xalqining nomi, dongi yoq bolmasin deb otam xoqonni, onam xotun malikani yuqori kotargan tangri, davlat beradigan tangri, turk xalqining nomi, dongi yoq bolmasin deb, u tangri ozimni xoqon qilib ornatdi, shekilli. Mol, yilqilik xalqqa xoqon bolib ornashmadim. Ichi oshsiz, tashi kiyimsiz och-yalangoch, yovuz, yomon xalq uza ornashdim. Inim Kul Tigin bilan sozlashdik: otamiz, amakimiz qozongan xalqning oti, dongi yoq bolmasin deb, turk xalqi uchun tun uxlamadim, kunduz otirmadim, inim Kul tigin bilan, ikki shad bilan olib-tirilib muvaffaqiyat qozondim. Shu xilda qozonib birlashgan xalqni bir-biriga ot-suv qilmadim. Men ozim xoqon bolib ornashganimga har yerga ketgan xalq olib-tirilib yayov, yalangoch qaytib keldi. Xalqni tarbiyat qilayin deb, shimolga Oguz xalqi tomonga, sharqqa Qitaniy, Tatabi xalqi tomonga, janubga Tabgach tomonga katta lashkar bilan on ikki marta urushdim. Undan keyin, tangri yorlaqasin, baxtim bor uchun, nasibam bor uchun olayotgan xalqni tiriltirib tarbiyat qildim, yalangoch xalqni kiyimlik qildim, kambagal xalqni boy qildim, oz xalqni kop qildim. Panoh talab davlatida, xoqonlikda yaxshilik qildim. Tort jihatdan xalqni butunlay el qildim, bir- biriga dost qildim, butunlay menga qaradi. Mehnatni, kuchni beruvchi shunday hokimiyatni qozonib inim Kul Tigin vafot etdi. Otam xoqon uchganda (olganda) inim Kul Tigin yetti yoshda qoldi, on yoshda Umayday onam xotun baxtiga inim 56 Kul Tigin er degan nom topdi. On olti yoshida amakim xoqon davlatini, hokimiyatini shu xilda qolga kiritdi. Oltin chob viloyat sogdlari tomonga lashkar tortdik. Tabgach, ong Tutuqdan besh tuman qoshin keldi, urishdik. Kul tigin yayov otilib hujum qildi. Ong Tutuq yolbosh- chisining yaroqli qolini tutdi, yaroqlangan holda xoqonga argumon qildi. Yigirma bir yoshida Chacha Sangunga urush qildik. Eng avval tadqan Churning boz otini minib hujum qildi, u ot oshanda oldi. Ikkinchi bor Ishbara Yamtarning boz otini minib hujum qildi, u ot oshanda oldi. Uchinchi marta Yagan Silig bekning toriq otini minib, hujum qildi, u ot oshanda oldi. Yarogiga, yopinchigiga yuzdan ortiq oq bilan urdi. Badaniga, boshiga bitta tegmadi. Hujum qilganini, turk beklari, yaxshi bilasiz. U lashkarni yoq qildik. Undan keyin Yer Bayirquli Ulug Erkin dushman boldi. Uni parokanda qilib, Turgi yargun kolda tor-mor qildik. Ulug Erkin ozgina yigiti bilan qochib ketdi. Kul Tigin yigirma olti yoshdaligida Qirgiz tomonga lashkar tortdik. Nayza botimi qorni yorib, Kogman yishga kotarilib yurib, qirgiz xalqini uyquda bosdik. Xoqon bilan Sunga yishda jang qildik. Kul Tigin Bayir- quning oq otini minib otilib hujum qildi. Bir erni oq bilan urdi, ikki erni ketma-ket qilib sanchdi. Osha hujumda Bayirquning oq aygirini kuragi bilan sindirib urdi. Qirgiz xoqonini oldirdik, davlatini oldik. Osha yili Turgash tomonga Oltin yishga kotarilib, Irtish daryosini kechib otdik. Turgash xalqini uyquda bosdik. Turgash xoqon lashkari Boluchuda otday, boronday keldi. Jang qildik. Kul tigin Bashgu nomli boz otni minib hujum qildi. Oshanda jangga kirib Turgash xoqonining vazirini, Az tutugini oz qoli bilan ushladi. Xoqonini oshanda oldirdik, elini oldik. Qora oddiy Turgash xalqi butunlay taslim boldi. U xalqni Tabarda joylashtirdik. Qaytib borib sugdaq xalqini tuzatayin deb, Sirdaryoni kechib Temir davrozasigacha lashkar tortdik. Undan keyin qora Turgash xalqi dushman bolgan Kengares tomonga bordi. Bizning lashkarlarimizning oti oriq, 57 ozigi yoq edi. Alp er bizga hujum qilgan edi. Oshanday zamonda xafa bolib Kul tiginni ozgina er bilan izlatib yubordik. Katta jang qilibdi. Alp Shalchining oq otini minib hujum qilibdi. Qora Turgash xalqini oshanda oldiribdi, qolga olibdi. Qaytib yurib Kushu tutuq bilan jang qilibdi, uning jangchilarini butunlay oldiribdi. Uyini, bor narsasini bitta ham qoldirmasdan hammasini keltirdi. Kul tigin yigirma yetti yasharligida qarduq xalq begonalashib ketgach, dushman boldi. Biz ular bilan Tamgiduq boshda jang qildik. Kul Tigin shu jangda ottiz yashar edi. Alp Shalchining oq otini minib otilib hujum qildi. Dushmanning ikki jangchisini birin- ketin qilib sanchdi. Biz qarluqni ham qolga oldik. Az xalqi dushman boldi. Ular bilan Qorakolda jang qildik. Bu paytda Kul Tigin ottiz bir yashar edi. U alp Shalchining oq otini minib otilib hujum qildi. U ot oshanda oldi. Izgil xalqi ham oldi. Toqqiz oguz xalqi oz xalqim edi, yer-u osmon fitnaga tolgani uchun ham bizga dushman boldi. Bir yilda besh marta jang qildik. Eng avval Togu shahrida jang qildik. Kul Tigin Azmanning oq otini minib otilib hujum qildi. Olti jangchisini oldirdi. Qoshin hujum qilganda yettinchi jangchini qilich bilan chopdi. Ikkinchi marta Qushlagakda Adiz bilan jang qildik. Kul Tigin Az degan yigitning kulrang otini minib, otilib hujum qilib, bir jangchini sanchdi, toqqiz jangchini atrofida aylanib chopib urdi. Adiz xalqi osha yerda oldi. Uchinchi marta Oguz bilan jang qildik. Kul Tigin Azmanning oq otini minib hujum qildi, sanchdi. Davlatini qolga kiritdik, tortinchi marta Chush boshida jang qildik. Turk xalqi oyoqdan qoldi, yomon boladigan edi. Ilgari kelib qolgan lashkarini Kul Tigin quvib, qahramon onta jangchisini Tonga tigin azasida qurshab olib oldirdik. Beshinchi marta Azganti Qadazda Oguz bilan jang qildik. Kul Tigin Azning kulrang otini minib hujum qildi, ikki jangchisini oldirdi. Shaharga qaytib bormadi. Oguzning lashkari oshanda oldi. Magu qorgonda qishlab, bahorda Oguz tomonga lashkarimiz bilan 58 chiqdik. Kul Tigin oila azolarimizni boshlab, ordaga ketdi. Oguz dushman ordani bosdi. Kul Tigin Oguzning oq otini minib toqqiz jangchini oldirdi. Ordani bermadi. Onam xotun, keyingi onalarim, opalarim, kelinlarim, xonzodalarim, tirigingiz chori bolar edi, oligingiz chol-u biyobonda, yolda yotib qolar edingiz! Kul Tigin bolmasa, butunlay olar edingiz. Inim Kul Tigin vafot etdi, vujudim alam chekdi. Korar kozim kormayotganday, bilar aqlim bilmayotganday boldi (es-hushimdan ajraldim), jonim azobda qoldi. Dunyoni tangri yasaydi, inson bolalari hammasi oladigan qilib yaratilgan. Shunchalik alam tortdimki, kozga yosh kelganda, kongilga yigi kelganda, qayta gam chekdim, qayta qaygurdim. Ikki shad, keyingi ini-jiyanim, ogillarim, beklarimning kozi, qoshi yomon boladi deb qaygurdim. Azachi, yigichi Qitan, Tatabi xalqini boshlab Udar sangun keldi. Tabgach xoqonidan Isyi Likang keldi, bir tuman iðak, oltin, kumushni ortiqcha keltirdi. Tibet xoqonining ayonlaridan biri keldi. Garbdagi kunbotardagi Sogd, Barchakar, Buqaraq ulus va xalqidan Nang sangun, Ogil tarxon keldi. On oq oglimdan, turgash xoqonidan Maqarach tamgachi, Oguz bilga tamgachi keldi. Qirgiz xoqonidan Gardush Inanchu chur keldi. Bino yasovchi, naqsh solingan bitiktosh yasovchi tabgach xoqonining jiyani Chang sangun keldi. Kul Tigin qoy yilida, on yettinchi kuni vafot etdi. Toqqizinchi oyning yigirma yettisida azasini otkazdik. Binosini, naqshini, bitiktoshini maymun yilida, yettinchi oyning yigirma yettinchisida butunlay tugatdik. Kul Tiginning qabr toshidagi buncha naqshni Tuygun Eltabar keltirdi. Shuncha bitik bituvchi Kul Tiginning jiyani Yollug Tigindir. Yigirma kun otirib bu toshga, bu devorga hammasini men Yollug Tigin bitdim. Panohtalab ogloningizga, tayanuvchingizga qiyinchilikda tarbiyat qilar edingiz. Uchib ketdingiz (vafot etdingiz). Tangri yashatuvchidir. 59 MAHMUD KOSHGARIY Mahmud Koshgariy Balasogun shahrida dunyoga kelgan.Uning toliq ismi Mahmud Ibn Husayn ibn Muham- maddir. Hozirgi Qirgizistonda Barsgon daryosi va Barsgon dovoni bor. Ular Issiqkol atrofida joylashgan. Xuddi shu yerda Barsgon shahri bolgan. Mahmudning otasi va bobosi ana shu shahardan edi. Otasi Qashqarga kochib kelgan va Mahmud shu yerda tugilgan. Shuning uchun ham Qoshgariy nisbasini olgan. Mahmud Koshgariy umri davomida qilgan mashaqqatli mehnati evaziga qomusiy olim va tolmas sayyoh bolib tanildi. U turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olimdir. Turkcha, arabcha lugatning birinchi namunasi ham uning nomi bilan bogliq. «Devonu lugot it-turk» Mahmud Koshgariy qoldirgan va turkiy xalqlar uchun bebaho bolgan qomusiy asardir. Bu asarda olim turkiy tildagi sozlar manosini arab tilida izohlab beradi. Misol sifatida esa maqollardan va badiiy adabiyotdan parchalar keltiradi. Bu haqda Mahmud Koshgariyning ozi yozadi: «Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli sozlar, sajlar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qollanib kelgan sherlaridan, shodlik va motam kunlarida qollaniladigan hikmatli sozlardan, maqollardan keltirdim». Shunday qilib, bu kitobda Orta Osiyoda yashagan turkiy xalqlarning XI asrgacha bolgan badiiy ijodi togrisida juda 60 qimmatli malumotlar jamlangan. Bular hozirgi avlodlar uchun ham nihoyatda katta ahamiyatga ega. Mahmud kitobiga «Devonu lugot it-turk» («Turkiy tillar lugati») deb nom beradi va uni Abulqosim Abdullo binni Muhammad al-Muqtadoga bagishlaydi. «Devonu lugot it-turk» XI asrda yozilgan bolsa-da, unga jamlangan badiiy parchalar turkiy xalqlar adabiyotining ancha oldingi davrlarida vujudga kelgan, unda jamlangan xalq ogzaki ijodi namunalarining kopi asar yozilgan davrdan 56 asr qadim- roqdir. Ularda turkiy xalqlarning urf-odatlari, ishonch-etiqodlari, marosimlari bilan boglanib ketadigan badiiy lavhalarni koramiz. «DEVONU LUGOT IT-TURK» Bulnar meni ulas 1 koz, Qara mengiz 2 qizil juz. Andin tamar tugal tuz 3 , Bulnap 4 jana ul qachar. Bu mast kozli (seviklim) porloq yuzidagi yoqimli qora xoli bilan meni asir qiladi. Xuddi (gozal) yonoqlaridan shirinlik tomayotganday meni asir qiladi-da, song mendan qochadi. ··· Endik 5 kishi titilsun, El toru 6 yetilsun, Toqli bori jetilsun, Qazgu yema savilsun. 1 ulas yoqimli, oziga tortuvchi, xumor 2 mengiz xol 3 tuz togrilik, yoqimlilik 4 bulna asir qilmoq, qolga olmoq 5 endik aqlsiz, ahmoq 6 el-toru adolat, qonun-qoidalar 61 Qilichimiz bilan qayguni ochaylikki, ahmoqlar yolga tushsinlar, mamlakat (ishi) tuzalsin, qozilar bilan borilar (xavfsiz) birga yursinlar, bizdan qaygu-gam yoqolsin. ··· Turlug chechak yarildi 1 , Barchin 2 yazim 3 kerildi 4 , Uchmaq 5 yeri koruldi, Tumlug 6 yana kelgusuz. Bahorni tariflab aytadi: har turli chechaklar ochildi, xuddi (sernaqsh) iðak gilamlar yozilganday. Jannat yeri korildi. Sovuq hech qaytib kelmas darajada havo isidi. ··· Yigitlarig ishlatu, Yigach yamish 7 irgatu 8 , Qulan keyik avlatu, Bazram 9 qilib avnalim. Oyin-kulguni tasvirlab deydi: Yigitlarni ishlatib, daraxt mevalarini qoqtiraylik, turli yovvoyi hayvonlar (qulon) va boshqalarni ovlatib, bir necha kun bayram qilib yayraylik. 1 yarildi ochildi 2 barchin iðak 3 yazim yoziladigan (yoyiladigan) narsalar: gilam, kiygiz v.b. 4 kerildi yoyildi, yozildi 5 uchmaq jannat 6 tumlug sovuq 7 yamish meva 8 irgat silkitmoq, qoqmoq 9 bazram bayram 62 ··· Jaratti jashil jash 1 , Savurdi orung qash, Tizildi qara qush, Tun, kun uza yurkanur 2 . Osmonni tariflaydi: tangri osmonni feruza rangida kom-kok qilib yaratdi. Yulduzlar bilan bezadi. Uzukka koz qoygandek, qosh oq uzuk uchun ishlatiladigan tosh mezon yulduzi (turkcha qora qush) unda tuzildi. Kecha bilan kunduz bir-birining ustiga qoplanadi. ··· Igladi 3 mening azaq, Kormazib ogri tuzaq 4 , Ikladim 5 andin uzaq, Emlagil emdi tuzaq. Yashirin tuzoqni kormay, mening oyogim ilindi, uzoq vaqt qiynaldim, ey seviklim, endi ozing davola. ··· Qizil, sarig arqashib 6 , Jepkin, jashil yuzkashib 7 , Bir-bir kero yorkashib 8 , Yalinguq 9 ani tanglashur. 1 jash feruza rangli tosh, osmon rangi 2 yurkanur qoplanmoq 3 igladi ilindi 4 tuzaq tuzoq, dom 5 ikladim dardli boldim, kasallandim 6 arqashib aralashib 7 yuzkashib bezamoq 8 yorkashib oralib, oralashib 9 yalinguq kishi, inson 63 Qizil, sariq gullar bir-biriga suyanishib, yashil rayhonlar bir- biri bilan oralashib korinadi. Ularni korgan kishi tang qoladi, hayron qoladi. ··· Yalvin 1 aning kozi, Yelkin 2 aning ozi, Tolun ayin yuzi Yardi mening yurak. Sevgilisini maqtab shunday yozadi: uning kozi kishi (konglini) ovlaydigan sehrgardir. Ozi musofirdir, yuzi tolin oydir. Qarashi bilan u meni otib, yuragimni yordi. ··· Yay korkinga inanma, Suvlar uza tayanma. Esizligig anunma, Tilda(n) chiqar ezgu soz. Bahor korkiga, uning rang-barang gullariga, chiroyliligiga ishonma, undan yaxshilik umid qilma. Suvga tayanma, chunki dunyo nematlarining shirinligiga, bahor gozalligiga suyangan kishilar suvga suyanganlar kabidir. Yomonlikka otlanma, tilingdan doim xalq sendan minnatdor boladigan yaxshi sozlar chiqar. ··· Yaruq yulduz tugarda, Uznu 3 kelið baqarman, Satula-yu sayrashið Tatlig unun qush utar 4 . 1 yalvin sehrli 2 yelkin musofir 3 uznu uygonib 4 utmoq sayramoq 64 Yorug yulduz tugar vaqtida uyqumdan uygonib, daraxtlarga qarayman, qushlarning shodlantiruvchi yoqimli sayrashlarini tinglayman. ··· Biligni irdadim 1 , Boguni 2 uzurdum 3 Ozumni azirdim Yalgil 4 atim yazlinur. Ilm-u donishni istadim. Ilmli, donishmandlarni qidirdim. Ozimni odamlar orasidan ayirdim. Buning uchun oq yolli otim yechiladi. ··· Kongul kiming bolsa qali yoq chigay 5 Qilsa kuchun bolmas ani toq baj. Kongli och, yoqsil bolgan kishini kuch bilan toq, boy qilish mumkin emas. ··· Bulmish 6 nengig 7 seversan, Aqrun angar sevingil. Barmish nengig saqinma, Azraq angar okungil. 1 irdadim izladim 2 bogu dono, donishmand 3 uzurdum qidirmoq, izlamoq 4 yalgil oq yolli 5 chigay kambagal, bechora 6 bulmish qolga kiritilgan 7 neng narsa, mol, mulk 65 Bor molingni sevasan, unga kamroq sevin, chunki u sendan (qolingdan) chiqib ketishi mumkin. Qolingdan ketgan narsa uchun qaygurma, unga ozroq achin. Chunki achinish senga (qoldan ketganni) qaytarib bermaydi. ··· Kelsa qali qatigliq ertar 1 teyu seringil 2 . Ozlak 3 ishin bilið tur ancha angar tirangil. Senga tashvish va alam yetsa, otib ketar deb sabr qil. Dunyo ishlarini bilib turishga tirish. Har qanday kulfatni ozingga olib, joningni qiynama. ALP ER TONGA MARSIYASI Alp 4 Er Tonga oldimu, Esiz 5 ajun qaldumu, Ozlak ochin aldumu, Amdi yurak jirtilur. 1 ertamoq otib ketmoq 2 serinmoq sabr qilmoq, oylamoq 3 ozlak dunyo, olam 4 Alp botir, qahramon, alp 5 esiz yomon, yovuz 5 Adabiyot, I 66 Ozlak yaraq kuzatti, Ogri tuzaq uzatti, Beglar begin azitti Qachsa qali qurtulur. Ozlak kuni tavratur, Jalnguq kuchin kavratur, Ardin azin savritur Qachsa taqu artulur. Ograjuki mundag oq, Munda ajun tandag oq, Atsa ajun ograb oq Taglar bashi kartilur. Atsa oqin kazgarib, Kim turany jigdashy Tagig atub ograsa, Ozi qoji jurtilir. 67 Baglar atin argrub, Qazgu ani turgurub, Mangzi juzi sargarib, Kurkum angar turtulur. Ulshub aran borla-yu, Yirtub jaqa urla-yu, Suqrub uni yurla-yu, Sigtab kozi ortulur. Konglum ichun ortadi, Jatmish bashig qartadi, Kachmish ozug irtadi, Tun-kun kachib irtalur. Ozlak qamug kovradi, Ardam arig savradi, Yunchig yavuz tuvradi, Ardam bagi chartilur. 68 Bilga boku yunchidi, Ajun ati yanchidi, Ardam ati tinchidi, Yerga tagið surtulur. Ozlak arig kavradi, Yunchig javuz tavradi, Ardam jama savradi, Ajun bagi chartilur. Mazmuni Alp Er Tonga oldimi? Yomon dunyo qoldimi? Zamon ochin oldimi? Endi yurak yirtilur. Dunyo fursat kozladi, Ogri tuzoq sozladi. Beklar begin izladi, Qanday qochib qutulur. Dunyo kunin pastlatur, Inson kuchin sustlatur, Eldin erni chetlatur, Qochgan bilan kim qolur. Odatdan zor narsa yoq, Boshqa bahona ham kop. Otsa zamon poylab oq, Toglar boshi yanchilur. Zamon ahli ozaydi, Olchoq, yovuz kuchaydi, 69 Ezgu ishlar kamaydi, Dunyo begi ketganda. Bilimdonlar ezildi, Dunyoni xarob qildi, Odob goshti buzildi, Yerga tegib sudralur. Beklar oti charchadi, Gam beklarni yanchadi, Yuzga zafar sanchadi, Chehralari sargayur. Bori bolib uldilar, Yoqa yirtib turdilar, Yiglab-siqtab yurdilar, Koz yoshlari mol boldi. Konglimni chok qildi, Bitgan yaramni tildi. Kechmish xotirga keldi Tun-kun uni istarman. Kuchandi bilagim, Kelurdi tilagim. Kopaydi bilimim, Ammo umr tugalur. (Aziz Qayumov tarjimasi) 70 ABU MANSUR AS-SAOLIBIY Abu Mansur Abdumalik ibn Muhammad ibn Ismoil as- Saolibiy 350 (961)-yil Nishopurda tugilgan va 429 (1038)- yil shu yerda vafot etgan. U koplab olkalarni kezib chiqqan yirik olim (50 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi) va shoir, tarixchi edi. Arab adiblari qadimdan boshlab turli shoir va yozuvchilarning tarjimayi holi, yozgan asarlari, ijodlaridagi yetakchi xususiyatlari haqida alohida kitoblar yaratishgan. Ularning tazkira nomi bilan yuritilishini yuqorida aytgan edik. Saolibiygacha ham bu anana mavjud edi. Adib shu ananaga muvofiq holda kitob tuzadi. Uning tortinchi qismi Xuroson va Movarounnahrdagi arabiynavis ijodkorlarga bagishlangan. Asarning tort qismida XXI asrlarda yashagan 415 ta arab tilida ijod qilgan adib va yozuvchilar haqida malumotlar va ijodlaridan namunalar keltirilgan. 4- qismga esa 124 ta xurosonlik va movarounnahrlik shoirlar kiritilgan, ularning nasriy hamda nazmiy asarlaridan namunalar berilgan. Bu qismga 4160 baytga yaqin sher kiritilgan. Ular qasida, vasf, hajv, marsiya, masnaviy, gazal, urjuza janrlariga mansubdir. U paytlardagi arab adabiyotidagi qasidaning keyingi davrlardagisidan farqi bolgan. Ularda ham maqtov, ham tanqid bolishi mumkin edi. Malum bolishicha, hajv, gazal, vasf, marsiyalar keyinchalik qasidadan ajralib chiqqan, deydilar. Qasida keyinchalik turkiy adabiyotda ham, fors-tojik adabiyotida ham ancha keng tarqalgan sheriy janrlardan biriga 71 aylanadi. Lekin ular oz mazmuni, mavzu va shakliga kora arab qasidalaridan farq qiladi. Saolibiy keltirgan qasidalar ayrim tarixiy voqealarga bagish- langan. Moddiy qiyinchilikdan shikoyat, pand-nasihatga atalgan qasidalar ham bor. Hajviy yonalish ham kop uchraydi. Arab tilidagi adabiyot til nuqtayi nazaridangina farq qiladi. Obrazlar tizimi, badiiy-tasviriy vositalarga kora arab, fors- tojik va turkiy adabiyot orasida keskin farqlar kozga tashlan- maydi. X asrdagi Buxoroda yaratilgan adabiyot haqida Y.E.Bertels shunday yozgan edi: «Aslini aytganda, til nuqtayi nazaridan bu davr adabiyotini fors va arab adabiyotiga bolish haqiqatan shartli narsadir. Aslida biz mavzu, uslub, tashqi korinishi bir xil, faqat tildagina farqi bolgan yagona adabiyotga egamiz. Shuni ham aytish kerakki, shoirlar kop holda ikki tilni bilishgan va har ikki tildan birday Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling