Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________ 
109
Biz bo‘z-voha regionlarida 2021-2022 yillar davomida dala tajribalari asosida tuproq 
unumdorligiga bioo‘g‘itlarning ta’sirini fermer xo‘jalaiklarida dala tajribalarini bug‘doy 
hosildorligiga ta’sirini o‘rganish maqsadida dala tajribasida sinab ko‘rdik. 
Qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarni rivojlantirishda ekologik toza mahsulotlarni 
yetishtirishda organik kimyoviy o‘g‘itlar sarfini kamaytirish tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan 
biologik faol moddalarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, biologik faol 
moddalardan foydalanib asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarini zararlovchi mikroorganizmlarning salbiy 
ta’sirini aniqlash, kasalliklardan himoya qilish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish 
istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan barcha tuproqlarida organik moddalarning yetishmasligi 
sababli, mineral o‘g‘itlarsiz ko‘zlangan hosilni yetishtirish tobora qiyinlashib bormoqda. Uzluksiz 
ishlatilib kelinayotgan mineral o‘g‘itlar esa o‘simliklar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmaganligi 
sababli, tuproqning donadorlik xususiyati buzilishiga va hosildorlikning kamayib borishi hamda 
tuproqda pistisidlar bilan ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. 
Ma’lumki qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish davomida o‘simliklarda ildiz chirish, 
fuzarioz, kulrang chirish, zang kasalliklarining tarqalishi ko‘p miqdorda hosilni nobud bo‘lishiga olib 
keladi. Mikroorganizmlarning patogenlarga nisbatan antagonistik xususiyatidan foydalanib, qishloq 
xo‘jaligi ekinlarining kasalliklariga qarshi kurashishning biologik usullariga keng e’tibor 
qaratilmoqda. Shuningdek, bakteriyalarning ba’zi turlari hayotchanligi davomida maxsus fiziologik 
faol moddalar ishlab chiqarishi o‘simlik patogenlarining o‘sishini chegaralab turadi.
Keyingi yillarda ushbu muammoni hal qilish maqsadida olimlar tomonidan bir qator biologik 
faol moddalar ishlab chiqarish va ular yordamida tuproq xususiyatlarini yaxshilash hamda qishloq 
xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish tavsiya qilinmoqda. Shuningdek, mikroorganizmlar 
asosida ekologik toza, xavfsiz, mineral o‘g‘itlarning sarfini kamaytiruvchi faol moddalarni yaratish 
muhim hisoblanadi. Mikroorganizmlar asosida yaratilgan biologik moddalar o‘simliklarni baquvvat 
o‘sishini ta’minlash bilan bir qatorda tuproqning biologik tirikligini o‘yg‘otishda asosiy manba 
hisoblanadi. Shu bilan birga yuqori sifatli ekologik toza mahsulotlar yetishtirishda asosiy rol 
o‘ynaydi. 
Sun’iy ozuqa muhitlarda mikroorganizmlarning o‘sib rivojlanishi uchun kerakli ozuqa 
moddalari – makro va mikro elementlar odatda mikroorganizmlarni rivojlanishi uchun yetarli ba’zan 
esa undan ham ko‘proq miqdorda turli tuzlar, organik moddalar va boshqalar suv bilan aralashtirib 
beriladi. Geterotrof organizmlar uchun uglerod manbai sifatida, turli xil organik moddalar xizmat 
qilishlari mumkin. Uglerod manbalarining mikrobiologiya amaliyotida eng ko‘p ishlatiladigan – 
saxaroza, glyukoza yoki boshqa geksozalar hamda ko‘p atomli spirtlar va shakarlarni oksidlanishida 
olinadigan karbol kislotalari hisoblanadi. 
O‘rganilgan tuproqlar qadimdan sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar bo‘lib yer osti suvlari chuqur 18-
20 m da joylashgan, gumus miqdori haydalma qatlam 0-30 sm 0,627% haydalma qatlam ostida 30-
50 sm da 0,578% ni tashkil etadi. Umumiy azot miqdori 0,057 va 0,052 %, fosfor 0,115 va 0,093 % 
ni, nitratli azot 1,6 va 0,8 mg/kg, harakatchan fosfor 20,2 va 16,0 mg/kg ni, harakatchan kaliy 224 va 
212 mg/kg ni tashkil etadi. 
Shuningdek, kuzgi bug‘doyning asosiy biometrik ko‘rsatkichlaridan, uning bo‘yining 
balandligi, umumiy va mahsuldor poyalar soni hisoblanadi. Tabiiyki, kuzgi bug‘doyning mahsuldor 
poyalar sonini ko‘p bo‘lishi uchun uning ekish me’yorlarini to‘g‘ri belgilashning ahamiyati katta. 
Maqbul ekish me’yorida tuplanish hisobiga ko‘proq mahsuldor poyalar hosil qilishida mineral 
o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish yuqori samaradorlikga ega bo‘lishi mumkin. 
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Asl Diyor dalasi” fermer xo‘jaligida bug‘doy 
o‘simligining nazorat variantida kuzgi bug‘doyni tup soni o‘rtacha 165,0 m2 /dona ni, bo‘yi 71,5 sm 
ni, mahsuldor poyalar soni 160,3 m2/dona ni, don hosildorligi 30,2 s/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, 
mineral o‘g‘it qo‘llaganida esa 170,8 m2 /dona, 75,4 sm, 165,4 m2 /dona, 30,0 s/ga ni tashkil etdi. 
Urug‘ga ammofos bilan ishlov berilib birga ekish fevral-mart oyida amminatsit unversal bilan 
barikdan oziqlantirildi, keyingi oziqlantirish mart oyida 1 ga 250 kgdan ammiyakli selitra bilan 
oziqlantirldi, hashorotlarga va zanga qarshi gerbisid aprel oyida amalga oshirildi. Mineral 



Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling