Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

 ___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023  
120
mumkin. Yulg‘un po‘stlog‘i tarkibida bo‘yash va oshlash uchun ishlatiladigan moddalar mavjud. 
 
2-rasm Tamarix turkum turlarining fenologik ta’rifi. 
A-T. Litvinovii Gorschk. B-T. pentandra Pall. D-T. Laxa Willd. E-T. Hispida Willd turlarida 
.Rivojlanish davrlari: 1-vigitatsiya. 2-g‘unchalash. 3-gullash, 4- mevaga kirish. 5-mevaning yetilishi. 6- tinim 
davri. 
3-jadval 
Yulg‘un turlarining gullash davri va ko‘sakcha mevalarning yetilish muddatlari.
№ 
Yulg‘un turkumi turlari 
Gullash oylari 
Gullash muddati 
Ko’sakchada mevalarning yetilish muddat 

T. Litvinovii 
Aprel oyi oxiri 
17 kun 
Iyul oyining 2-dekadasiddan sentabr oygacha 

T. pentandra 
May
20 kun 
Avgust oyining 1-dekadasidan sentabr 3-
dekadasigacha 

T. laxa 
May
5 kun 
Avgust oyyining 3-dekadasdan oktabr oyigacha 

T. hispida 
Iyul
22 kun 
Mevalari kech yetiladi. To’liq yetilishi noyabr 
oyigacha 
Yulg‘unning yog‘ochlik qismi saksavulnikidan qolishmaydi. V.Yu. Branke yulg‘unning 
yog‘ochini ko‘mir sifatiga tenglashtirgan. Olimning ko‘rsatishicha yulg‘un Turkmaniston o‘lkasida 
keng tarqalgan bo’lib undan ko‘mir tayyorlanib, temirchilikda ahamiyati juda katta. Farg‘ona 
viloyatida ipakchiligida yulg‘unning silliq uzun poyalaridan stilaj tayyorlanadi. Bundan tashqari 
yulg‘un poyasining yana bir xususiyati, uning silliq po‘sti 
ipak 
qurtlarining 
mog‘orlanishiga 
qarshilik ko‘rsatadi. Yulg‘un butalari O‘rta Osiyoda mahalliy aholi tomonidan hovli-joylar atroflarini 
o‘rashda keng foydalaniladi. Bundan tashqari yulg‘unlar nafaqat ixota sifatida balki, manzarali 
o‘simlik sifatida ham ekib kelinadi. Xatto baliqchilik xo‘jaliklarida ham yulg‘unlarning ahamiyati 
katta. Daryolar atroflarida yashovchi mahalliy aholi baliq tutish maqsadida yulg‘unning poyasidan 
cho‘plar yasashda keng foydalanadi. Cho‘plar asosan T. Litvinivii turning poyasi va yosh 
novdalaridan tayyorlanadi. Bu cho‘plarni yasash uchun aholi yashil novdalarini qaynoq suvga soladi 
va keyin bu cho‘plar ancha mustahkam bo‘ladi. Hamda chiroyli ranglarda tovlanishi ularni yanada 
bahosini oshiradi.
Yulg‘un po‘stlog‘ida oshlovchi tanid moddasi to‘planadi. Yulg‘unlardan olinadigan tanid 
moddasi asosan teri sanoatida (teri oshlashda, ko‘nlashda), hamda tibbiyotda (dori-darmonlar 
tayyorlashda) muhim ahamiyat kasb etadi. Tanid moddasi bilan oshlangan terilar sifatli yumshoq
egiluvchan, suv o‘tkazmaydigan va tezda chirimaydigan, qotmaydigan hamda qaynatilganda titilib 
ketmaydigan xususiyatga ega bo‘ladi. Oshlovchi moddalar T. ramosissima, T. tetranda bargida 11-
12%, ildizida 16-18% borligi aniqlangan.
I.P.Sukervanik [3; 96-99 b] ning aniqlashicha T. leptostachys turning po‘stlog‘ida tanid 
moddasi 0,6% dan 10,8% gacha to‘planadi[5; 296 b] T. hispida tarkibida 5,2% tanid moddasi borligi 
aniqlagan. T. elongata turining ildiz po‘stlog‘ida 6,5%, poyalarida 3,2%, barglarida 3,5%, gul 
shingillarida 0,6% 
tanid moddasi borligi aniqlashgan. Analiz uchun olib kelingan materiallar 



Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling