Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________
121 bahor faslida terib olingan. Adabiyotlardan keltirilgan bu ma’lumotlarlar biroz kamroq berilgan. Shu sababli yulg‘unlaring boshqa turlari tarkibidagi tanid moddasi miqdorini aniqlash uchun yilning turli fasllarida terib olinishi kerak. Yulg‘unlar yaxshi asal beruvchi o‘simliklar ham hisoblanadi. Erta bahorda yulg‘unlar gullagan vaqtda ularning gul changlarini asalarilar yig‘ib mum tayyorlaydi. Ko‘pchilik yulg‘unlar nektar ajratadi va bu jarayon yozda gullaydigan yulg‘unlarda ham kuzatiladi. Biroq O‘rta Osiyo hududida tarqalgan yulg‘unlarning asal berish hususiyati oxirigacha aniqlanmagan. N.M. Beketov ma’lumotlariga ko‘ra hayvonlar yulg‘unlarning faqat yosh novdasining uchlarini istemol qiladi. Yulg‘un poyalari tuyalarning haz qilish sistemasini susaytirib qoyadi, qo‘ylar yulg‘unni faqat kuzda yeydilar. Yuqoridagi fikrlar T. ramosissima va T. laxa turlari uchun xos. Chorva mollari T. arceuthoides turini istemol qilmaydi. Yulg‘unlar yetarlicha foydali o‘simliklar xisoblanadi, o‘rmon xo‘jaligining asosiy boyliklaridan biridir. Birinchi navbatda yulg‘unlar ana shunday tabiiy boylik hisoblanadi. Ularni muhofaza qilish va ulardan to‘g‘ri hamda unumli foydalanish lozim Yulg‘unlar qumlarni mustahkam ushlashda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, T. Androssowii 20 m atrofidagi qumlarni mustahkamlay oladi. Yulg‘ularni temir yo‘llarning atroflarida yetishtirish ham katta natija beradi. Sababi yulg‘unlar temir yo‘llar ustini qum qoplab olishini oldini oladi. Qish oylarida esa temir yo‘llar atrofilarida qorlarning to‘planishiga to‘sqinlik qiladi. T.Litvinovii turlari yerning meliorativ holatini yaxshilashda va sho‘r tuproqlarni sho‘rini kamaytirishda keng foydalaniladi. Bundan tashqari yulg’unlardan turli-tuman savatchalar yasashda ham ishlatish mumkin Yulg‘unlarning ko‘chatlarini ekishda avval qishda qalamchasidan o’tqazish kerak. Bahor oyiga kelib qalamchalar ko‘karadi va birinchi yili bir qancha yashil novdalar chiqaradi. Cho‘llarni ko‘kalamzorlashtirishda yulg‘unlarning ahamiyati nihoyatda katta. Yulg‘unlar insonlarni o’ziga jalb etadigan doimiy yashil va gullab turadigan, chiroyli va yorqin rangli to‘pgullarga ega. Shuning uchun ham ulardan xilma-xil shox-shabbali yirik daraxt gibrid formalarini seleksiya yo‘li bilan yaratish lozim. Tabiatda ana shunday ajoyib tur formalari bor. Bunga misol qilib tabiiy gibridlar orasidan T. Meeri va T. Hohenackeri turlarini keltirish mumkin. Xalq seleksiyasida baland bo‘yli, manzarali, sifati yaxshi ko‘chatlarni tanlab olib, qalamchalar usuli bilan navlarni ko‘paytirish mumkin. Ko‘kalamzorlashtirish uchun o‘simlik turlarini tuproq sharoitidan kelib chiqib tanlab olish katta axamyatga ega. Yulg‘unlarni ekib va muntazam parvarishlash orqali ajoyib yashil devorlarni xosil qilish mumkin. Masalan, past bo‘yli, bahorda gullaydigan – T. laxa va T.tetrandra; yozda gullaydigan – T. arceuthoides kabi yulg‘un turlari hozirgi vaqtda manzarali o‘simlik sifatida ko’plab ekib kelinmoqda. Yulg‘unlarning juda muhim o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri ularning ildizlari yer osti suvlariga yaqin joylashadi. Shu sababli yer osti suvlarini joylashishini aniqlovchi indikator vazifasini bajaradi. Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling