Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

 ___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023  
126
emas. Bu esa oʼz navbatida gʼoʼza navlarining hosildorlik va hosil sifatini keskin tushib ketishiga 
sabab boʼladi. 
Аdabiyotlar tahlili: F.M.Mauer tomonidan ishlab chiqilgan gʼoʼza avlodining 
klassifikatsiyasiga koʼra, gʼoʼza avlodi 35 turga, shundan 5 tasi madaniy va 30 tasi yovvoyi turga 
boʼlinadi. Oʼrta Osiyoda mana shu 5 ta madaniy turdan 2 tasi Gossypium hirsutum va Gossypium 
barbadense turi ekiladi. Toʼla yetilgan chigit tuxumsimon koʼrinishda boʼladi. Gʼoʼza formalariga 
qarab chigit salgina uzunchoq va dumaloq boʼlishi mumkin [11].
Gʼoʼzada chigit ustidagi tuklanish noallel genlar taʼsirining kombinirlangan tipi asosida 
boradi. Bunda, II, Ii - gen ingibitor gomo-geterozigota holatda chigitning tuklanishiga taʼsir koʼrsatadi 
va chigitning tuksiz – yalangʼoch boʼlib qoladi. Paxta - chigitni qoplaydigan oʼsimlik tolasi boʼlib, 
keng tarqalgan oʼsimlik tolalarining ichida eng muhimi va eng arzoni boʼlib hisoblanadi [10].
Paxta tolasi - chigit qobigʼidan rivojlanadigan yagona oʼsimlik hujayrasidir. Bitta tolaning 
qalinligi 15-25 mikron; tolaning uzunligiga (5 dan 60 mm gacha) qarab, undan tayyorlangan ip qisqa 
tolali, oʼrta tolali va nozik tolalilarga boʼlinadi va qayta ishlanadi. Kimyoviy tarkibiga koʼra, 95% 
sellyulozadan, qolgan 5% yogʼli va mineral aralashmalardan iborat [1],[8]. 
Polimer genlar ft1-ft1, ft2-ft2 esa chigitning mikropil qismida tuklanishni taʼminlaydi. 
Qushimcha genlar fc-fc polimer gen ft1-ft1 bilan komplementar munosabatda boʼlganda chigitning 
yon va xalaza qismlaridagi tuklanishni taʼminlaydi [9].
Gʼoʼzaning chigiti qobigʼi tukining rangi turlicha boʼlgan tizma va navlar oʼzaro diallel 
ravishda chatishtirilganda - tola sifati yuqori, serhosil, tezpishar, qimmatli – hoʼjalik belgilariga ega 
duragaylar, genotiplari boyitilgan biotiplar olingan [4].
Tola chiqimi belgisi boʼyicha salbiy oʼta ustunlik irsiylanish darajasi, salbiy geterozis namoyon 
boʼlishi ota-ona shakllarining genotipik va geografiq uzoqligidan tashqari, koʼrsatkichlarining 
farqlanishiga ham bogʼliq boʼldi. Tadqiqotlarimiz natijasida olingan kabi maʼlumotlar, boshqa bir 
qator [12] izlanuvchilar tajribalari natijasida ham, gʼoʼzaning murakkab F
1
oʼsimliklarida oʼta 
dominantlik holati irsiylanishi tezpisharlik va tola chiqimi belgilari boʼyicha kuzatilgan.
O.J. Jalilov [5] tadqiqotlarida, tola chiqimi koʼrsatkichlari bir xil yoki bir-biriga yaqin boʼlgan 
navlar chatishtirilganda F1 oʼsimliklarida geterozis namoyon boʼlishi kuzatilgan. Koʼpgina duragay 
kombinatsiyalarda kuchsiz retsiprok farqlanish borligi aniqlangan. Kimsanboev O.X. ishlarida tola 
uzunligi belgisi boʼyicha salbiy oʼta ustunlik, salbiy geterozis irsiylanish darajasi turli koʼrsatkichli 
va genotipli, geografik uzoq shakllarning duragaylarida namoyon boʼlishi keltirilgan [7].
Аdabiyotlar tahlili shuni koʼrsatdiki, gʼoʼzaning populyatsion genetikasi borasidagi, ayniqsa 
nav va tizmalarning populyatsion tahlil asosida baholash va nav navdorligini oshirish boʼyicha 
izlanishlar yetarli darajada olib borilmagan. Bu esa, gʼoʼza genetikasi va selektsiyasida nav va 
tizmalar populyatsiyalarining morfobiologik va qimmatli-xoʼjalik belgilari boʼyicha biotiplarga 
ajratgan holda tadqiqot ishlarining olib borilishini taqozo etadi. Ushbu usullar amalga oshirilganda 
nav va tizmalarning imkoniyat darajalari toʼliq tahlil asosida oʼrganilib, ularning tavsifi ishlab 
chiqiladi, hamda bu usulda nav sinash muddati uchun kam vaqt talab etiladi. 

Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling