Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
Tadqiqotning obʼekti va usullari
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________ 127
- Olingan muhim natijalar
Tadqiqotning obʼekti va usullari: Gʼoʼzaning L-421, L-432, L-516, L-580 tizmalaridan
foydalanildi. Tajriba olib borishda, fenologik kuzatuv, dala koʼriklari, yakka tanlov va ommaviy terish, laboratoriya tahlillari va statistik ishlov berish usullaridan foydalanildi. Tajribalarimizda duragaylar, selektsion ashyolar, oilalar va tizmalarda qimmatli xoʼjalik belgilarining oʼzgaruvchanligi va yuqori avlodlarda shakllanishi andoza nav Namangan-77 bilan taqqoslab oʼrganildi. Gʼoʼza selektsiyasida asosan ikkita-ommaviy va yakka tartibdagi tanlash usuli boʼlib, ular bir, koʼp marta hamda uzluksiz ravishda amalga oshiriladi. Izlanishlarda yaxshi natija koʼrsatgan selektsion ashyolardan selektsiyaning anʼanaviy uslublari asosida yakka tanlash va ommaviy tanlash oʼtkazildi. Dala sharoitida quyidagi fenologik oʼlchov-kuzatuv ishlari olib borildi: - “unib chiqish-50 % gullarning ochilishi” va “unib chiqish-50 % koʼsaklarning pishish” davri; -vilt bilan kasallanish, Dobrovolьskiy uslubi [2] boʼyicha foizlarda; XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________ 127 -navlar, tizmalar, oilalar va yakka tanlab olingan oʼsimliklarning urugʼlik chigitini morfologik koʼrsatkichlari boʼyicha tekisligi va sofligi, ekishga yaroqliligi, unuvchanlik qobiliyati dala va laboratoriya sharoitida oʼrganildi. Yuqori avlod duragaylari, oila va tizmalar, navlar hamda andoza Namangan -77 navidan ham yakka tanlovlar, namunalar va oilalar terib olindi, barcha olingan maʼlumotlar B.А.Dospexov [3] uslubida statistik koʼrsatkichlarning katta va kichik tanlanmalarida ishlovdan oʼtkazildi. Olingan muhim natijalar: G.hirsutum L. turining turlicha geneologiyali shakllari duragaylarida morfo–xoʼjalik belgilarning irsiylanishi, oʼzgaruvchanligi va genotiplarni boyitilishi xususiyatlarini oʼrganish boʼyicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida morfo- xoʼjalik belgilari yuqori koʼrsatkichlarga ega boʼlgan oilalar ajratib olindi. Tadqiqotlarimiz natijasida, har xil genotipli shakllar duragay populyatsiyalaridan ajratib olingan oilalarda selektsiya va urugʼchilik ishlari olib borildi va natijada bir qator yangi morfo– xoʼjalik belgilari yuqori koʼrsatkichlarga ega boʼlgan, tezpishar, serhosil, tola chiqimi va sifati talab darajasida boʼlgan tizmalar shakllantirildi. Maʼlumotlar tahliliga koʼra, tanlab olingan tizmalar andoza va bir– biridan morfo-xoʼjalik belgilari koʼrsatkichlari boʼyicha farq qiladi (1-jadval) Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling