Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
-jadval “Ibrohim Mo’minov” massivi tuproqlarining agrokimyoviy xossalari to’g’risidagi ma’lumot
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va tavsiyalar
2-jadval
“Ibrohim Mo’minov” massivi tuproqlarining agrokimyoviy xossalari to’g’risidagi ma’lumot. Kesma Chuqurligi,sm Gumus % P 2 O 5 mg/kg K 2 Omg/kg 1 0-32 0,6 10,3 127,6 2 32-68 0,4 8,6 102,0 3 68-95 0,4 6,4 95,3 4 95-137 0,3 5,0 88,0 Qatlam pastki tomonga borgani sari harakatchan fosfor miqdori ham kamayib borgani holda 8,6 mg/kg dan 5,0 mg/kg oralig’ida tebrandi. Almashinuvchan kaliyning miqdori bo’yicha ko’rsatkichlar tahlili shuni ko’rsatadiki, tuproqning yuza 0-32 smli qatlamida 127 mg/kg ni tashkil qilgan holda kam ta’minlangan guruhga mansub bo’ldi, bu ko’rsatkich 32-68 smli qatlamida 102,8 mg/kg ni tashkil qilgan bo’lsa, qatlam pastki tomon borgani sari almashinuvchan kaliy miqdori ham kamayib juda kam ta’minlangan guruhga mansub bo’ldi, ko’rsatkichlar esa 95,3 va 88,0 mg/kg ni tashkil qildi. Xulosa va tavsiyalar. Ilmiy tahlillar shundan dalolat beradiki, oxirdi 30-40 yil ichida massivlarning ayrim nuqtalarida sug’orish davomiyligi kamayishi bilan bu hududlarda sho’rlanish ko’payganligi va gumus miqdorining kamayganligi ko’rindi. Bundan bilish mumkinki, sug’orish natijasida agroirrigatsion gorizontni hosil bo’lishi va uni qalinlashishi gumus zaxirasiga juda ham samarali ta’sir o’tkazadi. Shuningdek, sug’oriladigan o’tloqi allyuvial tuproqlarda gumus zaxirasi yangidan o’zlashtirilgan va yangidan sug’oriladigan o’tloqi allyuvial tuproqlardagidan yuqori bo’ladi. Xoʼjalik maydonidan boshqa yerlar shuningdek, shoʼrxoklar, taqirlar va barxanli qumlar mavjud boʼlib, ularni fitomeliorativ holatini yaxshilash kerak. Xoʼjalikning yaylov maydonlaridan unumli foydalanish uchun yaylovlardan mavsumiy foydalanish lozim. Yaylovlarning xosildorlik darajasini yaxshilash maqsadida qumlarni mustahkamlash uchun qora saksovulni sun’iy ekish tavsiya etiladi. Shamol eroziyasi natijasida koʼpgina butalar va yarim butalar ildizlari ochilib qolishi natijasida qurib qolmoqda. Yaylovlar chorva mollarini boqish va koʼpaytirish uchun asosiy ozuqa manbai va vosita hisoblanadi. Shu sababli mavjud yaylovlarni asrash, tanazzulga yuz tutishining oldini olish, yaylov oʼsimliklarining hosildorligini oshirish, umuman olganda yaylovlardan oqilona va samarali foydalanishni yoʼlga qoʼyish lozim. Buning uchun ayrim yaylovlarda chorva mollarini haddan tashqari koʼp boqilishining oldini olish maqsadida almashlab (rotatsiya usulida) foydalanishni tashkil etish; Yaylovlarning suv resurslari bilan taʼminlanishini yaxshilash uchun mavjud quduqlardan asrab avaylab foydalanish, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling