XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________
7
katta: gigrofil, mezofil, kserofil guruhlariga ajratiladi va bu guruhlar o‘z navbatida oraliq:
mezokserofil, kriomezokserofil guruhlarga ajratgan [2].
O‘zbekistonda tarqalgan quruqlik mollyuskalarning ekologik xususiyatlari A.Pazilov [3, 4, 5],
A.Pazilov, A. E.Kuchbayev [6], A.Pazilov, A. T.Karimqulov [7] tomonidan o‘rganilgan bo‘lib,
quruqlik mollyuskalarning yashash joyi xususiyatidan kelib chiqib, ular gigrofil (namlik darajasi
yuqori bo‘lgan biotoplarda-suv bo‘ylariga yaqin joylardagi o‘simliklar orasida va to‘kilgan barg
qoplamlari ostida yashaydi), mezofil (namlik darajasi o‘rtacha bo‘lgan - yirik toshlar ostida, butali va
daraxtli o‘simliklar ostidagi barg to‘shamlari ostida yashaydi), kserofil (qurg‘oqchil biotoplar- ochiq
joylardagi o‘simliklarning poyasida, tosh uyumlari ostida) va mezokserofil (oraliq turlar hisoblanib,
asosan ozuqa manbaiga bog‘liq holda mezofil va kserofil sharoitga ega bo‘lgan biotoplarda
yashaydigan) turlarga ajratilgan.
Tadqiqot materiallari. 2019-2022-yillar bahor, qisman yoz va kuz oylarida O‘zbekiston
shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tekislik va
uncha baland bo‘lmagan Sulton Uvays, Quljuqtov, Ovminzatov, Tomditov, Etimtog‘, Bo‘kantov kabi
qoldiq tog‘larida tadqiqotlar olib borildi (1-rasm).
1-rasm. O’zbekiston shimoli-g’arbiy qismining tadqiqot olib borilgan va material terilgan joy xaritasi
Tadqiqot natijalari tahlili: Adabiyot manbalari va tadqiqot natijalari asosida olingan
ma’lumotlarga tayangan holda, O‘zbekiston shimoli-g‘arbiy qismida tarqalgan 45 tur quruqlik
mollyuskalari quyidagi ekologik guruhlarga bo’linadi.
Gigrofil turlar: Cochlicopa nitens, S.lubrica, S. pseudonitens, D. leave, D. reticulatum, S.
aethiops, O. elegans, N. evoluta, kirib, substrat namlik darajasi 70-80% bo‘lgan biotoplarda yashaydi.
Mezofil turlarga substrat namlik darajasi 50-70% bo‘lgan biotoplarda yashaydigan: S.
lubricella, S. izzatullaevi, S. mukhitdinovi, S. urgenchika, Vallonia costata, V. pulchella, V.asiatica,
Pupilla muscorum, P. striopolita, Vertigo pygmaea, V. pygmea, C. edentula, L. mesoleuca, Eobania
vermiculata, Phenacolimax annularis, D. caucasicum M. turanica, M. sogdiana,M. clessini, Succinea
putris turlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |