Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
Ключевые слова: T. Litvinovii, T. pentandra, T. laxa, T. Hispida, T. florida, ауксибластные
ветви, брахибластические ветви, вегетативные и генеративные побеги, вегетационный период, танидное вещество. Abstract. In the article, studies were carried out in the vicinity of Pakhtakor MFY Tentaksoi, Shorchi District, Surkhandarya Region, Ibn Sino MFY Oltinsoy River, Oltinsoy District, Karatepa MFY Surkhan Street, Denov District, Kyzilsuv, and the structure of Tamarix.L species, vegetation period. , the formation of flower buds and flowering periods, the distribution of seeds, the shelf life of the seeds of yulguns, the importance of the tanid substance obtained from yulguns in the national economy. Key words. T. Litvinovii, T. pentandra, T. laxa, T. Hispida, T. florida, Auxiblast branches, brachyblast branches, vegetative and generative shoots, vegetation period, Tanid substance Yulg‘un turkum turlari vegetatsiyasi erta boshlanadigan o‘simliklardir. Surxandaryo vioyatida ayrim yulg‘unlar vegetatsiyasi fevral oyining oxirgi dekadasida boshlanadi. Har bir o‘simlik tuplarida ikki xil kurtaklarni kuzatish mumkin. Ular vegetativ va generative kurtaklardir. Vegetativ kurtaklar poyaning ostki qismida, generative kurtaklar esa novdalarning uchki qismida rivojlashadi. Generativ kurtaklar juda mayda bo’ladi. Vegetativ novdalari ikki guruhga ajratiladi: 1) shox-shabba hosil qiluvchi – auksiblast novdalar. Ular yirikligi va tez o‘sish xususiyati bilan xarakterlanadi; 2) braxiblast novdalar asosiy assimulyator novdalar bo‘lib, vegetatsiya oxirida tushib ketadi. Yulg‘un turkum turlarida generativ novdalarida gul kurtaklar rivojlanadi, shingilsimon va ro‘vaksimon to‘pgullar hosil qiladi. Yulgunlarning gullash muddati va gullash davomiyligi bir biridan farq qiladi. Olib brogan kuzatishlarda dastlabki gullash T. Litvinovii va T. pentandra turlarida uchradi. Ularda aprel va may oylarida gullash jarayoni boshlanib, o‘simlikning qiyg‘os gullashi aprel oyining oxiri va may oyining o‘rtalarigacha davom etdi. T. Litvinovii ning gullash muddati 17 kun, T. pentandra da esa 20 kun davom etgani kuzatildi. T. laxa va T. Hispida turlarining gullash muddati yuqoridagi ikki turdan farq qilib, T. laxa may oyining oxirida, T. hispida esa iyul oyida gullashi ma’lum bo’ldi. T. laxa da 15 kun, T. hispida da esa 22 kungacha gullash jarayoni davom etdi. Yulg‘un turkum turlari entomofil o‘simliklar bo‘lib, ular hasharotlar yordamida changlanadi. Tajriba jarayonlarida yulg‘unlarning aynan asalarilar yordamida changlanishini kuzatdik. Bundan tashqari T. Litvinovii va T. pentandra turlarida ikkinchi bor gullashi kuzatildi. Bularda gullash jarayoni avgust oyining birinchi dekadasida sodir bo‘ldi. Bu xususiyat subtropik iqlimida o‘suvchi o’simliklar uchun xos xususiyatlardan biri. Yulg‘un turkumining boshqa turlarida ham ikkinchi bor gullash jarayoni olimlar tomonidan kuzatilgan. F.N. Rusanov fikricha gullash jarayoni T. florida turida eng ko‘p 30 kungacha gullashi aniqlangan[4; 45 b] Yulg‘unlarning gullash jarayoni ob-havoning kelishiga bog‘liq. Yulg’unlar gullab bo‘lgandan keyin vegetativ novdalarning o‘sish sur’ati tezlashadi. Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling