Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


Yulg‘un turlarida gul kurtaklarning shakllanishi


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

Yulg‘un turlarida gul kurtaklarning shakllanishi 
 
Oltinsoy tumani Qoratepa mfy Surxon ko'chasi 
Kosachabarglari tojbarglardan kalta xolatda, yumaloq va to‘mtoq shakllarda bo‘ladi. Gullari 
rivojlanishdan to‘xtagandan keyin ham kosochabarglari saqlanib turadi va bu 
mevani 
har 
tomondan o‘rab 
oladi. Ba’zi vaqtlarda bu qoplama urug‘larning tarqalishiga halaqit beradi. 
Natijada urug‘ uzoq vaqt ko‘sakcha ichida qolib ketadi. Bu xolat urug‘larning tarqalishini 
kechiktiradi. 
2 - jadval 
Yulg‘un turlarining ko’sakdagi urug‘lar miqdori va tarqalishi kunlari. 
№ 
Yulg‘un turkumi
turlari 
Ko’sakdagi urug’lar soni 
Gul ochilgandan so’ng urug’lar 
tarqalishi 

T. Litvinovii 
15 ta 
12-14 kun 

T. pentandra 
17 ta 
12-14 kun 

T. laxa 
19 ta 
12-14 kun 

T. hispida 
15 ta 
12-14 kun 
Yulg‘unlarda urug‘ning unish qobiliyatining saqlanish muddati. Yulg‘unlar urug‘larining 
unib chiqish qobiliyatining saqlanish muddati yulg‘unlarning ekologiyasiga bog‘liq. O‘rta Osiyo 


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________ 
119
hududida tarqalgan yulg‘unlar urug‘ining unish qobiliyati va saqlanish muddati yulg‘un turlarining 
yashash sharoitiga ham bog‘liq va ular 3 turga bo‘linadi: 1) bahor faslida gullaydigan turli xil 
sharoitlarda (cho‘l sharoitida, daryo vodiylarida) o‘sadigan yulg‘un turlarida urug‘lar unish 
qobiliyatini tezda yo‘qotadi. Masalan, T. laxa, T. Szovitsiana, T. elongata va T. Androssowii kabi 
turlari; 2) kuz faslida gullaydigan turlarida urug‘lar unish qobiliyatini uzoq vaqt saqlaydi va bahor 
kelishi bilan urug‘lar unib chiqa boshlaydi. Masalan, T. hispida, T. ramosissima va T. gracilis kabi 
turlari; 3) bahor va yoz fasllarida gullaydigan yulg‘unlar asosan to‘qaylarda tarqalgan bo’lib urug‘lar 
unib chiqish qobiliyatining saqlanish muddati bir xil bo‘ladi, ya’ni farq qilmaydi. Masalan bularga T. 
Hohenackeri, T. leptostahys, T. florida, T. arceuthoides, T. Kotschyi, T. Meeri, T.Bungeilar kiradi. 
Tajriba jarayonida bahorda tabiiy sharoitda T. hispida urug‘larining unib chiqqanligini kuzatili. 
Ayrim yulg‘unlar urug‘ining unib chiqish qobiliyatining tezda yo‘qolish sabablaridan biri uning 
ximiyaviy tarkibi bilan bog‘liqligidir. V. Vettshteynning aniqlashicha yulg‘un urug‘ining tarkibida 
proteinlar va yog‘lar mavjud[7; 175 b] Ushbu moddalar yoz oyining issiq vaqtlarida temperatura 
yuqori bo‘lishi sababli tezda parchalanib ketadi. Yulg‘un buta va daraxtlarining yoshini aniqlashda 
bir qancha qiyinchiliklar yuzaga keladi. Daraxt va butalarning yoshini ularda ularning yillik 
halqalardan foydalanish mumkin, lekin keksa daraxtlarning ichi kovak bo‘ladi. Shu sababli poyaning 
hamma qismidagi yog‘ochlikning yillik halqalarini aniqlash qiyin. Yulg‘unlarning yog‘ochligi bir 
yilda bir marta halqa hosil qilish xususiyatiga ega. Bu halqalarni oddiy ko‘z bilan ko‘rish va aniq 
farqlab olish mumkin. Yillik halqalarning katta yoki kichik qalinlikda bo‘lishi yulg‘unlarning o‘sish 
faolligiga bog‘liq bo’ladi. Namlik yetarli sharoitda yulg‘unlarning yillik halqalari deametri 1 sm 
gacha bo‘ladi. Amudaryo daryosining Surxondaryo irmog‘i atrofida joylashgan Jo‘yijangal qishlog‘i 
atroflaridagi to‘qayzorlarda o‘sadigan T. hispida poyasida deametri 4 sm gacha bo‘lgan beshta yillik 
halqa borlagi kuzatildi. F.N. Rusanov ma’lumotiga ko‘ra Murg‘ob daryosi bo‘yida tarqalgan T. 
Szovisiana poyasida deametri 11 sm gacha bo‘lgan 13 ta yillik halqalar aniqlanligi xaqida malumot 
bergan. Aksincha noqulay sharoitda o‘sgan yulg‘unlarda yog‘ochligi hosil qilgan yillik halqalarning 
deametri juda kichik, 1 mm gacha yetadi xolos. 
Daryo atroflarida joylashgan Oqsilat 
qishlog‘idagi to‘qayzorlarda tarqalgan T. laxa poyasida deametri 2 sm keladigan 7 ta yillik halqalarni 
kuzatish mumkin. Shunday qilib, poyalarining qalin bo’lishi yulg‘unlarning yoshi katta degani emas, 
qulay sharoitda rivojlangan yulg‘unlarning poyasi baquvvat bo‘ladi. Ba’zi daraxtlarning yog‘ochligi 
yumshoq bo‘ladi va bu daraxtlar tez o‘sadi. Lekin ular juda chidamsiz bo‘ladi va bular chirishi 
natijasida daraxtlar tezda qariydi.
Yulg‘unlar 100 yilgacha va undan ham ortiq yashashi mumkin. Noqulayroq sharoitda o‘sgan 
yulg‘unlar ko’p xollara qulay sharoitda o‘sgan yulg‘unlarga nisbatan 
ko‘proq yashaydi. Ular 
sekin rivojlanadi, lekin uzoq umr ko‘radi. Yulg‘un turkumi turlarining fenologiyasi bir biridan farq 
qilishi aniqlandi. 
Yulg‘un turkum turlarining vegetatsiya boshlanganidandan to tugagungacha bo‘lgan davr 270-280 
kun atrofini tashkil qiladi. Vegetatsiya boshlanishidan to meva pishgungacha bo‘lgan davri 230-250 
kunlarni tashkil qiladi. Yulg‘un turlarining gullash davri ham bir xil emas. T. Litvinovii aprel oyining 
oxirlarida gullaydi va gullash muddati 17 kunni tashkil etadi. T. pentandra va T. laxa turlarining 
gullashi may oyilariga to‘g‘ri kelib, gullash muddati T. pentandra da 20 kunni, T. laxa da esa 15 kunni 
tashkil qiladi. T. hispida iyul oyida gullaydi va gullash muddati 22 kunni tashkil etadi. Biz tajriba olib 
borgan yulg‘un turlarida ko‘sakcha mevalarning yetilish muddatlari bir biridan farq qilishini 
aniqladik. T. Litvinovii ko‘sakcha mevalarining yetilishi iyul oyining ikkinchi dekadasida boshlanib, 
to sentabr oyigacha davom etadi ekkan. T. pentandra ko‘sakcha mevalarining yetilishi asosan avgust 
oyining birinchi dekadasida boshlanib, sentabr oyining uchinchi dekadasigacha davom etdi. T. laxada 
esa ko‘sakcha mevalarning yetilishi avgust oyining uchinchi dekadasida boshlanib, oktabr oyigacha 
davom etishi aniqlandi. T. hispida da ko‘sakcha mevalarning yetilishi kechroq boshlanib, ko‘sakcha 
mevalarning to‘liq yetilishi noyabr oylarida kuzatildi. Yulg‘un turkum turlari vegetatsiyasining oxirgi 
davrlari oktabr oyining oxiri va noyabr oyining boshlarida sodir bo‘ladi. Bunda ko’p xollarda mevalar 
bilan birgalikda novdalar (braxiblast novdalar) ham sarg‘ayib tushib ketadi (2-rasm). 
Yulg‘un turlariing butasi 0,5-1 m balandlikidagi qismi odatda yerga yaqin poyasi 25-30 sm 
qalinlikga yetadi va ko‘pincha buralgan holatda uchradi.
O‘rta Osiyoning o‘rmonsiz xalq xo‘jaliklari uchun yulg‘un o‘rmon materiali sifatida katta 
qiziqish uyg‘otadi. Daryo bo‘ylarini kengaytirish xisobiga u yerlarda yulg‘unzorlar barpo etish 



Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling