___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
118
o‘rtacha kattalikda bo‘ladi. Yirik ko‘sakchalarda rivojlangan urug‘lar yirik bo‘ladi, hamda miqdor
jihatidan ko‘p bo‘ladi. Ba’zi olimlarning fikricha T. passirinoides urug‘larining
soni va kattaligi
jihatidan birinchi o‘rinda turadi. T. passirinoides ko’sagida o‘rtacha 60 taga yaqin urug‘lar bor. Undan
keyingi o’rinlarda T. Meeri da 51 ta, T. elongata da 41 ta, T. gracilis da 37 tagacha urug‘lar bo‘ladi.
1 - jadval
Yulg‘un turkumi turlarida generativ kurtaklarning shakllanishi va gullash muddatlari
Gul kurtaklarining shakllanishi va gullash muddati(oy hisobida)
Yulg‘un turkumi
turlari
shakllanish muddati
gullash muddati
T. Litvinovii
Iyul
aprel – may
T. pentandra
Iyul
May
T. laxa
Avgust
may oyining oxiri
T. hispida
Sentabr
Iyul
Biz o’rgangan yulg‘un turlarida ko‘sakchalar o‘rtacha kattalikda bo‘lib,
ular ichidagi
urug‘larning soni juda ko‘pligi aniqlangan. Masalan, T. laxa da-19 ta, T. pentandra da-17 ta, T.
hispida da-15 ta urug‘lari borligini aniqlandi.
Yulg‘unlarning urug‘larida popuklari bo‘ladi. Bunday popuklar
ingichka tuklar bilan
qoplangan bo‘lib, ular yordamida urug‘larning uzoqlarga uchib tarqalishini ta’minlaydi. Ko’p
xollarda bahorda gullaydigan yulg‘unlar – ya’ni T. Litvinovii, T. pentandra va T. laxa turlarining
urug‘lari ancha tez tarqaladi. Gullar ochilgandan so’ng 12-14 kun o’tgach urug‘lar tarqala boshlaydi.
Urug‘lari 3-5 kun davomida tarqaladi. T. penrandra va T. hispida yulg’un turlarida anchagina vaqtdan
keyin urug‘larning yetilishi to‘xtaydi. Sababi bu vaqtga kelib u turlar gullarining rivojlanishi tugaydi.
T. pentandra va T. hispida gullari besh bo‘lakchali bo‘lib, gulkosacha va gultoj 5 tadan bargchali,
changchisi 5 ta va urug‘chisi 5 ta urug‘chi bargdan iboratligi ma’lum (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: