Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- ___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023 124 Natijalar
Material va metodlar. Tadqiqotlar Buxoro viloyati Shofirkon tumani “Bobur” va “Ibrohim
Mo’minov” massivlarida o’tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida olib borildi. Shuni alohida qayd etish lozimki, bunda tuproqlardan kesmalar va genetik gorizontlardan tuproq namunalari olindi. Olingan tuproq namunalaridan suvda eruvchi tuzlarning miqdori suvli so’rim tahlili asosida aniqlangan bo’lsa, tuproq tarkibidagi agrokimyoviy ko’rsatkichlarni umumqabul qilingan metodlar asosida aniqlandi. Natijalar matematik tahlili ham olib borildi. ___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023 124 Natijalar:Tuproqlarning sho’rlanishi muhim degradatsiya jarayonlaridan biri hisoblanadi. Tajriba natijasiga qaraydigan bo’lsak, Buxoro viloyati Shofirkon tumani tuproqlari u yoki bu darajada sho’rlangan hisoblanadi. Sho’rlanish darajalariga ko’ra biz o’rgangan hudud kuchsiz sho’rlangan hisoblanadi. Unga ko’ra tuproq muhit ko’rsatkichlarini o’zgartiradigan ishqoriylik darajasiga ko’ra tuproqning 0-30 santimetrli yuqori haydov qatlamida 0.038% ni tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich Cl - anionida 0.069% ni, SO 4 anionida 0.069% ni tashkil qildi, ushbu qatlamda kationlar miqdori bo’yicha Ca 2+ ning miqdori 0.018% ni, Mg 2+ ning miqdori 0.010% ni tashkil qildi. Na + kationi va K + kationining birgalikdagi ulushi umum qabul qilingan metod asosida hisoblanganda 0.020% ni tashkil qildi. Suvda eruvchi tuzlarning umumiy miqdori ya’ni quruq qoldiqning miqdori ushbu qatlamda 0.178% ni tashkil qildi (1-jadval). Tuproqlarning degradatsiyasiga uchrashi uning tarkibidagi o’simlik o’zlashtira oladigan agrokimyoviy ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir qiladi. Buni tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy miqdorining kamayishida ko’rishimiz mumkin. Tuproq unumdorligini belgilovchi asosiy omillardan biri gumus miqdori ham degradatsiyaga uchragan tuproqlar keskin kamaygani kuzatilmoqda. Masalan tuproqning yuza qatlamida,ya’ni 0-32sm li qatlamida 0,6% gumus miqdorini tashkil qilgan bo’lsa, tuproqning pastki qatlamlari tomon organik moddalari miqdorining kamayishi hisobidan kamayib boradi, bu tuproqning 32-68; 68-95; 95-137sm li qatlamlarida qatlam ketma-ketligiga mos ravishda 0,4; 0,4; 0,3 foizlarni tashkil qildi. Tuproqning asosiy agrokimyoviy ko’rsatkichlaridan biri harakatchan fosfor miqdori bo’yicha juda kam ta’minlangan guruhga kirgan holda tuproqning yuza 0-32 sm qatlamida 10,3 mg/kg ni tashkil qiladi (2-jadval). Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling