UO’K 633.511: 575.127.2
GʼOʼZANING YUQORI BOʼGʼIN DURAGAYLARIDA BIR KOʼSAK PAXTA OGʼIRLIGI,
UMUMIY HOSILDORLIK, TOLA CHIQIMI VA UZUNLIGI BELGILARINING
KOʼRSATKICHLARI TAHLILI
I.T.Kaxxarov, DSc, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, Toshkent
M.K.Mutalova, PhD, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, Toshkent
M.R.Qodirova, PhD, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, Toshkent
Аnnotatsiya. Ushbu maqolada G.hirsutum L. turining yuqori boʼgʼin duragaylarida xoʼjalik
ahamiyatiga ega belgilari koʼrsatkichlarining tahlili keltirilgan.
Kalit soʼzlar: gʼoʼza, yuqori boʼgʼin, tizma, nav, duragay, irsiylanish, tola chiqimi, tola
uzunligi, umumiy hosildorlik.
Аннотация. В статье представлен анализ хозяйственно-ценных показателей у
гибридов старшего поколения вида G.hirsutum L.
Ключевые слова: хлопчатник, старшее поколение, линия, сорт, гибрид, наследование,
выход волокна, длина волокна, общая продуктивность.
Abstract. The article presents an analysis of economically valuable indicators in hybrids of the
older generation of the species G.hirsutum L.
Key words: cotton, older generation, line, variety, hybrid, inheritance, fiber yield, fiber length,
overall productivity.
Kirish. Qishloq xoʼjaligining samaradorligini oshirish, eng tez hamda katta samara olishni
taʼminlaydigan vazifalarni hal etishga butun eʼtibor va bilimlarni jam qilishni talab qiladi. Jumladan
paxtachilikni yanada mukammal oʼrganish, xususan nav navdorligini oshirish bugungi kunning eng
dolzarb muammolaridan biri boʼlib hisoblanadi. Shuning uchun bugungi kunga kelib genetik va
selektsioner olimlar tomonidan tezpishar, hosildor, tola sifat koʼrsatkichlari yuqori, kasallik hamda
zararkunandalarga chidamli navlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, baʼzi navlar
genotipik va fenotipik jihatdan juda xilma-xil boʼlib, shu asosda yaratilgan navlar ishlab chiqarishda
oʼz samarasini bermaydi, sabab ushbu navlar belgilari jihatiga koʼra, maʼlum bir muvozanatlikka ega
Do'stlaringiz bilan baham: |