Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
-jadval Gʼoʼzaning yangi tizmalarining xoʼjalik ahamiyatiga ega belgilari koʼrsatkichlari
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
1-jadval
Gʼoʼzaning yangi tizmalarining xoʼjalik ahamiyatiga ega belgilari koʼrsatkichlari Oʼrtacha oʼsuv davri OʼzFА-705 x Koʼpaysin navlari duragaylaridan ajratib olingan L-421 tizmasi 116,5 kun, 75007-11 x OʼzFА-713 - L-432 tizmasi 117,8 kun, OʼzFА-705 x OʼzFА-713 L- 580 tizmasi 118,2 kunda pishib yetilishi aniqlandi. Bitta koʼsakdagi paxta ogʼirligi boʼyicha yuqori koʼrsatkich 75007-11 x OʼzFА-713 navlari duragaylaridan ajratib olingan L-432 tizmasida 6,1 g ni, OʼzFА-705 x OʼzFА-713 navlari duragaylaridan ajratib olingan L-516 va L-580 tizmalarida ekanligi va 5,8 g ni tashkil etishi aniqlandi. OʼzFА-705 x Koʼpaysin navlari duragaylaridan ajratib olingan L- 421 tizmasi va OʼzFА-705 x OʼzFА-713 navlari duragaylaridan ajratib olingan L-580 tizmasi yuqori tola chiqimiga ega ekanligi kuzatilib, mos ravishda 39,2% va 39,6% ni tashkil etdi. Tola uzunligi belgisi buyicha yuqori koʼrsatkich 75007-11 x OʼzFА-713 navlari duragaylaridan ajratib olingan - L- 432 tizmasida - 35,2 mm va OʼzFА-705 x OʼzFА-713 navlari duragaylaridan ajratib olingan L-580 tizmasi 35,2 mm ekanligi kuzatilib, andoza va boshqa oʼrganilgan tizmalardan ustunroq ekanligi aniqlandi. Umumiy hosildorlik boʼyicha eng yuqori koʼrsatkich 75007-11 x OʼzFА-713 navlari duragaylaridan ajratib olingan L-432 - 138.7 g liniyasida boʼlishi aniqlandi. Shuni taʼkidlash lozimki, 75007-11 x OʼzFА-713 navlari duragaylaridan ajratib olingan L-432 va OʼzFА-705 x OʼzFА-713 navlari duragaylaridan ajratib olingan L-580 tizmalari oʼsuv davri, bitta koʼsakdagi paxta ogʼirligi, tola chiqimi va uzunligi, umumiy hosildorli belgilari koʼrsatkichlari boʼyicha andoza va boshqa oʼrganilgan tizmalardan yuqoriroq ekanligi kuzatildi. Gʼoʼzaning yangi tizmalari boʼyicha olingan maʼlumotlar tahlili, ular morfo-xoʼjalik belgilari koʼrsatkichlari boʼyicha bir-biridan va andoza navlardan farq qilishini koʼrsatdi.Olingan yangi tizmalar laboratoriyaning stantsion nav sinash dalasida sinalmoqda, nav darajasiga yetkazish uchun morfo-xoʼjalik belgilari koʼrsatkichlari OzDSt 1110:2006, paxta tolasining texnologik koʼrsatkichlari OzDSt 604 : 2001 va urugʼning ekish xususiyatlari OzDSt 663: 2006 talablariga muvofiq selektsiya urugʼchilik ishlari olib borilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling