Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
Key words: bacteria, microorganisms, plant, foodstuffs, pathogenic fungi, sterilization.
Epifit (bu atama yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘simlik sirtida yashovchi) mikroorganizmlar deganda, o‘simlik sirtida tarqalgan mikroorganizmlar tushuniladi. Ular har doim sog‘lom o‘simlik sirtida (ishtirok etadilar) uchraydilar. Uzoq yillar mobaynida epifit mikroorganizmlar o‘simlik sirtida yashab, o‘simliklar dunyosining evolyusiyasi davomida, ular bilan hamjihatlikda yashashga, hamda o‘zining yashagan joyida bakteriyalar jamiyatining kontinuumini hosil qilishga moslashgan mikroorganizmlardir [1; 1-111-b.]. O‘simliklarning sirti o‘ziga xos bo‘lgan, murakkab ekologik muhit hisoblanadi. Ozuqa tarkibi chegaralangan bir sharoitda abiotik ko‘rsatgichlarni keskin o‘zgarishi, har bir o‘simlik fillosferasining o‘ziga xosligi sharoitida, fillosferada yashovchi boshqa mikroorganizmlar bilan raqobat qilish xususiyatlari va boshqa imkoniyatlari, epifit mikroorganizmlarni moslashuvchanlik xususiyati, boshqa guruh mikroorganizmlarga nisbatan yanada kengroq ekanini ko‘rsatadi. Bu esa, o‘z navbatida epifit mikroorganizmlarni o‘simliklarning vegetativ organlarida saprofit holda yashashlariga, vegetatsiyani uziluvchan siklida va tashqi muhitning o‘zgarib turishiga tezroq moslashish imkoniyatini beradi [2; 1-39-b.]. O‘simlik organlarining har biri, ularni egallab olgan mikroorganizmlarga nisbatan ekologik nisha ekanligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, muayyan nishani belgilovchi atama ishlatishga to‘g‘ri keladi. Masalan, fillosfera - o‘simliklarning yer ustki qismi; gemmisfera – o‘simliklarning kurtaklari; spermosfera – urug‘lari; filloplan – barglarining sirti; karposfera – meva va urug‘lar [3; 1327-1333- b.]. Rizoplanga, rizosferaga va tuproqning umumiy mikroflorasiga qaraganda, fillosferaning mikroflorasi juda kam o‘rganilgan. O‘simliklar juda ko‘p yuz yilliklar davomida har tomonlama va chuqur o‘rganib kelinayotganligiga qaramasdan, ularni epifit mikroorganizmlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishi deyarli o‘rganilmasdan qolib kelgan. O‘simlik va mikroorganizmlarni uzoq vaqt davomida hamkorlikda yashashlari, fitopatogen mikroorganizmlar tomonidan chaqiriladigan har xil tipdagi parazitizmni kelib chiqishiga olib kelgan. Bu jarayon, o‘simliklar fitopatologiyasi fani tomonidan chuqur o‘rganib kelinadi [4; 3-21-b.].Keyingi yillarda o‘simliklarni ichki to‘qimalaridan joy olgan hamda turli xil stress sharoitlarda ularni moslashuvchanligiga yordam beruvchi endofit mikroorganizmlarni o‘rganishga ham alohida e’tibor bilan qaralmoqda [12; 45-53; 13; 44-50 r] Bakteriyalar tomonidan ekologik nishalarni egallab olinishi, o‘simliklarni hayotiy jarayonida o‘zidan turli xil moddalar chiqarib turishi bilan bog‘liq bo‘lib, u o‘simliklarni organlari sirtida turli xil mikroorganizmlarni joylashib olishiga sabab bo‘ladi va shu tariqa epifit hamjamiyat paydo bo‘ladi. Bundan tashqari mikroorganizmlar o‘simlik to‘qimalarining ichiga kirib olishlari ham mumkin, bunday mikroorganizmlarni endofit mikroorganizmlar jamiyati deb ataladi. Endofit mikroorganizmlar o‘simlikka ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan ingibitor – mikroblarni hayotiy mahsulotlari o‘simliklar uchun toksinlik xususiyatiga ega bo‘ladi va ular urug‘ni unib chiqishini, ildizning o‘sib rivojlanishini bo‘g‘ib qo‘yadi. Endofit hamjamiyatlarga nisbatan, adabiyotlarda, bir-birini inkor qiluvchi ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, nisbatan eski adabiyotlarda “sog‘lom o‘simliklarning to‘qimalari steril holatda bo‘ladi” deb yozilgan. Laboratoriyalarda o‘tkazilgan tajribalarda o‘ta qiziq ma’lumotlar olingan. Masalan, in’eksiya orqali o‘simlik bargiga kiritilgan bakteriyalarni tezlikda o‘lib qolganliklari, ammo shu bakteriyalarni, o‘sha bargdan olingan sokka kiritilganda yoki shikastlangan bargning sirtiga sepilganda, bemalol ko‘payganliklari kuzatilgan. Bu xususiyat, “o‘simliklarning ichki immunitet faktori bilan bog‘liq” degan fikrga kelish mumkin. [5; 392-397-b.] Barcha endofit mikroorganizmlar uchun xarakterli bo‘lgan xususiyat, ularni o‘simliklarning alohida turlariga bo‘lgan spesifik (o‘ziga xos bo‘lgan) moslanuvchanligidir. Buni, har-bir turlarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling