Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
130 o‘zlariga xos bo‘lgan modda almashinuviga egaligi hamda muayyan o‘simlikni immunitet faktorlarining o‘ziga xosligi bilan bog‘lash mumkin [6; 1-12-b; 7; 1-120-b.]. Albatta, mikroorganizmlarni har xil turdagi o‘simliklarga moslanuvchanligi qanday darajada ekanligi, ularning o‘zlarini xo‘jayin o‘simliklari hayotidagi ahamiyati qanday ekanligi, hamda mikroorganizmlarni o‘simliklar bilan o‘zaro munosabatlarining xarakterini aniqlash juda muhim ekanligini esdan chiqarmaslik kerak [8; 125-161-b]. Epifit mikroorganizmlarni o‘rganish tarixiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 1903 yilda Burri o‘simliklarning yer ustki qismi mikroflorasini o‘rganganligini, hamda ustuvor turlar sifatida Bact. herbicola, Bact. fluorescens va Bac. putidumlarni aniqlanganligini ko‘rish mumkin [9; 1-660 b) Burri o‘zining kuzatuvlari asosida, o‘simliklarning sirtidagi mikroflora nisbatan bir xil bo‘lsada, tarkibi bo‘yicha tuproq, suv yoki havodagi mikrofloradan farq qiladi degan xulosaga kelgan. Demak, dastlabki kuzatuvlar, o‘simliklarning sirtidan joy olgan mikroorganizmlar, o‘simliklarning turli organlarida yashashga moslashgan epifitlarni alohida guruhiga kirishini ko‘rsatgan. Bakteriyalarni urug‘dan, o‘simlik massasiga o‘tishini keyinroq Weller o‘zi olib borgan tajribalarida tasdiqlab bergan. U sterillanmagan urug‘dan sterillangan tuproqda o‘simlik o‘stirgan va unib chiqqan maysa sirtidagi bakteriyalarni o‘rganib chiqqanida, Bact. herbicola aureum, flyuoressent yaltirab turuvchi bakteriyalar, sporali shakllar uchrashlari, ba’zida esa, E. coli, Bact.punctatum va sut achituvchi bakteriyalar uchrashlarini kuzatgan [10; 1-218-b.]. Mack o‘simliklarda Bact. herbicola bakteriyasining tarqalishini o‘rganib chiqib, bu bakteriya har xil o‘simliklarda doimiy uchrashini kuzatgan. U, Bact. herbicoladan tashqari, jelatinani yumshatadigan fluoressensiya tarqatuvchi bakteriyalar – 48%; jelatinani yumshatmaydigan bakteriyalar – 17%; rangsiz flyuoressensiyalovchi bakteriyalar – 4%; Bac. coli guruhiga kiruvchi bakteriyalar – 4%; spora hosil qiluvchilar – 4% ni tashkil qilishini va 9% bakteriyalarni qanday guruhga kirishlari aniqlanmaganligini kuzatgan [11- 65b.]. Burrining klassik ishlaridan keyin epifit bakteriyalarga bo‘lgan qiziqish biroz so‘ngan. Bunga sabab, har xil tadqiqotchilar, o‘simliklarning sirtida unchalik ko‘p bo‘lmagan xilma-xillikni kuzatganliklari bo‘lsa, ajab emas. ko‘plab tajribalarda ustuvor tur sifatida Bact.herbicola va Bact.fluorescens aniqlangan. Xulosa qilib aytganda Epifit bakteriyalarni o‘rganish tarixi haqida juda ko‘plab ma’lumotlar e’lon qilingan bo‘lsada, ularning ko‘pchiligi bir-biriga o‘xshash, ammo turli xil o‘simliklarda bajarilgan xolos. Shu sababdan epifit bakteriyalarning tarqalish tarixi haqidagi ma’lumotlar to‘g‘risidagi sharhni shu joyda to‘xtatib, ularning oziqlanishini o‘ziga xosligini sharxlashga o‘tishni ma’qul ko‘rdik. Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling