Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________ 
121
bahor faslida terib olingan. Adabiyotlardan keltirilgan bu ma’lumotlarlar biroz kamroq berilgan. Shu 
sababli yulg‘unlaring boshqa turlari tarkibidagi tanid moddasi miqdorini aniqlash uchun yilning turli 
fasllarida terib olinishi kerak. 
Yulg‘unlar yaxshi asal beruvchi o‘simliklar ham hisoblanadi. Erta bahorda yulg‘unlar gullagan 
vaqtda ularning gul changlarini asalarilar yig‘ib mum tayyorlaydi. Ko‘pchilik yulg‘unlar nektar 
ajratadi va bu jarayon yozda gullaydigan yulg‘unlarda ham kuzatiladi. Biroq O‘rta Osiyo hududida 
tarqalgan yulg‘unlarning asal berish hususiyati oxirigacha aniqlanmagan.
N.M. Beketov ma’lumotlariga ko‘ra hayvonlar yulg‘unlarning faqat yosh novdasining uchlarini 
istemol qiladi. Yulg‘un poyalari tuyalarning haz qilish sistemasini susaytirib qoyadi, qo‘ylar 
yulg‘unni faqat kuzda yeydilar. Yuqoridagi fikrlar T. ramosissima va T. laxa turlari uchun xos. 
Chorva mollari T. arceuthoides turini istemol qilmaydi. Yulg‘unlar yetarlicha foydali o‘simliklar 
xisoblanadi, o‘rmon xo‘jaligining asosiy boyliklaridan biridir. Birinchi navbatda yulg‘unlar ana 
shunday tabiiy boylik hisoblanadi. Ularni muhofaza qilish va ulardan to‘g‘ri hamda unumli 
foydalanish lozim 
Yulg‘unlar qumlarni mustahkam ushlashda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, T. Androssowii 20 
m atrofidagi qumlarni mustahkamlay oladi. Yulg‘ularni temir yo‘llarning atroflarida yetishtirish ham 
katta natija beradi. Sababi yulg‘unlar temir yo‘llar ustini qum qoplab olishini oldini oladi. Qish 
oylarida esa temir yo‘llar atrofilarida qorlarning to‘planishiga to‘sqinlik qiladi. T.Litvinovii turlari 
yerning meliorativ holatini yaxshilashda va sho‘r tuproqlarni sho‘rini kamaytirishda keng 
foydalaniladi. Bundan tashqari yulg’unlardan turli-tuman savatchalar yasashda ham ishlatish mumkin 
Yulg‘unlarning ko‘chatlarini ekishda avval qishda qalamchasidan o’tqazish kerak. Bahor oyiga kelib 
qalamchalar ko‘karadi va birinchi yili bir qancha yashil novdalar chiqaradi.
Cho‘llarni ko‘kalamzorlashtirishda yulg‘unlarning ahamiyati nihoyatda katta. Yulg‘unlar 
insonlarni o’ziga jalb etadigan doimiy yashil va gullab turadigan, chiroyli va yorqin rangli 
to‘pgullarga ega. Shuning uchun ham ulardan xilma-xil shox-shabbali yirik daraxt gibrid formalarini 
seleksiya yo‘li bilan yaratish lozim. Tabiatda ana shunday ajoyib tur formalari bor. Bunga misol qilib 
tabiiy gibridlar orasidan T. Meeri va T. Hohenackeri turlarini keltirish mumkin. Xalq seleksiyasida 
baland bo‘yli, manzarali, sifati yaxshi ko‘chatlarni tanlab olib, qalamchalar usuli bilan navlarni 
ko‘paytirish mumkin. Ko‘kalamzorlashtirish uchun o‘simlik turlarini tuproq sharoitidan kelib 
chiqib tanlab olish katta axamyatga ega. Yulg‘unlarni ekib va muntazam parvarishlash orqali ajoyib 
yashil devorlarni xosil qilish mumkin. Masalan, past bo‘yli, bahorda gullaydigan – T. laxa va 
T.tetrandra; yozda gullaydigan – T. arceuthoides kabi yulg‘un turlari hozirgi vaqtda manzarali 
o‘simlik sifatida ko’plab ekib kelinmoqda. Yulg‘unlarning juda muhim o’ziga xos xususiyatlaridan 
yana biri ularning ildizlari yer osti suvlariga yaqin joylashadi. Shu sababli yer osti suvlarini 
joylashishini aniqlovchi indikator vazifasini bajaradi. 

Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling