Hoshimov, S. S


ARALASH QO‘ZG‘ATISH CHULG‘AMLI DVIGATELLARNING


Download 1.18 Mb.
bet31/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1208227
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

ARALASH QO‘ZG‘ATISH CHULG‘AMLI DVIGATELLARNING


MEXANIK TAVSIFLARI

Aralash qo‘zg‘atish chulg‘amli mashinalar mustaqil va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amli mashinalarning afzalliklarini saqlab qoladi.


Odatda, mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatellar kichkina ketma-ket chulg‘amga ega bo‘lib, bu yerda hosil bo‘ladigan magnit oqim asosiy oqim bilan birga ta’sir etib magnitsizlantiruvchi yakor reaksiyasini kompensatsiyalaydi. Shu bilan dvigatel mexanik tavsifining qattiqligi ortadi. Lekin ular aralash chulg‘amli mashinalar qatoriga kiritilmaydi.
Nominal rejimda aralash chulg‘amli mashinalar mustaqil chulg‘amining magnit harakatlantiruvchi kuchlari (MHK) ketma-ket chulg‘am MHK laridan 1,5—2,5 marta kattaroq bo‘ladi. Shunday qilib, aralash qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelning mexanik tavsiflari mustaqil va ketma-ket chulg‘amli dvigatellar tavsiflarining oraliq holatini egallaydi.
Mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘ami mavjudligi tufayli aralash chulg‘amli dvigatel chegaralangan salt yurish tezligiga ega bo‘ladi:
no = U/CEFN,

bu yerda: FN — mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘ami hosil qiladigan oqim.


Shu bilan birga ketma-ket chulg‘am mavjudligi uchun kichik yuklamalarda mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatellarga nisbatan tezlikning tushishi ko‘proq bo‘ladi.
Yakorda tok katta bo‘lganda aralash chulg‘amli dvigatelning magnit tizimi to‘yinadi. Shuning uchun uning mexanik tavsiflarini hisoblashda ketma-ket chulg‘amli mashinalar uchun tatbiq etilgan formulalar va usullar qo‘llaniladi. Yakor toki nol bo‘lganda ham (En- 1)t ning qiymati nol bo‘lmagan o‘tish tavsifi (En-1)t = f (Iv) kabi bo‘ladi (2.27- rasm, a).
Bunday dvigatellarda teskari ulab tormozlash boshqa o‘zgarmas tok
mashinalaridagidek amalga
2.27- rasm. Aralash qo‘zg‘atishli dvigatel tavsiflari:
a — o‘tish tavsifi (Iq.nom — ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amidagi nominal tok); b — mexanik tavsif.

oshiriladi (2.27- rasm, b). Dinamik tormozlash yoki energiyani tarmoqqa qaytarib tormozlash rejimlarida ketma-ket chulg‘am qisqa tutashtiriladi. Bu tormozlash tavsiflarining qattiqligini oshiradi (2.27- rasm, b). 5 punktir chiziq bilan dvigatelning ikkala chulg‘ami


ishlayotgan holatidagi tavsifi keltirilgan. Bu yerdan ko‘rinib turibdiki, generator rejimida mashina yakoridagi tok yo‘nalishining o‘zgarishi ketma-ket chulg‘am magnit oqimining tashkil etuvchilarining yo‘nalishi o‘zgarishiga olib keladi.
Aralash chulg‘amli dvigatel ko‘tarma-transport, metallurgiya qurilmalarda va yuritma yuklamasi qisqa muddatga ortib ketadigan hamda tez-tez tormozlash rejimida ishlaydigan qurilmalarda keng qo‘llaniladi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling