Hoshimov, S. S


Download 1.18 Mb.
bet33/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1208227
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

Rostlash diapazoni. Maksimal wmaks tezlikni minimal wmin tezlikka nisbati bilan aniqlanadi:



D = wmaks/wmin.

Elektr yuritmalarni rostlashning zamonaviy tizimlari teskari bog‘lanishlar hisobiga aylanish tezligi diapazonini anchagina kengaytirish imkonini beradi. Turli sanoat mexanizm va mashinalari turli


rostlash diapazonini talab qiladi. Masalan, metall qirqish dastgohlarining bosh mexanizmlarining rostlash diapazoni D = (4 : 1) - (100 : 1) va undan yuqori bo‘ladi, universal dastgohlarning uzatish mexanizmlari 1000 : 1 va undan ortiq diapazonda ishlaydi. Gazeta qog‘ozi tayyorlanadigan mashinalar rostlash diapazoni doirasi D = 3 : 1; yuqori sifatli qog‘oz tayyorlaydigan dastgohlarni esa D = 20 : 1. Ayrim prokat stanlarining rostlash diapazoni D = (20 : 1)ѐ(25 : 1) ga teng.

    1. Rostlash ravonligi. Ma’lum rostlash diapazoni oralig‘idagi ustuvor tezliklar soni bilan tavsiflanadi. Ravonlik koeffitsiyenti Krav ikkita bir-biriga qo‘shni tezliklar nisbati bilan aniqlanadi:

К rav=
.
wi wi 1

Bu yerda wi va wi-1, mos ravishda i- va i-1- rostlash pog‘onasidagi
tezliklar. Mazkur tezlikdan mumkin bo‘lgan darajadagi yaqin tezlikka sakrash qancha kam bo‘lsa, ravonlik shuncha yuqori bo‘ladi. Bir rostlash pog‘onasidan ikkinchisiga ravonlik bilan o‘tish ishlov berilayotgan mahsulot sifatini belgilaydi. Amalda ikkita tezlikka ega bo‘lgan asinxron dvigatellar eng kam rostlash ravonligiga ega. O‘zgarmas tok dvigateli tezligi yakorga qo‘yilayotgan kuchlanishni yoki qo‘zg‘atish chulg‘amidagi magnit oqimini o‘zgartirib rostlanadi.


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling