Hoshimov, S. S
Download 1.18 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
4- misol. ДП41-rusumli ketma-ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelining tabiiy tavsifi qurilsin. Dvigatelning pasport ma’lumotlari: Pn = 17 kW, Un = 220V, In = 94A, nn = 630 ayl/min.
Dvigatel toki I = In bo‘lganda tezligini 400 ayl/min (41,8 rad/s) va 200 ayl/min (20,9 rad/s) gacha pasaytirish uchun yakor zanjiriga ulanadigan qo‘shimcha qarshiliklarning qiymatlarini aniqlang. Aniqlangan qarshiliklar ulangandagi tavsiflarni quring. Yechimi. 2.22- rasmda keltirilgan egri chiziqlardan foydalanib tabiiy tavsifni hisoblaymiz. Bu yerda 2.22- rasm. Ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatel momentinining va tezligining yakor tokiga bog‘liqligi (nisbiy birliklarda). n = 1, In = 94A, nn = 1, nn = 630 ayl/min (wn = 66 rad/s), u holda ni; w = wnn; n = nnn. Hisoblash natijalarini 1- jadvalga kiritamiz. jadval
Mazkur jadvalga muvofiq qurilgan tabiiy tavsif 2.23- rasmda keltirilgan. 2.23- rasm. Ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatelning tabiiy (Rp = 0) va yakorga qo‘shimcha qarshilik (Rp1, Rp2) ulangan holatdagi tavsiflari. Dvigatelning nominal qarshiligi: 94 Rn= 220= 2, 34 W . Nominal yuklamada dvigatel foydali ish koeffitsiyenti: 220 94 hn= 100017= 0, 823. Yakor chulg‘ami qarshiligi: Rya » 0,5(1-0,823)2,34 = 0,207 W. Ketma-ket qo‘zg‘atishli qarshilik: Rya » 0,5Rya = 0,5•0,207 » 0,104 W. Dvigatelning ichki qarshiligi: R¶ = 0,207+ 0,104 = 0,311 W. Qo‘shimcha qarshilik: n Rp= 1 kn (Rn R ). Tezlikni 41,8 rad/s gacha kamaytirish uchun ulanadigan qo‘shimcha qarshilik: 66 Rp1 = 1 41,8 (2, 34 0, 311)= 0, 742 W. Tezlikni 20,9 rad/s gacha kamaytirish uchun ulanadigan qo‘shimcha qarshilik: 66 Rp2 = 1 20,9 (2, 34 0, 311)= 1, 39 W. Qarshilik kiritilgan tavsiflarni quyidagi formula orqali hisoblanadi: Т w= w U I (R+ Rk ) . U IR Bu yerda wm — berilgan tok I uchun tabiiy tavsif bo‘yicha aniqlanadigan tezlik. Hisoblash natijalarini 2- jadvalga kiritamiz. jadva
l 2- jadval bo‘yicha dvigatelning qarshilik kiritilgandagi tavsiflari qurilgan (2.23- rasm). 5- misol. ДП41- rusumli ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatel uchun ishga tushirish reostatini hisoblang. Dvigatelni ishga tushirish uch pog‘onada amalga oshiriladi. Yechimi: tabiiy tavsif 4- misolda qurilgan. Ishga tushirish tokining maksimal qiymatini I1 = 2In = 188A qilib tanlaymiz. Pog‘ona qarshiligiga o‘tish toki IN ni IN = 1,34 In = 126A qilib aniqlaymiz. U holda R1= U = 220=1,17 W I 188 R2 = U = 220= 1, 75 W. I 126 I = I1 = const va I = I2 = const bo‘lganda w = f (R) yordamchi chiziqni o‘tkazamiz (2.24- rasm). Ishga tushirish pog‘ona qarshiliklari va o‘tish tezliklarining qiymatlari grafik usulida aniqlanadi. Birinchi pog‘ona qarshiligi: R1 = 0,43 W. Ikkinchi pog‘ona qarshiligi: R2 = 0,28 W. Uchinchi pog‘ona qarshiligi: R3 = 0,19 W. 2.24- rasm. Ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatelning ishga tushirish reostatini hisoblash tavsifi. Ishga tushirish reostatining to‘liq qarshiligi Rq = R1 + R2 + R3 = 0,43 + 0,28 + 0,19 = 0,9 W. Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelning tormozlash rejimlari. Mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelga nisbatan mazkur dvigatelning tormozlash rejimidagi imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Masalan, tarmoqqa energiyani qaytarish yo‘li bilan rekuperativ tormozlashning imkoniyati yo‘q. Dvigatel rejimida ishlayotgan mashinaning yuklamasi kamayib ketganda magnit oqimi kamayib dvigatel tezligi nominal tezlik qiymatidan 5—6 marta ortib ketadi. Bu esa mashinaning ishdan chiqishiga olib keladi. Shuning uchun, salt yurish rejimiga yo‘l qo‘yilmaydi. Dinamik tormozlash rejimini mashinaning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish rejimida amalga oshirish mumkin. U holda mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli mashinalardagi kabi tavsiflarni olamiz (2.8- rasmga qarang). Bu tavsiflarni hisoblash usuli avvalgidek bo‘ladi. Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami tarmoqqa mustaqil ulanganda samarali dinamik tormozlash kuzatiladi. Lekin bu rejimda katta qo‘shimcha qarshilik ulangani uchun nominal magnit oqimi hosil qilish uchun nominal quvvatga yaqin quvvat sarf etiladi. Bu esa iqtisodiy jihatdan samarali emas. Bunday mashinalar uchun asosiy tormozlash usuli, bu teskari ulab tormozlashdir. Bu rejim (reaktiv qarshilik momenti bo‘lganda) qo‘shimcha qarshilik 2.25- rasm. Dvigatelning reaktiv statik moment ostida teskari ulash va reverslash rejimidagi mexanik tavsiflari. kiritilib, yakordagi kuchlanish qutblarini almashtirish bilan amalga oshiriladi (2.25- rasm). U holda dvigatel tormozlash boshlangunga qadar o‘rnatilgan rejimni tavsiflovchi A nuqtadan tormozlash momenti hosil qilib B nuqtaga o‘tadi. Tavsifning BC qismini teskari ulab tormozlash rejimiga, CD qismi esa reverslash rejimiga mos keladi. Tavsifning C nuqtasida qo‘shimcha qarshilikni chiqarib tashlab dvigatelni tabiiy mexanik tavsifdan o‘rnatilgan rejim parametrlari bilan A nuqtaga o‘tkazish mumkin. 2.26- rasm. Dvigatelning aktiv statik moment ostida teskari ulash va reverslash rejimidagi mexanik tavsiflari. Aktiv statik moment bo‘lganda teskari ulab tormozlash rejimini faqat yakor zanjiriga katta qo‘shimcha qarshilik Rq ulab olish mumkin (2.26- rasm). U holda dvigatel boshlang‘ich nuqta A dan B nuqtaga o‘tadi. Dvigatel tavsifning BC qismida dvigatel rejimida, CD qismida esa teskari ulash rejimida ishlaydi. Turg‘un harakat nuqtasi D da dvigatel mexanizmning harakatlantiruvchi momenti Mq ni qoplaydigan tormozlash momenti hosil qiladi. Bu dvigatellarning kamchiligi yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari mexanik tavsiflarning yetarli darajada qattiq emasigida bo‘lib, bu ularni yuklama o‘zgarganda tezlikni mo‘tadil ushlab turish talab etiladigan mexanizmlarda qo‘llab bo‘lmasligini anglatadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling