Hoshimov, S. S
Download 1.04 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezlikni mashinaning juft qutblar sonini o‘zgartirib rostlash.
Statordagi kuchlanishni o‘zgartirib asinxron mashinalarning tezligini rostlash. Kuchlanishni kamaytirganda kritik sirpanish o‘zgarmaydi, kritik moment esa kamayadi (4.2- rasmga qarang). Bunday rostlash usulidagi tavsiflar statorga qo‘shimcha qarshilik kiritilgandagi ifodalarga yaqin bo‘ladi. Kichik tezliklarda mumkin bo‘lgan moment qiymatini oshirish maqsadida faza rotorli
dvigatellarda rotorga qo‘shimcha qarshilik kiritish mumkin. Yuritma energetikasi, taxminan, statorga qo‘shimcha qarshilik kiritilganda- gidek; tezlk kamayishi bilan qurilmaning FIK va quvvat koeffitsiyenti kamayadi. Statordagi kuchlanish ortganda tezlik asosiy tezlikdan birmuncha yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Ammo bu holda mashina to‘yinib, po‘latdagi isroflar to‘satdan ortib ketadi. Agarda avtotransformator qo‘llanilsa, kuchlanish pasayganda statordagi aktiv va induktiv qarshilik ko‘payadi, kritik sirpanish esa kamayadi. Bunday sxemada rostlash diapazoni D = 1,2ѐ1,3 ga teng bo‘ladi. Tezlikni mashinaning juft qutblar sonini o‘zgartirib rostlash. Oddiy texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini bajaradigan ko‘plab mexanizmlar tezlikni ravon rostlashni talab qilmaydi. Ular uchun tezlikni ikki, uch pog‘onada rostlashga mo‘ljallangan yuritmalar yetarli bo‘ladi. Bu mexanizmlarga yuk va passajir tashuvchi liftlar, yog‘ochga ishlov beruvchi dastgohlar, markazdan qochma separatorlar va boshqa mashinalar kiradi. Bu holda yuritmada ko‘p tezlikli elektr dvigatelidan foydalaniladi. Bunday dvigatellar konstruktiv jihatdan ikki turda: statorning bitta paziga turli juft qutbli bir nechta chulg‘amlar joylashgan; chulg‘am seksiyalarni ma’lum tarzda ulaganda juft qutblar sonini o‘zgartirish imkonini beradigan bir nechta chulg‘amli qilib bajariladi. Agarda asinxron mashinada stator qutblar soni o‘zgartirilsa, rotorning qutblar sonini ham shu songa o‘zgartirish kerak. Bu jarayon «olmaxon katakli» rotori bo‘lgan mashinalarda avtomatik tarzda amalga oshirilganligi bois ko‘p tezlikli dvigatellar faqat qisqa tutashgan rotorli bo‘ladi. Statorning bir pazida bir nechta chulg‘amli ko‘p tezlikli dvigatel boshqacha turdagi dvigatellardan o‘zining 4.16- rasm. CHO‘-AD yuritma mexanik tavsiflari: a — o‘zgarmas momentda; b — o‘zgarmas quvvatda; d — ventilyatorli yuklamada. o‘lchamlari, massasi, FIK va quvvat koeffitsiyentining pastligi tufayli orqada qoladi. Juft qutblar sonini 2 : 1 nisbatda almashlab ulash sxemasi 4.14- rasmda keltirilgan. Bu yerda soddalashtirish maqsadida statorning bitta faza chulg‘ami keltirilgan. Chulg‘amlarni ulanish sxemasidan ko‘rinib turibdiki, sektsiyalar ketma-ket hamda parallel ulanganda ham juft qutblar soni olinadi. Ko‘p tezlikli dvigatelga ega bo‘lgan yuritmalarda tezlik chulg‘amlarni turli ravishda ulash bilan rostlanadi. Bu ulanishlarni o‘zgarmas moment hamda o‘zgarmas quvvat rejimida amalga oshirish mumkin. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling