Hoshimov, S. S
Download 1.04 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
Teskari ulab tormozlash. Bu ko‘rinishdagi tormozlash dvigatel rotorini statik moment ta’sirida stator maydoni aylanishiga teskari bo‘lgan yo‘nalishda aylanishidan yuzaga keladi. Reaktiv moment mavjudligida tormozlash vaqti kam bo‘lib, mashina tormozlash rejimidan dvigatel rejimiga o‘tadi (4.11- rasm, a). Boshida dvigatel 1 nuqtada dvigatel rejimida ishlayotgan edi, stator chulg‘ami ikkita
fazasining o‘rnini almashtirgandan so‘ng mashina magnit maydonining aylanish yo‘nalishi va elektromagnit moment yo‘nalishi o‘zgaradi (2 nuqta). Yuritma harakati nol nuqtasigacha sekinlashadi, shundan so‘ng rotor reverslanadi va dvigatel teskari tomonga aylanib, harakat nuqtasi 3 ga chiqadi. Faza rotorli dvigatellar uchun katta qo‘shimcha qarshilik bo‘lgan paytda yuritma Mtr tormozlash momenti bilan to‘liq to‘xtashi mumkin (4.11- rasm, a dagi 5 nuqta). Aktiv qarshilik momenti mavjud bo‘lganda (4.11- rasm, b), xuddi oldingi holatdagidek magnit maydonining aylanish yo‘nalishi o‘zgarsa, dvigatel ishlash rejimini o‘zgartiradi, ya’ni ikkinchi kvadrantda teskari ulab tormozlash, uchinchi kvadrantda rotor aylanish yo‘nalishini reverslab dvigatel rejimi, to‘rtinchi kvadrantda yangi rejim-energiyani aylanish yo‘nalishini reverslab dvigatel rejimi, to‘rtinchi kvadrantda yangi rejim-energiyani tarmoqqa qaytarib, generator rejimi sodir bo‘ladi va dvigatel 3 nuqtada o‘rnatilgan tezlikda ishlaydi. Faza rotorli dvigatellar uchun aktiv statik moment mavjud bo‘lgan teskari ulab tormozlash rejimini stator fazalarining o‘rnini almashtirmasdan turib ham olish mumkin. Faqat bu holda rotorga katta qo‘shimcha qarshilik kiritiladi (4.11- rasm, b). I nuqtadagi dvigatel rejimidan qo‘shimcha qarshilik rq kiritilib 4 nuqtaga o‘tkaziladi, shundan so‘ng u o‘z harakatini sun’iy tavsif bo‘yicha sekinlashtira boradi va to‘rtinchi kvadrantga o‘tadi. 5 nuqta asinxron dvigatelning teskari ulash rejimidagi o‘rnatilgan tezligiga mos keladi. Teskari ulab tormozlash tavsiflarining kamchiligi, bu ularning katta qiyalikka (yumshoq) ega bo‘lishida va energiyaning ko‘p sarflanishidadir. Bu energiya to‘laligicha dvigatelning ikkilamchi zanjirida sarflanib issiqlikka aylanadi. Tormozlashdagi statik moment Ms ma’lum bo‘lsa, u holda bu nuqtadagi sirpanishni (4.12) tenglama yordamida hisoblash mumkin. Shundan so‘ng (4.22) formula yordamida qo‘shimcha qarshilikni hisoblash mumkin. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling