Hoshimov, S. S
Download 1.04 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faza rotorli dvgatellarning ishga tushirish qarshiliklarini hisoblash.
Asinxron dvigatelning rotor zanjiriga aktiv qarshilik ulangan holatidagi tavsiflari. Faza rotorli asinxron dvigatel metallurgiya va ko‘tarma transport qurilmalarida keng qo‘llaniladi. Katta quvvatli dvigatellar ventilyator, aerodinamik quvur va nasoslarda qo‘llaniladi. Rotor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik ulash hisobiga bunda AD kritik sirpanishini, uning mexanik tavsifini, ishga tushirish toki va momentini o‘zgartirish mumkin.
Nasos va ventilyator yuritmalarida faza to‘rli dvigatellarni qo‘llash ularning umumdorligini tejamli ravishda rostlash imkonini beradi, bu bilan katta xo‘jalik samaradorligiga erishiladi. Kritik moment rotor zanjiriga kiritilgan aktiv qarshilikka bog‘liq emas. Shuning uchun rqo‘sh ni tanlash bilan AD mexanik tavsifini shunday o‘zgartirish mumkinki, maksimal moment qiymatiga dvigatel ishga tushirilayotgan paytda, ya’ni w = 0 bo‘lganda erishish mumkin (4.5- rasm). Qo‘shimcha rqo‘sh qarshilikni ko‘paytirish rotor tokining aktiv tashkil etuvchisini Iў2a = Iў2 cos y2 ortishiga olib keladi, chunki cosY2= r1 R1S1 , (4.21)
bu yerda: — mashina ikkilamchi zanjirining keltirilgan to‘la aktiv qarshiligi. Shu sababli faza rotorli dvigatel qisqa tutashgan rotorli dvigatelga nisbatan kichik toklarda katta ishga tushirish momentiga ega. Bunday mashinalarning ko‘rsatilgan xususiyatlari ularni og‘ir ishga tushirish yuritmalarida (ko‘tarma kranlar, metallurgiya qurilmalari, rotatsion mashinalar) keng qo‘llash imkoniyatini yaratdi. Faza rotorli dvgatellarning ishga tushirish qarshiliklarini hisoblash. Agarda dvigatel momenti 0 dan (0,7-0,8) Mk oralig‘ida o‘zgartirish bilan qanoatlansak, uning mexanik tavsiflarini to‘g‘ri chiziq bilan almashtirish va quyidagi grafoanalitik usulni 4.6- rasm. Faza rotorli dvigatelning ishga tushirish qarshiligini hisoblash uchun grafiklar. to‘g‘ri chiziq bilan almashtirish va quyidagi grafoanalitik usulni qo‘llab ishga tushirish qarshiliklarini hisoblash mumkin. Ishga tushirish reostatining qayta ulanish momentlari oralig‘ini M1 = (0,7-0,8)Mk va M2 = (1,2-1,5)Mk deb belgilab, yuqorida ko‘rsatilgan usullardan birini qo‘llab dvigatelning tabiiy tavsifini hisoblab chiqamiz. Shundan so‘ng (4.6- rasm 0, mqn chizig‘i) uni qurib boshlang‘ich sun’iy tavsif 0, a to‘g‘ri chizig‘ini quramiz. U koordinatalari (w0; M = 0) bo‘lgan 01, nuqta va koordinatalari (w = 0; M = M1) bo‘lgan a nuqtalardan o‘tadi, b nuqtada birinchi pog‘ona qarshiligi chiqarib tashlanadi, yuritma c nuqtaga — yangi 0, dc tavsifga o‘tadi. Shundan so‘ng oraliq tavsiflarni qurish jarayoni shunga o‘xshash usulda davom etadi. Yuritma tabiiy tavsifga chiqqanda M1 = const bo‘lgan nuqta vertikal yaqinida joylashadi. Agar bu hol ro‘y bermasa, qayta ulash momenti M2 ning qiymatini shunday o‘zgartirish kerakki, toki qidirilayotgan n nuqtaning holatini olish mumkin bo‘lsin. Shu bilan ishga tushirish diagrammasini qurish jarayoni tugaydi. Ishga tushirish pog‘ona qarshiligi qiymatini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz: mrt = S, (4.22) to‘la qarshilikning nisbiy qiymati rt = r2 + rqo‘sh; Nominal momentga mos keladigan m = 1da, quyidagi tenglamalarni olamiz: Pb1 є S1 = r2 + r1qo‘sh; ph1єS4 = r2 + r4qo‘sh; pd1 є S2 = r2 + r2qo‘sh ............................... pf1 є S3 = r2 + r3qo‘sh pq1 є Snom = r2, bu yerda: r2 — nisbiy birliklarda mashina rotorining qarshiligi; pb1, pd1, pf1, ph1...pd1 (4.6- rasm). Pog‘ona qarshiliklar soni xuddi o‘zgarmas tok dvigatellari kabi aniqlanadi. Sirpanish qiymatlarini mos bo‘laklarni bo‘lish yo‘li bilan aniqlaymiz, masalan, S1 = pb1/010; ...; Snom = pq1/010. 4.7- rasm. Rotor zanjiriga induktiv va aktiv qarshiliklarini ketma-ket (a) va parallel (b) ulanish sxemalari. Oxirgi bosqichda ishga tushirish pog‘ona qarshiliklari R1 Rm aniqlanadi: R4 = (r1qo‘sh- r2qo‘sh)R2nom; ... Ri=(riqo‘sh- r(i+1)qo‘sh)R2nom... Shundan so‘ng bu pog‘ona qarshiliklari konstruktiv jihatdan hisoblanishi kerak, ya’ni qarshiliklarning elementlari kataloglardan tanlanib, ishga tushirayotganda joiz tok qiymati va uning davomiyligi bo‘yicha issiqlik hisobi bajariladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling