Hoshimov, S. S


Download 1.04 Mb.
bet57/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1208187
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

Savol va topshiriqlar





  1. Dvigatelning inersiya momenti nimalarga bog‘liq?

  2. Elektr yuritmaning inersiya momenti qanday aniqlanadi?

  3. Elektr yuritmaning harakat tenglamasini yozing.

  4. Elektr yuritmaning dinamik momenti qanday aniqlanadi?

  5. Elektromexanik vaqt doimiyligi nima va u qanday aniqlanadi?

  6. Elektr mashina yakorining induktivligi qanday aniqlanadi?

  7. Elektrmagnit vaqt doimiyligi nima va u qanday aniqlanadi?

  8. Yakor zanjiridagi EYKlar muvozanati tenglamasi qanday tashkil etuvchilardan iborat?

  9. O‘zgarmas tok dvigatelining tuzilish sxemasini tasvirlab bering.

  10. O‘zgarmas tok dvigatelining uzatish funksiyasini yozing.

  11. Asinxron dvigatelning elektromexanik vaqt doimiyligi ifodasini yozib bering.

  12. Asinxron dvigatelning tuzilish sxemasini tasvirlab bering.

VI bob. ELEKTROMEXANIK TIZIMLAR DINAMIKASI





    1. ELEKTROMEXANIK TIZIMLARDAGI O‘TKINCHI JARAYONLAR

Zamonaviy ishlab chiqarishda elektromexanik qurilmalar vositasida ishchi mashinalari samarali boshqariladi. Bunda mexanizmning ish organida kerakli tezlik va tezlanishlarni ta’minlashni, kuchlarni cheklashni hamda mo‘tadillashni talab qiladigan rejim elektr yuritma bloklariga dasturlash qurilmasi orqali yoki operator vositasida beriladigan buyruqlar hisobiga ta’minlanadi. Bir rejimdan boshqasiga o‘tish boshqarish ta’sirini o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi.


Shuni qayd etish kerakki, zamonaviy elektr yuritma ko‘pincha o‘tkinchi rejimda ishlaydi. Bunda jarayonlarning xarakteri, davomiyligi, tezlanishlar, momentlarning yuqori qiymatlari va boshqa omillar texnologik jarayonga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda ish mashinalari unumdorligini oshirish uchun ishga tushirishda eng kam o‘tkinchi jarayon vaqti va eng kam tormozlash vaqti talab qilinadi. Bu vaqt ichida texnologik jarayon to‘xtagan yoki sekin o‘tayotgan
bo‘ladi. Lekin jarayonlarni tezlashtirish tebranishlarning kattalashuviga, joiz tok va momentlarning cho‘qqilari paydo bo‘lishiga olib keladi.
Elektr yuritma dinamikasini tahlil etayotganda, hatto oddiy holatlarda ham mexanik inersiyani hisobga olish kerak. Agarda barcha massalar dvigatel o‘qiga keltirilsa, ya’ni bitta massali tizim ko‘rilsa, u holda bu tizim birinchi darajali differensial tenglama bilan, ya’ni harakat tenglamasi deb ataladigan tenglama bilan ifodalanadi.
Hozirda barcha ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirish munosabati bilan, ko‘pincha dinamikani tahlil etayotganda elektrmagnit hodisalarni, ya’ni zvenolarning elektrmagnit inersiyasini hisobga olish zarur. Masalan, mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelli yuritmada, agar boshqarish yakor zanjiri orqali amalga oshi- rilayotgan bo‘lsa, faqat yakor vaqt doimiysini hisobga olish kerak. Murakkab tizimlarda esa bir nechta vaqt doimiylarini hisobga olish zarur.
Chiziqli xususiyatga ega bo‘lgan tizimlarni tadqiq etish, odatda, chuqur ishlab chiqilgan chiziqli differensial tenglamalar nazariyasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu holda barcha yechimlar tahlil qilishga qulay bo‘lgan analitik shaklda olinib, bunda har bir parametr va vaqt doimiysining dinamikaga ta’sirini ko‘rish mumkin. Bu esa parametrlarni bir necha bor o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi.



    1. Download 1.04 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling