Hosilaviy qimmatli qog'ozlar (Derivativlar) Reja
bu yerda, d –dividend stavkasi
Download 23.43 Kb.
|
Hosilaviy qimmatli qog\'ozlar(Derivativlar)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fyuchersning forvarddan farqlari
bu yerda, d –dividend stavkasiTovarning forvard narxi Agar forvard shartnoma bazis aktivi tovar hisoblansa, u holda uning egasi forvard shartnoma xaridoridan farqli ravishda tovarlarni saqlash, ularni transportda yetkazish va sugʻurtalash bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni amalga oshiradi. Oʻz navbatida tovarning forvard narxi koʻrsatilgan xarajatlar summasiga mos ravishda oshirilishi lozim. Agar tovarni saqlash xarajatlari, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlardan bir dona mahsulotga qancha toʻgʻri kelishi aniq belgilangan boʻlsa, u holda bunday tovarning forvard narxi quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin:bu yerda, F– tovarning forvard narxi; S –tovarning spot narxi; Z– tovarni saqlash, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar (bir dona mahsulotga); t– forvard shartnoma muddati (kunlarda).Tovarning forvard narxi Agar saqlash xarajatlari, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar tovarning qiymatiga bogʻliq holda oʻzgaruvchan boʻlsa (bunday holat kam uchraydi), u holda bunday tovarning forvard narxi quyidagicha hisoblanadi: bu yerda, z – tovarni saqlash, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar (bir yil hisobida tovar qiymatidan foizda) 4. Fyuchers shartnomalari Fyuchers shartnomalari bu ikki tomon oʻrtasida bazis aktivni kelajakda yetkazib berish boʻyicha birjada tuzilgan bitimdir. Ushbu shartnomalarning sharti birja tomonidan belgilanadi va ular har bir bazis aktiv uchun standart hisoblanadi. Forvard shartnomasi kabi fyuchers shartnomasi ham amalga oshirilishi shart hisoblanadi. Fyuchersning forvarddan farqlari:Fyuchers shartnomasi standartlashtirilgan hisoblanadi (bitim boʻyicha barcha shartlar (yetkazib berish narxidan tashqari) birja tomonidan belgilanadi); Fyuchers bozorining ishtirokchisi shartnoma muddati tugagunicha istalgan vaqtda oʻzining pozitsiyasini qarama – qarshi yoʻnalishdagi shartnoma (ofset) bilan yopishi mumkin; Fyuchers shartnomasini amalga oshirilishi birja tomonidan kafolatlanadi; fyuchers bozorida moliyaviy kafolat tizimi amal qiladi, bunda har bir fyuchers shartnomasi boʻyicha maʼlum bir pozitsiyani ochish uchun birja eng kam miqdorda garov taʼminotini belgilaydi hamda uni saqlaydi. Garov badali boshlangʻich yoki depozit marjasi deb atalib, u asosan shartnoma summasidan 2 – 10% ni tashkil etadi. Fyuchers shartnomalarining asosini nafaqat tovalar, balki moliyaviy instrumentlar ham tashkil etishi mumkin. Bazis aktivlarini moliyaviy instrumentlar, yaʼni qimmatli qogʻozlar, fond indekslari, valyutalar, bank depozitlari tashkil etuvchi shartnomalar moliyaviy fyuchers shartnomalari deyiladi Moliyaviy fyuchers shartnomasi foiz stavkalariga asoslangan forvard shartnomasiga oʻxshaydi, moliyaviy instrumentlarni bir tomondan ikkinchi tomonga, kelajakda belgilangan muddatda yetkazib berilishidan darak beradi. Lekin u forvard shartnomasidan maʼlum bir tomonlari bilan farqlanadi, jumladan fyuchers shartnomalari forvard bozoridagi defolt holatlari va likvidlilik bilan bogʻliq muammolarni yengib oʻtadi. Biz yuqorida forvard shartnomalari haqida fikr yuritganimizda, forvard narxini aniqlash formulasini keltirgan edik. Ana shu formula orqali fyuchers narxini ham aniqlash mumkin, lekin bu borada fyuchers bozorining oʻziga xos xususiyalarini inobatga olish zarur. Jumladan, fyuchers bozorlarida arbitraj operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati ancha kam. Bu avvalo fyuchers shartnomalarining likvidliligi yuqoriroq ekanligi bilan bogʻliq. Download 23.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling